Ўзбекиетон Республикаси


 Sanoatdagi ikkilamchi (chiqindi) maxsulotlarning – tavsiflanishi



Yüklə 5,24 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/46
tarix28.11.2023
ölçüsü5,24 Kb.
#138574
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46
SANOAT CHIQINDILARI ASOSIDA BETON VA TEMIR BETON ISHLAB CHIQARISH

1.2. Sanoatdagi ikkilamchi (chiqindi) maxsulotlarning – tavsiflanishi 
Hozirgi davrda sanoat ikkilamchi maxsulotlarining keng ko‘lamdagi tavsifi, 
jumladan turli kimyoviy tarkib bilai qayta ishlanganligi, xosil qilinishining 
texnologik xususiyatlari, xosil qilish tartiblari to‘g‘risidagi shartlari va boshqalar 
mavjud emas. Barcha sanoat ikkilamchi mahsulotlarini ikki guruhga bo‘lish mumkin: 
mineral (noorganik) va organik. Qurilish materiallarini ishlab chiqarishda mineral 
mahsulotlarning 
ahamiyati 
katta. 
Mineral 
moddalar 
chiqindisi 
hamma 
chiqindilarning, jumladan qazib chiqiladigan va qayta ishlanadigan sanoat 
chiqindilarining katta qismini tashkil etadi. Organik moddalarga nisbatan bu sanoat 
ikkilamchi mahsulotlarining aksariyati o‘rganilgan. P.I.Bojenov [z] sanoat 
ikkilamchi mahsulotining asosiy texnologik jarayonga ajratish davrida
klassifikatsiyalarda uch sinfga ajratish tadbirini taklif etdi: 
A - tabiiy xususiyatlarini yo‘qotgan mahsulotlar; B - sun’iy maxsulotlar, uzoq
muddatdagi fizik-kimyoviy jarayonlar natijasida xosil qilingan; 
V - uzoq muddat uyumlarda saqlash oqibatida xosil bo‘lgan mahsulotlar. 
A sinf maxsulotlari (karyer qoldiqlari, foydali qazilmalarni qazib olishgan 
keyingi qoldiqlar) mineral kimyoviy tarkibga va tog‘ turkumi xususiyatiga mosdir. 
Ular ko‘llaniladigan jabxalar mazkur mahsulotlarning kimyoviy va fraksion tarkibi 
xamda fizik-mexanik xususiyatlariga bog‘lik xolda, agregat xolatida bo‘lishini talab 
etadi. Mineral maxsulotlarning A sinfi beton to‘ldiruvchisi o‘rnida ko‘llaniladi. 
Shuningdek loyli, karbonatli yoki silikat xom ashyo sifatida turli sun’iy qurilish 
materiallarini (keramika, oxak, avtoklav materiallari va boshqalar) olishda 
foydalaniladi. 
B sinfi maxsulotlarini fizik-kimyoviy jarayon natijasida, oddiy va ko‘pincha 
yuqori xarorat ta’sirida olinadi. Ularning qo‘llanilish imkoniyatlari A sinfiy 



maxsulotlariga nisbatan keng. Bunday chiqindilardan foydalanish yoqilg‘i-energetik 
resurslar va ishchi kuchini umumli ishlatishda samarali xisoblanadi. Shu kabi 
chiqindilardan foydalanish, avvalo, sement ishlab chiqarishda, avtoklav qotirish 
materiallarida reaksiyaga kirishi xususiyati yuqori bo‘lgan xom ashyoda iqtisodiy 
samara beradi. 
Shlakporlansement tayyorlashda domna shlakidan foydalanilganda yoqilg‘i-
energetik sarflar bir maxsulot uchun ikki marotaba qisqaradi, tannarx esa 25-30 %ga 
kamayadi. 
V sinf mahsulotlari kavlab ag‘darish vaqtida, fizik-kimyoviy jarayonlar
natijasida paydo bo‘ladi (o‘z-o‘zidan alangalanish, shlaklarning 
parchalanishi va kukunning
-
xosil bo‘lishi va boshqalar). sinfning xom ashyo 
sifatidagi vakili tog‘ jinslari turkumlaridir. A

yuqorida keltirilgan klassifikatsiya 
ikkinchi darajali mahsulotlari: kimyoviy xarakteristikasini xisobga olinishi zaruratini 
talab etadi. 
Mineral maxsulotlarni ularning tarkibidagi kimyo birikmalarning qay darajada 
ustunligiga ko‘ra quyidagi guruxga ajratish mumkin: silikatli, karbonatli, oxakli, 
gipsli, temi (tarkibida temir bo‘lgan). 
Mazkur guruhlarning xar birini aloxida yanada kengrok va to‘ klassifikatsiyalash 
(tavsiflash) mumkin. Masalan: silikatli ikkilamchi maxsulotlarni (tarkibida asosiy va 
nordon oksid, karbonat, kalsiy magniyli moddalarniig miqdoriga bog‘lik) asosiy va 
nordon-turla ajratish mumkin. 
Tabiiy va sun’iy mineral ikkilamchi sanoat maxsulotlarining. 
KAM 
qismi 
kremnezem, silikat va alyumosilikat kalsiy va magniydan iborat. Bundan o‘z 
navbatida qazib olingan maxsulotlar chiqindisi va tab silikat materiallarni qayta 
ishlashdan yer qatlami xajmining 86 qismiga to‘g‘ri kelishini tushunish mumkii. 
Ikkilamchi ko‘shi maxsulotni uzluksiz ko‘rib chiqish uchun ular yig‘ilayotgan sa 
tarmoqlariga qarab klassifikatsiyalash mumkin. 
Shu nuqtai nazardan quyidagi guruxlarga ajratish mumkin: 
1.
Metallurgiya ikkilamchi maxsuloti: domna, ferro va eritishdagi shlaklar; 
rangli ruda eritishdagi shlaklar; rudani boyi maxsulotlari, nefelinli va boshqa 



(kukumsimon maxsulotlar) mumkun. 
2.
Issiqlik energetikasining va yoqilgi sanoatining ikkila maxsuloti: kul, yoqilgi 
shlaklari, shaxtadan chiqadigan ashyolar turi ko‘mirni boyitish, nef’t-gazli pek 
(qaynatilgan smoladan qolad modda, izolatsiya laki sifatida ishlatiladi), nordon 
gudron (i chiqindisi). 
3. Kimyoviy sanoatning ikkilamchi maxsuloti: tarkibida temir va gips bo‘lgan 
chiqindilar tarkibida tuz va gidroksid bo‘lgan shlamlar va sodda maxsulotlari; 
fosfor shlaklari, ikkilamchi polimer maxsulotlar. 
4. Tog‘ qazilmalari sanoatining ikkilamchi mahsuloti foydali qazilmalarning 
yuzini ochish va shu bilan birga qazib olinadigan tog‘ 
jinslari 
5. Yog‘och va boshqa o‘simliklardan olinadigan xom ashyoni qayta 
ishlagandagi ikkilamchi mahsulotlar: po‘stloq, qiyqindilar, qipiq, qipiq, lignin, 
g‘o‘za-poya, kanop chiqindilari va boshqalar. 
6. Qurilish materiallari ishlab chiqarishdagi ikkilamchi mahsulotlar: sement. 
abestotsement, shisha, keramik chiqindilari, polimer ishlab chiqarish, noruda (ruda 
bo‘lmagan) sanoat, beton va temir-beton. 
7. Shaxar xo‘jaligi chiqindilari: eskirib ketgan avtoshinalar, lattalar, qog‘oz 
chiqindilari, oqar suvning qattiq qoldiklari, ishlatib bo‘lingan polimer materiallar. 

Yüklə 5,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə