Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan masalalar turlari



Yüklə 203,66 Kb.
səhifə12/29
tarix31.12.2021
ölçüsü203,66 Kb.
#82412
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
4-sinfda harakatga doir masalalarni yechish uslublari

Boshlang`ich sinflarda o`rganiladigan masalalar turlari


100 ichida ko’paytirish va bo’lish jarayonida masalalar yechish

Mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:




  1. O‘quvchilarni ko‘paytirish va bo‘lish arifmetik amallarni ma‘nosi bilan tanishtirish, ularning ba‘zi xossalari (ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi, sonni yig‘indiga va yig‘indini songa ko‘paytirish xossasi, yig‘indini songa bo‘lish xossasi) va ular orasidagi mavjud bog‘lanishlar bilan, bu amallar komponentlari bilan natijalari orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar bilan tanishtirishda masalalar yechish;

  2. Ko‘paytirish jadvalini puxta bilishni va undan bo‘linmani topishda foydalana olishni ta‘minlash;

  3. O‘quvchilarni jadvaldan tashqari ko‘paytirish va bo‘lish usullari bilan, ko‘paytirish va bo‘lishning maxsus hollari ( nol soni bilan ko‘paytirish va bo‘lish, 1 ga ko‘paytirish va bo‘lish) qoldiqli bo‘lishning jadval hollari bilan tanishtirish.

100 ichida ko‘paytirish va bo‘lishni bir necha bosqichga bo‘lib o‘rgatamiz.

  1. Tayyorgarlik bosqichi. 100 ichida ko‘paytirish va bo‘lish II-sinfda o‘qitiladi, ammo tayyorgarlik I- sinfdan boshlanadi. 10 va 100 ichida nomerlashga bog‘liq holda sanash orqali qo‘shish va ayirish ham o‘rgatilib boriladi. II-sinf boshida I-sinfdagi misollardan murakkabroq misollar unga bog‘lab tushuntiriladi. Yil oxiriga kelib o‘quvchilarda sonlarning tarkiblari haqidagi bilim ortadi va kengayadi, bu esa bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini topishga doir har xil topshiriqlarni bajarish imkonini beradi. M: 16 ning ichida 2 soni 8 marta bor; 4 tadan 4 marta bor; 8 tadan 2 marta bor ;

Bo‘lish amalini o‘rganishda ham I-sinfdan tayyorgarlik ishlari olib boriladi. M.: "8 ta doiracha

oling va uni 2 tadan qilib qo‘ying"

II. Ko‘paytirish va bo‘lishning jadval usulini ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan nazorat masalalarini qarash. Endi o‘quvchilarga bir xil qo‘shiluvchilar yig‘indisini ko‘paytirishga almashtirishga mos bo‘lgan misollarni berish kerak.

Masalan, "har qaysi taqsimchada 5 tadan olma bor. 4 ta taqsimchada qancha olma bor? Rasmli

tasvir bilan 555520 misolni yechadilar" . Shunga o‘xshash misollar yordamida o‘qituvchi bir xil

sonlarni qo‘shish-ko‘paytirish degan yangi amalni berishini aytadi. quyidagi mashqlar bilan qo‘shishni ko‘paytirishga almashtirish mustahkamlanadi:

I. Qo‘shishni ko‘paytirishga almashtiring.

33333 6666



  1. Natijalarni hisoblang, o‘z o‘rnida qo‘shishni ko‘paytirishga almashtiring. 8888 996

  2. Ko‘paytirishni qo‘shishga almashtiring. 4*2  , 5*3  ,...

Bo‘lishning aniq ma‘nosi bo‘lishga doir masalalarni yechishda, so‘ngra teng qismlarga doir masalalarni yechishda ochib beriladi. Ko‘paytirishning o‘rin almashtirish xossasi va komponent va uning natijalarining nomiga bog‘liq holda bo‘lishning komponentalari va natijasi nomi bilan tanishadilar.

  1. sinf matematikasida ko‘paytmaning o‘rin almashtirish xossasi kataklar, doirachalar, tugmalar, yulduzchalar kabi predmetlar qatoridan foydalanib tushuntiriladi. Masalan: To‘g‘ri to‘rtburchakni chizib, uni kvadratlarga ajratishadi, uni sanashda oldin ustun bo‘yicha, keyin qator bo‘yicha sanab 4x28, 2x48 ni keltirib chiqaradilar. Bu xossa uchun quyidagi mashqlarni bajarish mumkin.

  1. Tushirib qoldirilgan sonlarni toping.

5 x . . .  60

  1. Namuna misoldan foydalanib hisoblang. 3x(1215)3x123x15  364581; 15x(51) 

Natijada umumiy ko‘rinishdagi a x bb x a tenglikni keltirib chiqaradilar.

Yüklə 203,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə