Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таoлим вазирлиги



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə22/31
tarix29.11.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#141431
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31
Rele himoyasi ma\'ruzalar matni (1-49)

Nazorat savollari

  1. Tok himoyasi deb qanday himoyaga aytiladi?

  2. Maksimal tok himoyasi

  3. Tok otsechkasi

  4. Maksimal tok himoyalarining hayallash vaqtlari qanday tanlanadi?

  5. Tanlash pog‘onasi deganda nimani tushunasiz?

  6. MTH larning tanlash kartasi qanday tuziladi?

  7. Agar yuklamalarning hayallash vaqtlari ma’lum bo‘lsa liniyalar MTH larining hayallash vaqtlari qanday tanlanadi?

  8. MTHning hayallash vaqti qanday rele yordamida o‘rnatiladi?

  9. Rasmda keltirilgan A1 va A2 MTH lardan qaysi birining hayallash vaqti katta bo‘lishi kerak?



  1. Agar MTHlar elektromagnit vaqt relelarida bajarilgan bo‘lib t2=1,5s bo‘lsa t1 necha sekund bo‘lishi kerak?

2.2. MTH ning ishga tushish toki va sxemalari

2.2.1. MTH ning ishga tushish toki.


MTH qisqa tutashuv yuz berganda ishonchli ishlashi va maksimal yuklama toklari hamda elektrodvigatellarning o‘z yurgizish toklari ta’sirida ishlamasligi kerak. Bundan tashkari shikastlanmagan liniyaning MTH si tashqi qisqa tutashuv nuqtasi uzilgandan keyin dastlabki holatiga qaytishi, ya’ni yuklama toklari ta’sirida ishlashga davom etmasligi kerak.
MTH ning ishga tushish toki.
Ihi=Kz Kyu Iish. max /Kq,
bu erda Kz =1,1…1,2 - zahira koeffitsienti; Kyu -elektrodvigatellarning o‘z yurgizish tokini hisobga oluvchi koeffitsient hisoblanadi, agar elektrodvigatellar to‘g‘risida etarli ma’lumot bo‘lmasa Kyu=2…3 olinadi; Kq = 0,8 - tok relesining qaytish koeffitsienti; Iish.max - ishchi maksimal tok.
Tok relesining ishga tushish toki.
Iru= Ksx Ihi /KI ,
bu erda KI- tok transformatorlarining transformatsiya koeffitsienti; Ksx - sxema koeffitsienti, himoyaning tok transformatorlari yulduz yoki to‘la bo‘lmagan yulduz sxemasi bo‘yicha ulanganda Ksx=1 va uchburchak yoki rele ikki faza toklarining farqiga ulanganda Ksx=1,73 olinadi .

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   31




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə