Po‘lat arqon. Ularning turlari va konstruktiv tuzilishi. Po‘lat arqonni hisoblash usullari va zahira koeffitsienti



Yüklə 118,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü118,95 Kb.
#165568
  1   2   3
5-Ma\'ruza



Po‘lat arqon. Ularning turlari va konstruktiv tuzilishi. Po‘lat arqonni 
hisoblash usullari va zahira koeffitsienti.
 
REJA: 
1.
Yuk ko‘tarish mashina po‘lat arqonlari 
2.
Po‘lat arqonlarni hisoblash va tanlab olish
TAYANCH IBORALAR: po‘lat, o‘zak, balandlik, uzunlik. 
1.
 
Yuk ko‘tarish mashina po‘lat arqonlari 
Yuk ko‘tarish qurilmalarida qo‘llaniladigan po‘lat arqonlar diametri 1.2 mm 
dan 5 mm gacha bo‘lgan, uzulishga qarshi vaqtinchalik chidmligi σv= 1600-2000 
MPa bo‘lgan bir necha tolalardan tashkil topgan bo‘ladi. Tolalarning tashqi sirti 
ruxlanadi va uning qalinligi po‘lat arqon qo‘llaniladigan sharoitga bog‘liq. Agressiv 
bo‘lmagan va o‘rta agressiv sharoitlarda ishlatiladigan po‘lat arqon tolalarining 
ruxlash qatlami yupqaroq, agressiv sharoitlarida o‘rta qalinlikda va o‘ta agressiv 
sharoitlarda esa qalinroq ruxlanadi. 
Tolalar egiluvchan va uzilishga qarshi chidamligi yuqori bo‘lishi kerak. 
Shuning uchun tolalar yuqori –V , birinchi –I va ikkinchi -II sifatli po‘latdan 
tayyorlanadi. 
Odamlar va odam hamda boshqa yuklarni ko‘tarishda qo‘llaniladigan 
qurilmalarning po‘lat arqonning tolalari faqat yuqori –В sifatli va foydali 
qazilmalarni ko‘tarishda qo‘llaniladigan qurilma po‘lat arqonning tolalari yuqori –
В yoki - sifatli po‘latdan tayyorlanadi. 
Po‘lat arqon normal (Н) yoki yuqori (T) aniqlikdagi talablari bo‘yicha ishlab 
chiqariladi.
Tolalardan tashkil topgan po‘lat arqon ko‘tariladigan yuk massasita’sirida 
o‘zining o‘qi atrofida buralishi mumkin. 
Uning bu xususiyati bo‘yicha po‘lat arqon uch guruhga: 
Buraladigan (Р) 
kam buraladigan (НK) 
buralmaydigan (Н) turlarga bo‘linadi . 


Yuk ko‘tarish qurilmalarida asosan buralmaydigan va kam buraladigan po‘lat 
arqonlar qo‘llaniladi.
Po‘lat arqonlarning tayyorlash jarayoni quyidagi ketma-ketlikda bajariladi
T

O‘

IO‘ 

UO‘. 
Bu yerda : T- tolalar
O‘- o‘ram (bir o‘ramli po‘lat arqon) 
IO‘- ikkinchi o‘ram po‘lat arqon 
UO‘- uchinchi o‘ram po‘lat arqon 
O‘ram (bir o‘ramli po‘lat arqon ) bir necha tolallardan iborat bo‘lib va ular bir 
markaziy tola atrofida vintsimon yunalishda o‘ralgan birnecha konsentrik qatorlar 
soni 2,3 va 4- bo‘lishi mumkin.O‘ramning konsentrik qatorlaridagi tolalar diametri 
bir xil yoki turlicha bo‘lishi mumkin. 
2.13-rasm. O‘ram kesimi dumaloq shakldagi ikki o‘ramli po‘lat arqon 
turlari. 
a-ТЛКО, b-ЛК-O, c-ЛК-Р, d-ЛK-РO, e-ЛK-З. 


Po‘lat arqon o‘ram tolalarining bir marta o‘ralish oralig‘ida uchrashishiga 
ko‘ra nuqtali (точечным касанием)- TK, chiziqli (линейным касанием) – ЛK va 
nuqtali chiziqli (точечно-линейным касанием)- ТЛК turlarga bo‘linadi. 
ЛК turdagi po‘lat arqon o‘ramlar hozirgi standart bo‘yicha quyidagicha 
belgilangan (2.13-rasm ). 
ЛК-O - har bir qatordagi tolalar diametri bir xil (2.13a, 2.13b-rasmlar). 
ЛК-Р - tashqi qator ikki xil diametrli tolalardan tashkil topgan (2.13c-rasm). 
ЛК-РO - tashqi qator bir xil diametrli va ichki qatorlar ikki xil diametrli 
tolalardan tashkil topgan (2.13d-rasm). 
ЛK-З-tolalar oraliqlari kichikroq diametrli tolalar bilan to‘latilgan (2.13 e-
rasm). 
O‘ramning kesim yuzasi dumaloq (2.13-rasm), uch tomonli (2.14a-rasm) va 
oval ko‘rinishida bo‘lishi mumkin (2.14b-rasm). 
Ikki o‘ramli po‘lat arqon markaziy o‘zak atrofida o‘ralgan 6 ta o‘ramlardan 
iborat bo‘ladi. Markaziy o‘zak tolalari uzun bo‘lgan organik materiallardan 
tayyorlanadi. U zanglash va loyqalanishga qarshi bo‘lgan moylar bilan shimdirilgan 
bo‘ladi. 
Tik yuk ko‘tarish qurilmalarda ko‘proq ikki o‘ramli 6x19+1OС va 6x37+1OС 
turdagi po‘lat arqonlar qo‘llaniladi. Bu yerda 6 o‘ramlar soni, 19, 37 o‘ramdagi 
tolalar soni va OС – organik o‘zak. 
2.14-rasm. a- o‘ram kesimi uch yonlama va b- oval shakldagi ikki o‘ramli 
po‘lat arqonlar. 

Yüklə 118,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə