Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə120/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Buxgalteriya jurnali 
bankda kun davomida butun operatsiya-
larning debeti va krediti bo‘yicha aylanmalarni qayd qilish uchun 
mo‘ljallangan. Jurnal birinchi tartibli
 
bank schyotlari bo‘yicha yuriti-
ladi, kun oxirida har bir birinchi tartibli balans schyoti bo‘yicha aylan-
malar yig‘indisi, shuningdek, jurnal bo‘yicha umumiy jami hisoblanadi. 
Bunda debet bo‘yicha barcha schyotlarning umumiy jamisi kredit bo‘-
yicha umumiy jamisiga to‘g‘ri keladi. 
Kassa jurnallari
kassa bo‘yicha kirim-chiqim hujjatlariga asosan 
yuritilib, mijozlarning shaxsiy schyotlarining tartib raqamlari, kassa 
rejasi va summa belgilari ko‘rsatiladi. Operatsion ish vaqtining oxirida 
birinchi tartibli har bir korrespondensiyalanadigan schyot bo‘yicha va 
kassaning kirim-chiqim bo‘yicha umumiy yig‘indisi hisoblanadi. Hi-
soblangan jamlamalar bankning aylanma kassasi bilan solishtiriladi, 
keyin esa kassa jurnallari ma’lumotlari buxgalter jurnaliga o‘tkaziladi. 
Agarda bankda kassa rejasi moddalarining umumiy jami chiqarilgan 
mustaqil kassa rejasini bajarish qaydnomasi tuzilsa, bunda u kassa 
jurnali sifatida foydalanilishi mumkin. 
Yig‘ma varaqalar
birinchi tartibli balans schyotlari bo‘yicha 
yuritiladi. Agarda chorak va yillik aylanma qaydnomalarida ikkinchi 
tartibli schyotlar bo‘yicha aylanmalar ko‘rsatilishi kerak bo‘lsa, bu 
holda yig‘ma varaqalar ikkinchi tartibli schyotlar bo‘yicha ham 
yuritiladi. 
Yig‘ma varaqalarda har kuni tegishli balans schyotlarida ochilgan 
analitik hisobning shaxsiy varaqalari bo‘yicha kunlik debet va kredit 
aylanmalar va kun oxiridagi qoldiq hisoblanadi. Yig‘ma varaqalardagi 
debet va kredit bo‘yicha aylanmalar buxgalter jurnali ma’lumotlari bilan 
solishtiriladi, qoldiqlar summasi esa debet va kredit aylanmalari sum-


185
malarining kun boshidagi va oxiridagi summasi bilan solishtirilib tek-
shiriladi. Shuni e’tiborga olish kerakki, aktiv-passiv schyotlar bo‘yicha 
aylanmalar yig‘ma varaqalarda alohida analitik tarzda ajratib ko‘r-
satiladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə