Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

immobi-
lizatsiya
qilish moddalari ajratilib ko‘rsatilmaydi. Natijada yuqorida 
qayd qilingan ko‘rsatkichlarni hisobga olishning imkoniyati bo‘lmaydi. 
Ikkinchi koeffitsiyentni olsak, uni hisoblash uchun surat va 
maxrajni taqqoslama holga keltirish kerak. Buning uchun yillik foydani 
aktivlarning o‘rtacha yillik summasiga bo‘lish kerak. Shu bilan birga, 
ustav fondining foydalilik darajasini aniqlash lozim. 
Jalb qilingan resurslardan foydalanish darajasini xarakterlash uchun 
jalb etilgan barcha resurslarga (banklararo qarzlarni ham qo‘shgan 
holda) foyda keltiruvchi (ishlaydigan) aktivlar nisbatini hisoblash tav-


187
siya etiladi. Qisqa muddatli likvidlik odatda likvidli aktivlar va talab 
qilib olinadigan majburiyatlarni taqqoslash yo‘li bilan aniqlanadi. Shu 
bilan birga, joriy likvidlik koeffitsiyentidan foydalanish taklif etiladiki, u 
bankdagi naqd pullarning talab qilib olinadigan majburiyatlarga 
nisbatidan iborat. 
Bu yerda masala shundan iboratki, xalqaro amaliyotga muvofiq 
holda likvid aktivlar tarkibiga 30 kun davomida uziladigan kreditlar 
qo‘shiladi. Biroq, bu aktiv turlari bizning mamlakatimizda pul bozo-
rining mavjud emasligi, korxonalarning esa to‘lovga to‘la qodir emasligi 
sababli uncha likvid bo‘lolmaydi. Shuning uchun ko‘rsatilgan mablag‘-
lar bankdagi naqd pullarni hisoblashda inobatga olinmaydi. Aksincha, 
keyingisi tarkibiga majburiy bank zaxiralarning variantlaridan biri 
sifatida qarash mumkin, chunki ular bank tomonidan jalb etilgan mab-
lag‘larni joylashtirishni tavsiflaydi. 
Talab qilib olinadigan majburiyatlarga kelganda, ular jumlasiga 
hisob-kitob va joriy schyotlardagi qoldiqlar va kreditorlik qarzlarini hi-
sobga olish zarur. Depozitlar, banklararo zayomlar va balans orti 
majburiyatlar zaruriy rasshifrovkalar mavjud emasligi sababli hisobga 
olinmaydi. Boshqacha qilib aytganda, bu yerda talab qilinish darajasi 
yuqori bo‘lgan passivlarni hisobga olish zarur. 
Ko‘rib chiqilgan umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan tashqari bank 
balansini tahlil qilishda quyidagi koeffitsiyentlarni ham hisoblash 
maqsadga muvofiq: 
ishlaydigan aktivlarning umumiy aktivlardagi ulushi; 
tezkor depozitlarning umumiy passivlar summasidagi ulushi; 
banklararo zayomlar summasining umumiy passivlar summa-
sidagi ulushi. 
Balans tahlilini quyidagi ma’lumotlar asosida bajaramiz (29-jadval). 
Ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, eng yuqori rentabellikka, ya’ni 
ustav fondining yuqori darajada qoplay olish qobiliyatiga «G» banki, 
eng yuqori ulushdagi (91,5%) ishlaydigan aktivlar evaziga erishgan. Shu 
bilan bir qatorda «G» banki joriy likvidlikni ham yaxshi darajada 
(45,8%) ta’minlagan. 


188

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə