Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Tijorat banklarining investitsion funksiyalari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə142/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
4.2. Tijorat banklarining investitsion funksiyalari 
 
[130]. 
Tijorat banklari tomonidan investitsion faoliyatni olib 
borishdan asosiy maqsad bank daromadliligi va likvidligini ta’minlash-
dan iborat. Rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotida tijorat banklarining 
investitsiya siyosati bank faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi va banklarning likvidligini ta’minlash uchun qaratilgan. 
Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatli qog‘ozlarga, 
ya’ni: 
oddiy va imtiyozli aksiyalarga; 
obligatsiyalarga; 
davlat qarzdorlik majburiyatlariga; 
depozit sertifikatlariga; 
veksel va boshqalarga mablag‘larini qo‘yish orqali amalga 
oshiriladi. 


219
Investitsiya kengaytirilgan takror ishlab chiqarishning asosiy negizini 
tashkil etar ekan, o‘z navbatida bu takror ishlab chiqarishga investor 
(subyektlar) investitsiya resurslarini iqtisodiyot sohalariga (obyektlarga) 
o‘z ko‘zlagan maqsadni asosan daromad (foyda) olish yoki iqtisodiy sama-
raga erishish uchun joylashtiradi va investor amalga oshirgan bunday fao-
liyatni investitsion faoliyat deb yuritiladi. Bu faoliyat jarayonini quyidagi 
chizma orqali ifodalash mumkin (29-chizma). 
Bugungi sharoitda investitsion faoliyatda banklar ishtirokini yanada 
oshirishni talab qiladi. Shuning uchun ham, Prezidentimiz I.A. Karimov 
«Banklar investitsiya jarayonining asosiy bo‘g‘iniga, korxonalarning 
chinakam hamkoriga aylanmog‘i, binobarin, ularning rivojlanishidan 
manfaatdor bo‘lmog‘i lozim»
9F
1
– deb ta’kidlab o‘tgan edi. Bozor iqtiso-
diyoti sharoitida banklar investitsion faoliyatning eng faol ishtirokchi-
laridan biri sifatida quyidagi faoliyatlarning u yoki bu turlari bo‘yicha 
ishtirok etmoqdalar: 
investorlarga tegishli hamda investitsion maqsadlarga yo‘nalti-
riladigan mablag‘lar harakati bo‘yicha moliyalashtirish hisobvaraqlari 
ochish va ular bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirish; 
foyda olish va bank likvidligini oshirish maqsadida o‘z va jalb 
qilingan mablag‘larni davlat va korporativ qimmatli qog‘ozlarga qo‘-
yish; 
o‘z va jalb qilingan mablag‘larni investitsion loyihalarga bevosita 
qo‘yish, ya’ni xo‘jalik subyektlarining investitsion faoliyatini kreditlash; 
qimmatli qog‘ozlar sotib olish orqali korxonalarning ishlab 
chiqarish faoliyatini kengaytirish.
Investitsion faoliyatni bank kreditlari orqali faolligini oshirish uchun 
quyidagi tadbirlardan to‘la foydalanish lozim. 
banklarda kredit turlari (lizing, sinditsit va boshqalar)ni ko‘pay-
tirish; 
banklarning to‘lovga qobiliyatliligi va ishonchliligini oshirish; 
bank depozitlari uchun majburiy zaxiralar me’yorini pasaytirish; 
hukumat qarorlari asosida amalga oshiriladigan dasturlar natija-
sida bank tomonidan ko‘rilgan zararlarni budjet hisobidan qoplash; 
omonatlar va investitsiya kreditlaridagi foiz stavkalari o‘rtasidagi 
nomutanosibliklarni bartaraf etish va h.k. 
 
1
Karimov I.A. Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz. – T.: 
O’zbekiston, 2000. – 57-bet. 


220

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə