Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
[143]. Trast bitimi
– muayyan qimmatli qog‘ozlar to‘plamini 
ishonch asosida boshqarishga tayanadigan fond bo‘yicha shartnomaviy 
kelishuv. 
Trast kompaniya
– xususiy shaxslar va tashkilotlar uchun sir 
saqlanadigan (ishonchli) xizmatlarni bajaradigan kompaniya. 
Trast-vakil 
– ishonch bildirilgan vakil. 
Trast bitimning o‘ziga xos xususiyati shundaki, bunda bank mijozga 
mablag‘larni qo‘yish va ularning oqibatlari to‘g‘risida xatlar yuborib, 
uni doimiy ravishda xabardor qilib turadi. Agar salbiy moliyaviy holatlar 


231
yuz bersa, bank mijoz oldida javobgar bo‘lmaydi. Bu holat asosan 
aksiyalarga sarflangan mablag‘larga tegishli bo‘lib, ularning bahosi 
ba’zida oshishi yoki pasayishi mumkin. 
30-jadval. 
Kapitalni boshqarishning turlari 

 
Kapitalni 
boshqarishning 
turlari 
I Z O H 
1. 
Qattiq 
konservativ 
mijozning mablag‘lari faqatgina eng ishonchli 
bo‘lgan, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarning davlat 
qimmatli qog‘ozlariga sarflanadi. Bunda zarar ko‘rish 
xavfi umuman bo‘lmaydi. 
2. Konservativ 
mablag‘larni rivojlangan mamlakatlarning davlat 
qimmatli qog‘ozlariga va yirik xalqaro banklar 
depozitlariga qo‘yish nazarda tutiladi. Lekin bunda 
banklarning sinish holati mavjud bo‘lganligi sababli bu 
tartibda mablag‘larni joylashtirish mijozlarga so‘zsiz 
foyda olishlarini har doim ham kafolatlamaydi. 
3. 
O‘rtacha 
konservativ 
mablag‘larni jahonning asosiy fond birjalarida 
baholangan aksiyalarga qo‘yish tushuniladi. Investitsi-
yalashning bu yo‘nalishi foyda bilan bir qatorda zarar 
ko‘rish xavfini ham tug‘diradi. 
4. O‘rtacha 
agressiv 
bu mablag‘larni fan-texnika taraqqiyotini belgilab 
beruvchi kompaniyalarning aksiyalariga sarflanishini 
bildiradi. Bunda ularning kursi tebranib turadi. Shu 
tufayli kapitalni boshqarishning bu turi ayrim risklar 
bilan bog‘liq bo‘ladi. 
5. Agressiv 
bu mablag‘larni «Osiyoning to‘rt ajdarhosi» 
(Gonkong, Singapur, Tayvan, Janubiy Koreya) 
kompaniyalarining aksiyalariga sarflashni ta’minlaydi. 
Bunda katta foyda bilan birga katta zarar ko‘rish ham 
mumkin. 
 
Masalan, 1987-yilda Nyu-York fond birjasidagi aksiyalarning kursi 
taxminan 2 marta pasaygan. Bunday hollarda mijoz qolgan 
mablag‘larini olib, ularni boshqarishni boshqa bank departamentiga 
o‘tkazishi mumkin. O‘zbekistonda tijorat banklari amaliyotida trast 
operatsiyalarini qo‘llash imkoniyati asta-sekin rivojlanib bormoqda. 
Komission (vositachilik) operatsiyalarini amalga oshirishda banklar 


232
o‘z mablag‘larini biror sohaga yoki faoliyat turiga qo‘ymaydilar va 
mijozlarga ssuda bermaydilar. Ular faqatgina o‘z mijozlarining to‘lov 
topshiriqnomasini bajaradilar, shuning uchun komission operatsiyalar 
bo‘yicha bank daromadi foiz shaklida emas, balki vositachilik uchun 
mukofot shaklida bo‘ladi. 
Tijorat banklari o‘z mijozlarining turli xil to‘lov topshiriqnomalarini 
bajarishi va o‘zaro operatsiyalarini amalga oshirish uchun bir-biri bilan 
korrespondentlik aloqalarini o‘rnatadilar. 
Masalan, o‘z filiallari yoki bo‘linmalariga ega bo‘lmagan joylarda 
bank mijozlarning to‘lov topshiriqnomalarini boshqa bank orqali, cheklar, 
akkreditivlar va boshqa shakllar bo‘yicha maxsus korrespondentlik 
kelishuvini tuzib, amalga oshiradilar. Bunda u korrespondent banklar 
cheklar, akkreditivlar to‘lashni o‘z zimmasiga oladi. Banklar o‘rtasidagi 
talab va majburiyatlar maxsus korrespondent schyotlarida aks etadi. 
Korrespondentlik munosabatlarini amalga oshirishda banklar 
tomonidan shifrlar tizimi qo‘llanadi. Teleks xabarlari banklararo muno-
sabatlarda hujjat bo‘lib xizmat qiladi. Bank tizimida qo‘llaniladigan 
telekslar ichki va xalqaro bo‘lishi mumkin. 
Bank foydasining manbalari, berilgan kreditlar bo‘yicha bank 
oladigan foizlarning oshirilishi, qimmatli qog‘ozlarga qo‘yilgan 
investitsiyalar (qo‘yilmalar) bo‘yicha foiz va dividendlar, hisob-kitob, 
faktoring, trast va boshqa vositachilik operatsiyalaridan olinadigan vosi-
tachilik mukofotlari, birja bitimlari bo‘yicha valuta operatsiyalaridan 
keladigan tushumlar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Bu tushumlar 
bankning likvidligini mustahkamlashda muhim o‘rin tutadi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə