Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Faktoring – 
mijozga aylanma kapital uchun kredit berish bilan 
birgalikda o‘tkaziladigan savdo-vositachilik operatsiyalariga tegishlidir. 
Bunda bank mijozning qarzga oid talablarini, ularni yetkazib berish 
qiymatining 80 foizini shu zahoti to‘lash va qolgan qismini kredit uchun 
foizlar va vositachilik haqini chiqarib tashlab to‘lash sharti bilan sotib 
oladi. 
Vositachilik operatsiyalarining o‘ziga xos yana bir turi 
ishonch
operatsiyalaridir. Bunda bank mijoz topshirig‘i bo‘yicha ma’lum 
mulkni, pul yoki qimmatli qog‘ozlar ko‘rinishida saqlash, o‘tkazish va 
Akkreditiv 
operatsiyalar 
Komission operatsiyalar 
Inkasso ope-
ratsiyalar

Faktoring op-
eratsiyalar 
Ishonch op-
eratsiyalar
è 
Trast operat-
siyalar 


230
boshqarishni o‘z zimmasiga oladi. 
Bularga, shuningdek, savdo-vositachilik operatsiyalari – mijoz 
topshirig‘i bo‘yicha qimmatli metall va qimmatli toshlarning oldi-
sotdisi, qimmatli qog‘ozlar va hokazolarning oldi-sotdisi ham kiradi. 
Bankning trast operatsiyalari ham vositachilik operatsiyalarining 
turi hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda mulkka 
egalik qilishning keng tarqalgan shakli - bu aksiya, obligatsiya va pul 
mablag‘larini bir egalikdan (shaxsdan) ikkinchi egalikka (shaxs nomiga) 
o‘tkazishni ham banklar orqali amalga oshirilishidir. Moliyaviy vositalar 
va moliyaviy aktivlar summasining ko‘payishi natijasida tijorat banklari 
trast (ishonchli) operatsiyalarning ko‘lami ham kengayib bormoqda. 
Rivojlangan davlatlarda banklarning eng rivojlangan bo‘linmalaridan 
biridir. 
Xorijiy mamlakatlarda tijorat banklarining trast departamentlari 
mijoz topshirig‘iga binoan ishonch bildirgan shaxs huquqlari bo‘yicha 
ish ko‘radilar. Shuningdek, mijozlarning pul mablag‘larini boshqaradilar 
va boshqa moliyaviy vositalar bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalarni 
amalga oshiradilar. Banklar trast operatsiyalarini nafaqat jismoniy 
shaxslar bo‘yicha, balki yuridik shaxslar uchun ham amalga oshiradilar. 
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi trast xizmatlari turlari mavjud: 
merosni boshqarish; 
ishonch va vasiylik bilan bog‘liq operatsiyalarni bajarish va 
boshqalar. 
[142]. 
O‘z mijozlarining kapitalini boshqarish bugungi kunda juda 
keng tarqalgan trast operatsiyalarining bir turidir. Bunda banklar 
mijozlarining ma’lum pul mablag‘larini boshqarishga oladilar va ularni 
mijoz bilan kelishgan holda joylashtiradilar. Mijoz bunda o‘z 
mablag‘larini ishlatish tartibini belgilaydi. Nufuzli banklarda kapitalni 
bunday tartibda boshqarishning besh turi mavjud (30-jadval). 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə