Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Tijorat banklarining lizing operatsiyalari



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə151/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
4.4. Tijorat banklarining lizing operatsiyalari 
 
[144]. 
So‘nggi yillarda tijorat banklari faoliyatida ijara yoki lizing 
(Leasing – ing. «ijara») operatsiyalarini moliyalashtirish bilan bog‘liq 
faoliyat turlari keng rivoj topmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining «Lizing to‘g‘risida»gi qonunining 2-
moddasida (14.04.1999) lizingga quyidagicha ta’rif berilgan: 
Lizing 
uch
taraflama shartnoma bo‘yicha amalga oshiriladi: 
Lizing ijara munosabatlarining alohida turi bo‘lib, unda bir taraf (lizing 
beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirig‘iga binoan uchinchi 
tarafdan (sotuvchidan) haq evaziga egalik qilish va foydalanish uchun lizing 
shartnomasida belgilangan shartlarda berib qo‘yish maqsadida mol-mulkni 
(lizing obyektini) oladi. 


233
sotuvchi 
lizing beruvchi (bank) 
lizing oluvchi 
yoki 
ikki
taraflama: 
lizing beruvchi (bank) 
lizing oluvchi
Lizing sotuvchi, lizing beruvchi va oluvchi lizing subyektlari
hisoblanadi (32-chizma). 
32-chizma.
Lizing subyektlari. 
Lizing beruvchi lizing obyektini kimdan olayotgan bo‘lsa, shu shaxs 
sotuvchi
deb e’tirof etiladi. Lizing shartnomasi bo‘yicha lizing 
oluvchiga kelgusida topshirish maqsadida lizing obyekti (mulk) ni mulk 
qilib beruvchi shaxs, masalan, bank 
lizing beruvchi
hisoblanadi. Egalik 
qilish va foydalanish uchun lizing shartnomasi bo‘yicha lizing obyektini 
olayotgan shaxs 
lizing oluvchi
hisoblanadi.
Lizing beruvchi (bank), lizing oluvchi va lizing sotuvchilar sifatida 
maydonga chiqadigan subyektlar va ular o‘rtasida vositachi sifatida 
chiquvchi shaxslarni quyidagicha tasniflash mumkin (31-jadval). 
Lizing beruvchilar, xususan tijorat banklari xaridor sifatida 
maydonga chiqmoqchi bo‘lishsa, u holda ular o‘zlarining faoliyatlarini 
lizing operatsiyalarini amalga oshirishga yo‘naltirgan bo‘lishlari lozim. 
Bunday hollarda bank mulkni sotib olish uchun korxona (firma) larga 
ssuda (kredit) berish o‘rniga ularni o‘zi sotib oladi va ularni ijara 
oluvchilarga ijaraga bergan holda, egalik huquqini o‘zida saqlab qoladi. 
Bunda bank ssuda foizini emas, balki shartnomaga binoan ijara haqini 
(lizing to‘lovini) oladi. 
[145]. 
Lizing beruvchi mol-mulkni yetkazib bermaganlik, to‘liq 
yetkazib bermaganlik, yetkazib berish muddatini o‘tkazib yuborganlik 
va tegishli darajada sifatli bo‘lmagan mol-mulkni yetkazib berganlik 
uchun, agar bu uning aybli harakatlari (harakatsizligi) tufayli bo‘lsa, 
lizing oluvchining oldida javobgar bo‘ladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   147   148   149   150   151   152   153   154   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə