Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
Banknot
– emitent banklar chiqaradigan va kredit pullarning asosiy turini 
amalga oshiruvchi foizsiz majburiyat (bank bileti). 
Metall bilan ta’minlanmagan emissiya 
fidutsiar emissiya
deb ataladi. 
Veksel
–qat’iy belgilangan shakldagi yozma qarz majburiyati bo‘lib, uning 
egasi (veksel to‘lovchi)ga muddat tugaganidan keyin qarzdordan yoki 
akseptantdan shu hujjatda ko‘rsatilgan pul summasi to‘lanishini qat’iy talab 
qilish huquqini beradi.


51
Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda tarixan pulning to‘lov 
vositasi vazifasidan vujudga kelgan va bank tizimi yuqori darajada 
rivojlangan sharoitda keng qo‘llaniladigan kredit vositasi bo‘lgan 
chek-
lar
ayniqsa ko‘p tarqalgan. 
Cheklar bilan haq to‘lash ayniqsa mamlakatning ichki to‘lov aylan-
masida keng rivojlangan, biroq ulardan eksport va import, chet el 
sayyohligi bo‘yicha hisob-kitoblar hamda nosavdo to‘lovlari chog‘ida 
tashqi to‘lov aylanmasida ham foydalaniladi. Chekdan foydalanish naqd 
pul bilan qilinadigan hisob-kitoblarni sezilarli darajada kamaytiradi. 
Shuni ta’kidlash zarurki, chek aylanmasining asosiy unsurlari umu-
miy bo‘lgani holda ayrim mamlakatlar qonunchiligida chek operatsiya-
larining ba’zi jihatlarini turlicha tartibga solish ko‘zda tutilgan. Chek be-
rish, unga pul to‘lash va chek muomalasining yagona qoidalarini belgi-
lash maqsadida 1931-yilda Jenevada xalqaro chek konvensiyasi (Jeneva 
konvensiyasi deb ataladi) tuzildi. 
[39]
. Chek muomalasining rivojlanishi chek daftarchasiga ko‘plab 
imzolar qo‘yilishi bilan bog‘liq bir qancha muammolarni keltirib chiqa-
radi. Shu sababli, 50-yillardan boshlab, dastlab AQSHda, keyinroq esa 
G‘arbiy Yevropada cheklar 
kredit kartochkalari
bilan almashtirila 
boshlandi. 
Kredit kartochkasida pul egasining joriy hisobidagi summa ko‘r-
satiladi. U egasiga chakana savdo tarmoqlarida pulsiz tovarlar va xiz-
matlar xarid qilish huquqini beradi. Kredit kartochkasiga binoan xaridor 
hisobidagi pul summasi uning ixtiyoridan olinib, tovar sotgan korxona 
hisobiga o‘tkaziladi. 
Hozir kredit kartochkalari jahonda keng tan olingan va o‘z egasi ob-
ro‘-e’tiborining o‘ziga xos belgisi bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda 
ham kredit kartochkalaridan keng foydalanilmoqda. 
Bugungi kunda pullar tabaqalanmoqda, ularning turlari ko‘z o‘n-
gimizda ko‘payib bormoqda. Cheklar va kredit kartochkalaridan keyin 
Chek 
– ingl. 
Check
– bank (yoki boshqa kredit muassasasi) dagi hisob-
varaq egasining chekda ko‘rsatilgan summani shy hisobvaraqdan chek ush-
lovchiga to‘lash yoki uni chek ushlovchining hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘ri-
sidagi yozma topshirig‘i. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə