Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

olti oy 
muddatda qonun hujjatlarida belgilangan talablarni bajarishlari kerak. 
Bankni ro‘yxatga olish va unga litsenziya berish haqidagi qaror Mar-
kaziy bank talablari bajarilgan kundan ko‘pi bilan 
bir oylik 
muddatda 
chiqariladi. 
«Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunning 13-moddasiga 
binoan Markaziy bank quyidagilarga asoslanib bankni ro‘yxatga olishni 
va unga litsenziya berishni rad etishi mumkin: 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank operatsiyalarini 
amalga oshirish litsenziyasini berish bilan bir vaqtda tijorat bankini 
qayd qilib 
uning tartib raqamini xabar qiladi. Shu paytdan boshlab tijo-
rat banki yuridik shaxs maqomini oladi. 
Tijorat banklariga berilgan litsenziya shartlarining bajarilishi Mar-
kaziy bank tomonidan nazorat qilib boriladi. Shu maqsadda bank tomo-
nidan xorijiy valutada amalga oshirilgan operatsiyalar taftish qilinadi, 
tematik jihatdan tekshiriladi. 
Markaziy bank quyidagi hollarda bank operatsiyalarini amalga 
oshirish uchun berilgan litsenziyasini qaytarib olishi mumkin: 
bankni ro‘yxatga olish uchun zarur b o‘lgan hujjatlar topshirilmaganligi; 
ta’sis hujjatlarning qonun hujjatlariga nomuvofiqligi; 
bir yoki bir necha muassisning moliyaviy ahvolining qoniqarsizligi; 
bankni ro‘yxatga olish paytigacha eng kam ustav kapitalining to‘plan-
maganligi; 
bank rahbari va bosh buxgalter lavozimlariga nomzodlarning bu kasbga 
nomuvofiqligi. 


106
[73]
. O‘zbekiston Respublikasida bank tizimining barqaror amal 
qilish sharoitlarini ta’minlash maqsadida, Markaziy bank o‘zining 1997-
yil 22 avgustdagi «Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish qoidalari» 
(MB 10-sonli yo‘riqnoma)ga muvofiq quyidagi iqtisodiy me’yorlarni 
joriy etgan: 
yangi tuzilgan va amal qilayotgan banklar uchun ustav 
(aksionerlik) kapitalining eng kam miqdori; 
bank kapitalining yetarlilik (adekvatlilik) koeffitsiyenti (kamida 
0,08); 
bank kapitali va uning majburiyatlari nisbati koeffitsiyenti 
(kamida 0,05); 
bank likvidligi ko‘rsatkichlari; 
lahzalik – kamida 0,25 
joriy – kamida 0,30 
qisqa muddatli – eng yuqori. 
bitta qarz oluvchiga riskning eng yuqori darajasi (0,25); 
barcha yirik kreditlar uchun riskning eng yuqori darajasi (uch 
martadan ko‘p bo‘lmagan); 
bitta omonat kreditorga riskning eng yuqori darajasi (aksioner 
kapitalining 15 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda); 
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalarda bankning o‘z mablag‘-
laridan foydalanish (eng yuqori 0,15). 
Shuni ta’kidlash kerakki, Tijorat banklar Markaziy bank tomonidan 
belgilanadigan iqtisodiy normativlarga rioya etishlari shart. Banklar o‘z 
kapitali va likvid resurslarini yetarli darajada saqlab turishlari, aktivlarni 
tasniflash asosida shubhali va harakatsiz aktivlarga qarshi zaxiralarni 
bank to‘lovga qobiliyatsiz bo‘lib qolganda; 
litsenziya berishga asos bo‘lgan ma’lumotlarning noto‘g‘riligi aniq-
langanda; 
bank o‘z omonatchilari va boshqa kreditorlar oldidagi majburiyatlarini ba-
jarishga qodir bo‘lmaganida; 
hisobot ma’lumotlari muntazam ravishda buzib ko‘rsatilganda; 
qonun hujjatlariga va litsenziya shartlariga zid keladigan bank ope-
ratsiyalari amalga oshirilganda; 
monopoliyaga qarshi qoidalar buzilganda
O‘zbekiston Respublikasida o‘z sho‘’ba bankini tashkil etgan chet el ban-
kidan litsenziya qaytarib olinganda. 


107
tashkil etishlari shart, shuningdek, zarar ko‘rish xavfini kamaytirish 
maqsadida o‘z aktivlari diversifikatsiyalanishlarini ta’minlashlari lozim. 
Banklar: 
amalga oshirilgan investitsiyalarning turlari yoki shakllariga; 
ko‘chmas mulk va boshqa mol-mulk sotib olish hamda unga ega-
lik qilishga; 
boshqa yuridik shaxslarning ustav fondlarida qatnashishga doir 
shartlarga rioya etishlari lozim. 
Banklar

kapitalni taqsimlash natijasida o‘z kapitali talab qilinadigan eng 
kam miqdordan ham kamayib ketadigan bo‘lsa, kapitalni taqsimlashga
aksiyalar shaklidagi o‘z qimmatli qog‘ozlari bilan kafolatlangan 
kredit berishga; 
oldindan Markaziy bankning roziligini olmay turib, o‘z aksiya-
larini sotib olishga haqli emaslar. 
Iqtisodiy me’yorlarning kutilayotgan o‘zgarishlari to‘g‘risida 
Markaziy bank bir oydan kechikmasdan e’lon qiladi. 
[74]
. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tijorat banklari fao-
liyati ustidan nazorat organi sifatida, ular tomonidan bank qonunchiligi va 
me’yoriy hujjatlar buzilgan taqdirda, xususan, «Markaziy bank to‘g‘ri-
sida»gi, shuningdek, «Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida»gi qonunlarga 
muvofiq jarima sanksiyalari va boshqa jazo choralarini qo‘llashi mumkin. 
«Markaziy bank tomonidan tijorat banklariga bank faoliyatini tartibga 
soluvchi, bank qonunchiligi va me’yoriy hujjatlarni buzganligi uchun 
qo‘llaniladigan choralar va sanksiyalar to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq 
(1997-yil 25 yanvardagi 74-sonli yo‘riqnoma), Markaziy bank majburiy 
zaxira talablari va belgilangan iqtisodiy me’yorlar buzilganligi uchun 
majburiy zaxira jamg‘armalarini shakllantirishdagi qo‘yilmagan mablag‘-
lar summasining qayta moliyalashtirish stavkasidan ikki baravar oshmay-
digan miqdorda jarima solishi mumkin. Bir necha marta qoida buzilishlari 
ro‘y berganda esa: 
bunday banklarga Markaziy bank tomonidan qayta moliyalash 
kreditlarini berishni to‘xtatish; 
kredit resurslari auksionida bu banklarning ishtirok etishini man 
etish; 
belgilangan iqtisodiy me’yorlar banklar va ularning filiallari 
tomonidan buzilganda har buzilgan normativ uchun ustav kapitalining 
minimal miqdorini 0,1 % gacha jarima solish (ammo buzilgan nor-


108
mativlarning barchasi bo‘yicha jarima ustav kapitalining minimal miq-
dorining 1 foizdan oshmasligi lozim); 
ssudalar bo‘yicha zaxira jamg‘armalarini shakllantirish bo‘yicha 
normativlarga banklar tomonidan uch martadan ortiq hollarda yoki 
normativ 12 oy davomida bajarilmagan taqdirda Markaziy bank bank 
faoliyatini yuritish bo‘yicha litsenziyani olib qo‘yishi mumkin; 
bank muddati o‘tgan qarzdorlik kredit qo‘yilmalarining umumiy 
summasini 5 foizidan oshgan taqdirda, uning kelgusida qarzi o‘sib 
borsa, Markaziy bank bank faoliyatini yuritish bo‘yicha litsenziyani 
tortib olish huquqiga ega; 
tijorat banklari qayta moliyalash kreditlarini o‘z muddatlarida 
qaytarmasa, unda bu qarzlar bo‘yicha foizlar amaldagi qayta moliyalash 
stavkalari, ikki barobari miqdorida undiriladi; 
Markaziy bankning markazlashgan kreditlari o‘z vaqtida qaytaril-
maganda, ular muddatidan oldin yoki qisman qaytarilganda, xo‘jalik yu-
rituvchi subyektlardan har bir muddati o‘tgan kun uchun amaldagi qayta 
moliyalash stavkalarini ikki barobari miqdorida undiriladi. 
Shuningdek, quyidagi qoida buzilishlar bo‘yicha jarima sanksiyalari 
qo‘llaniladi: 
to‘lov intizomini buzganligi uchun sanksiyalar; 
valuta operatsiyalarini yuritish tartibini buzganligi uchun 
sanksiyalar; 
kassa operatsiyalarini yuritish tartibini buzganlik uchun sanksiyalar; 
qimmatli qog‘ozlar bilan operatsiyalar yuritish tartibini tartibga so-
luvchi qonunchilik va me’yoriy hujjatlarni buzganligi uchun qo‘llanadi-
gan choralar; 
bankda hisob raqamini ochish, shuningdek, statistik hisobot tartibini 
buzganligi uchun sanksiyalar va boshqa sanksiyalar. 
[75]
. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bank boshqaruvi raisi 
tomonidan 1998-yil 9-noyabrda tasdiqlangan 240-sonli «Banklarni 
tugatish to‘g‘risidagi Nizom»ga muvofiq banklarni tugatish uchun qu-
yidagilar asos bo‘ladi:
bank operatsiyalarini amalga oshirish uchun berilgan litsenziyani 
Markaziy bank tomonidan qaytarib olinishi; 
bankni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi aksionerlar yoki ta’sischilar 
umumiy yig‘ilishining qarori; 
yagona ta’sischisi davlat bo‘lgan banklar uchun hukumat qarori; 
sud qarori bo‘yicha bank bankrot deb e’lon qilinganida. 


109

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə