Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта


Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

Bankni ixtiyoriy ravishda tugatish 
kreditorlar va omonatchilar 
oldida majburiyatlar bajarilishini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lgan 
bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi (ishtirokchilari) tomonidan qaror 
qabul qilingan holda amalga oshirilishi mumkin. 
Bank aksiyadorlar yoki muassislar (ishtirokchilar) umumiy yig‘ili-
shi qaroriga asosan bankni ixtiyoriy ravishda tugatishga ruxsat berish 
to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan Markaziy bankka murojaat qiladi. Ilti-
mosnoma bilan birga quyidagi hujjatlar ham taqdim etiladi: 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tomonidan bankni tugatish to‘g‘-
risidagi tugatish sabablari ko‘rsatilib, qabul qilingan qaror; 
bankni ixtiyoriy ravishda tugatish to‘g‘risidagi iltimosnoma bilan 
Markaziy bankka murojaat qilingan vaqtdagi balans hisoboti
tugatish komissiyasi a’zolari ro‘yxati; 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi tasdiqlagan tugatish qarori. 
Bankni majburiy tarzda tugatish Markaziy bankning bank faoliyatini 
amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyasini qaytarib olish to‘g‘-
risidagi qaroriga asosan amalga oshiriladi. Bankni tugatish jarayoni qu-
yidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 
moddiy nazorat va inventarlash
aktivlarni tekshirish; 
aktivlarni baholash va sotish; 
sotuvdan tushgan tushumlarni joylashtirish; 
tugatish jarayonini yakunlash. 
Likvidator (tugatuvchi) yoki tugatish komissiyasi Markaziy bankka 
quyidagi hujjatlarni taqdim etadi: 
tugatish komissiyasining hisoboti; 
bank aksiyadorlari (ishtirokchilari) umumiy yig‘ilishining bankni 
tugatish (ixtiyoriy ravishda tugatilganda) to‘g‘risidagi bayonnoma
Markaziy bank Boshqaruvining litsenziyani qaytarib olish 
to‘g‘risidagi qarori; 
bankni tugatish to‘g‘risida gazetalarda e’lon qilingan axborot 
nusxasi; 
tugatish komissiyasini tuzish to‘g‘risida qaror; 
bankning oxirgi ish kunidagi balansi
tugatish balansi; 
balansdan tashqari hisobvaraqlar bo‘yicha tugatish balansi; 
soliq inspeksiyasining tugatish dalolatnomasi; 
yo‘q qilish uchun bank hujjatlari va yig‘ma jildlari ajratilganligi 


110
to‘g‘risida dalolatnoma
hujjatlarni arxivda saqlash uchun qabul qilish-topshirish dalolat-
nomasi; 
muhrlarni yo‘q qilish uchun huquqni muhofaza qilish organlariga 
topshirilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma. 
Markaziy bank taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqib, bankni, 
banklarni ro‘yxatga olish Davlat kitobidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi 
qarorni qabul qiladi. 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə