Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə78/354
tarix27.09.2023
ölçüsü1,71 Mb.
#124088
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   354
5eb9e271d043588e9f74c10f0fe1cb95 Bank ishi

 
 
 
 
 
 
 
23-chizma

Bank kapitalining tarkibiy qismlari. 
Bank kapitali 
I darajali 
kapital 
II darajali 
kapital 


115
I darajali kapital 
umumiy kapitalning 50 foizini yoki undan 
ko‘pini tashkil qilishi lozim. 
II darajali kapital
miqdori I darajali 
kapital miqdoridan oshib ketsa, kapitalning oshib ketgan qismi kapital 
hisobiga kiritilmaydi. 
I darajali kapital quyidagilardan iborat: 
1. To‘liq to‘langan va muomalaga kiritilgan oddiy aksiyalar, 
nokumulyativ muddatsiz imtiyozli aksiyalar. Bu aksiyalar: 
– muayyan sotib olish sanasi va shartlariga ega emas; 
– egasining xohishiga ko‘ra sotib olinishi mumkin emas; 
– bank aksiyadorlari umumiy yig‘ilishi qaroriga muvofiq ularga doir 
dividendlar to‘lanmasligi mumkin, ular bo‘yicha o‘tgan davrdagi 
olinmagan dividendlar to‘lanmaydi. 
2. Qo‘shimcha kapital (kapitalning ortiqcha qismi) – oddiy va 
imtiyozli aksiyalar narxining ularning nominal qiymatidan oshib ketishi. 
3. Taqsimlanmagan foyda. 
4. Kapital zaxiralar. 
5. Avvalgi yillarning taqsimlanmagan foydasi. 
6. Joriy yil zararlari. 
7. Aksiya egalari ozchiligining birlashgan korxonalar aksiyadorlik 
hisobvaraqlaridagi ulushi. Bu ulush sho‘ba korxonalari hisobvaraqlari 
bank moliyaviy hisobotlarida birlashtirilganda va bank ulushi bunday 
korxonalar kapitalining 100 foizdan kam qismini tashkil qilganda 
vujudga keladi. 
Dividend stavkalari o‘zgarib turuvchi imtiyozli aksiyalar yuqoridagi 
shartlar bajarilishidan qat’iy nazar I darajali kapital hisobiga kiritil-
maydi. 
II darajali kapital
esa quyidagilardan iborat: 
– joriy yildagi sof foyda; 
– riskni hisobga olgan holdagi aktivlar summasining 1,25 foizi va 
hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan 
miqdordagi umumiy zaxiralar (I darajali kapital aktivlar hisob-kitobi 
quyida keltirilgan): 
– hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 100 foizli kapitaldan oshmagan 
miqdorda aralash turdagi majburiyatlar (aksiyadorlik va qarz kapitali 
tavsiflarini o‘z ichiga olgan vositalar). I darajali kapitalga kiritilmagan 
aralash turdagi majburiyatlar, jumladan, imtiyozli aksiyalar agarda ular 
quyidagi shartlarga javob bersalar, II darajali kapitalga kiritilishi 
mumkin: 


116
– to‘liq to‘langanligi; 
– garov bilan ta’minlanmaganligi; 
– bank tugatilganda ularga doir talablar, bank depozitorlari talablari 
qondirilgandan so‘ng qondirilishi; 
– aksiya egasining tashabbusi bilan va Markaziy bank ruxsatisiz 
to‘lanmasligi; 
– bankning barcha zararlarini qoplashi va bankni to‘lovga 
qobiliyatsiz deb e’lon qilish huquqini bermasligi; 
– agar bank oxirgi uch chorak mobaynida foyda olmagan bo‘lsa, 
emitent xohishiga ko‘ra yoki oddiy va imtiyozli aksiyalar bo‘yicha 
dividendlar (foizlar) to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishda ushbu 
majburiyatlarga doir dividendlar (foizlar) ni to‘lash muddati kechiktiri-
lishi mumkinligi; 
– subordinar qarz, bu bankning qarz majburiyatlari shakli bo‘lib, 
bank kapitalini aniqlash maqsadida hisob-kitoblardan so‘ng I darajali 
kapitalning 50 foizidan oshmasligi kerak. II darajali kapitalga kiruvchi 
subordinar qarz to‘lash muddati yetib kelgunga qadar oxirgi 5 yil da-
vomida yiliga 30%ga kamayib borishi shart. II darajali kapital tarkibiga 
kiruvchi subordinar qarz quyidagi talablarga javob berishi lozim: 
– garov ta’minotiga ega bo‘lmaslik; 
– bank tugatilayotganda ushbu majburiyatlar bo‘yicha talablar 
depozitorlar talablari qondirilgandan so‘ng amalga oshirilishi; 
– boshlang‘ich to‘lov muddati 5 yildan ortiq bo‘lishi. 
Kapitaldan chegirmalar kapital yetarliligi koeffitsiyentlari hisoblan-
guncha amalga oshiriladi. I darajali kapitaldan chegirmalar nomoddiy 
aktivlar, shu jumladan, 

Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   354




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə