Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта



Yüklə 6,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/312
tarix12.01.2023
ölçüsü6,96 Mb.
#98468
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   312
18-y-Qishloq-xojaligi-iqtisodiyoti.Darslik-R.X.Ergashev-va-bosh.T-2018

Umumilmiy usullar: 
iqtisodiy-statistik, monografik, hisob-
konstruktiv, balans, iqtisodiy- matematik usullardir.
 
Qishloq xo‗jaligi iqtisodiyoti fanini o‗rganishda quyidagi usullardan 
foydalaniladi:
Ilmiy abstraksiya usuli. 
Ushbu usulda o‗rganilayotgan jarayonning asl 
mohiyatiga e‘tibor qaratilib, tahlil vaqtida chalg‗itishi mumkin bo‗lgan ikkinchi 
darajali narsalar, voqea-hodisalar fikrdan chetlashtiriladi (masalan, talab qonuni 
o‗rganilayotgan vaqtda faqatgina talab va baho o‗rtasidagi o‗zaro bog‗liqlik 
tahlil qilinib, boshqa holatlar-davlatning narx siyosati, raqobat, bozorning 
to‗yinganlik darajasi va boshqalar e‘tiborga olinmaydi).


24 
Induksiya va deduksiya usuli 
bir-biriga qarama-qarshi bo‗lgan, ammo 
o‗zaro bog‗liqlikdagi fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy 
faktlarga qarab harakati induksiya, aksincha umumiy faktlardan xususiy 
faktlarga tomon harakati deduksiya deb ataladi. Induksiya va deduksiya usullari 
gipoteza haqidagi fikrlarni ilgari suradi. 
Gipoteza
-biror bir voqea-hodisaning 
ilmiy nazariya bo‗la olishi uchun uni tajribada sinab ko‗rish va nazariy jihatdan 
asoslab berish uchun beriladigan ilmiy taklifdir.
Taqqoslama tahlil usuli. 
Eng yaxshi natijalarga erishish maqsadida 
xususiy va umumiy ko‗rsatkichlarni taqqoslash. Tadbirkor o‗zi qilgan xarajatlar 
bilan raqiblarining xarajatlarini solishtirishi, muqobil variantlarni topib 
taqqoslab borishi kerak. «Xarajatlar-natija» singari mashhur bo‗lgan yondashuv 
ham taqqoslama tahlil usuliga asoslanadi.
Eksperiment (tajriba) usuli. 
Bu usul tabiiy fanlarda asosiylardan 
hisoblanib, 
iqtisodiy 
voqea-hodisalarni 
o‗rganishda keng qo‗llaniladi. 
O‗rganilayotgan 
voqea-hodisaga 
omillar 
ta‘sirini, 
uning 
rivojlanish 
qonuniyatlarini bilishda qo‗llaniladi. Qishloq xo‗jaligida mehnatga haq to‗lash, 
xo‗jalik hisobi, ijara pudrati va boshqalarda eksperimentlar o‗tkazilgan.

Yüklə 6,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə