Ўзбекистон республикаси



Yüklə 2,14 Mb.
səhifə6/28
tarix05.06.2018
ölçüsü2,14 Mb.
#47430
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bilaman

4-ilova


B/B/B jadvali


Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim






5-ilova



1-o‘quv topshiriq

3x4 oranayzerini to‘ldiring


Mavzuning asosiy mazmunini ochib berishga yordam beradi va “3x4” texnologiyasi orqali talabalarni mavzu yuzasidan tushuncha, tasavvurlari aniqlanadi.




Tafakkur –bu .......


6-ilova



Tafakkur operatsiyalari

Analiz, sintez, taqqoslash, abstraksiyalash va umumlashtirish, tasniflash va tizimga solish aqliy operatsiyalarning asosiy turlaridir. Analiz – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki uning yordami bilan biz narsa va hodisalarni fikran yoki amaliy jihatdan xususiyatlarini tahlil qilamiz. Analiz jarayonida butunning uning qismlariga va elementlariga bo‘lgan munosabati aniqlanadi. Sintez – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, biz narsa va hodisalarning analizda bo‘lingan, ajratilgan ayrim qismlarini, bo‘laklarini sintez yordami bilan fikran va amaliy ravishda birlashtirib, butun holiga keltiramiz. Taqqoslash – shunday bir tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya vositasi bilan ob’ektiv dunyodagi narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshashligi va bir-biridan farqi aniqlanadi. Abstraksiya – shunday fikr tafakkur operatsiyasidirki, bu operatsiya yordami bilan moddiy dunyodagi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini farqlab olib, ana shu xususiyatlardan narsa va hodisalarning muhim bo‘lmagan ikkinchi darajali xususiyatlarini fikran ajratib tashlaymiz. Umumlashtirish – tafakkurda aks etgan bir turkum narsalarning, o‘xshash muhim belgilarning shu narsalar to‘g‘risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Konkretlashtirish – hodisalarni ichki bog‘lanish va munosabatlardan qat’iy nazar bir tomonlama ta’kidlashdan iborat fikr yuritish operatsiyasidir. Klassifikatsiyalash – bir turkum ichidagi narsalarning bir-biriga o‘xshashligiga va boshqa turkumdagi narsalardan farq qilishiga qarab narsalarni turkumlarga ajratish tizimidir. Sistemalashtirish – tizimga solish shundan iboratki, bunda ayrim narsalar, faktlar, hodisa va fikrlar muayyan tartibda makondagi, vaqtdagi tutgan o‘rniga yoki mantiqiy tartibda joylashtiriladi.

7-ilova


1-o‘quv topshiriq

Muammo” organayzerini to‘ldiring



Tafakkur operatsiyalariga doir muammoli masalalarni echimini topishga yordam beradi va “Muammo” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Muammoning turi

Muammoning kelib chiqish sabablari

Muammoni echish yo‘llari va sizning harakatingiz

Biogenetik va sotsiogenetik nazariyalarda shaxs muammosining talqini nimalardan iborat?





8-ilova
Tafakkur shakllari

Psixologiyada nutq fikr yuritish faoliyatining vositasi deb yuritiladi. Odamda nutq tafakkur jarayonida hukm, xulosa chiqarish va tushunchalar shaklida ifodalanib keladi. Narsa va hodisalarning belgi va xususiyatlari haqida tasdiqlab yoki inkor qilib aytilgan fikr hukm deb ataladi. Hukmlar ob’ektiv voqelikni aks ettirilishiga qarab chin yoki xato bo‘ladi. Narsa va hodisalarda voqelikda haqiqatan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan belgilar, alomatlar hukmlarda bog‘liq ravishda ko‘rsatib berilsa yoki voqelikda bir-biridan ajratilgan narsalar hukmlarda ajratib ko‘rsatilsa bu chin hukm deb ataladi. Masalan, metallar elektr tokini o‘tkazuvchidir; metallar qizdirilganda kengayadi, degan chin hukmlardir. CHunki elektr tokini o‘tkazish qizdirilganda kengayishi metallarga xos xususiyatdir. Bir qancha hukmlarning mantiqiy bog‘lanishi natijasida hosil bo‘lgan yangi hukm insonning bilish faoliyatida alohida ahamiyatga ega. Xulosa chiqarish shunday tafakkur shaklidirki, bu shakl vositasi bilan biz ikki yoki undan ortiq hukmlardan yangi hukm hosil qilamiz. Xulosa chiqarish uch turga bo‘linadi: induktiv, deduktiv va analogiya. Induktiv xulosa chiqarish – bu xulosa chiqarishning shunday mantiqiy usulidirki, bunda bir necha yakka va ayrim hukmlardan umumiy hukmga o‘tiladi, yoki ayrim fakt va hodisalarni o‘rganish asosida umumiy qonun va qoidalar yaratiladi. Deduktiv xulosa chiqarishda umumiy va yakka hukmlardan yakka yoki juz’iy hukm keltirib chiqariladi. Analogiya xulosa chiqarishning shunday shaklidirki, bunda biz ikki predmetning ba’zi bir belgilari o‘xshashligiga qarab, bu predmetlarning boshqa belgilarining o‘xshashligi to‘g‘risida xulosa chiqaramiz. Analogiya deb narsa va hodisalarning bir-biriga o‘xshash bo‘lgan ba’zi belgilariga qarabgina hukm yuritishdan iborat xulosa chiqarish shakliga aytiladi. Tushuncha deganda biz narsa va hodisalarning eng muhim va eng asosiy xususiyatlarini aks ettirishni tushunamiz. Tushunchalar hukmlardan tarkib topadi. SHu sababli tushunchaning mazmunini ochib berish uchun bir qancha hukm yurtishga to‘g‘ri keladi.


9-ilova



1-o‘quv topshiriq

FSMU texnologiyasi

Ushbu texnologiya munozarali masalalarni hal etishda hamda o‘quv jarayonini bahs-munozarali o‘tkazishda qo‘llaniladi, chunki bu texnologiya talabalarni o‘z fikrini himoya qilishga, erkin fikrlash va o‘z fikrini boshqalarga o‘tkazishga, ochiq holda bahslashishga hamda shu bilan birga bahslashish madaniyatini o‘rgatadi. Tinglovchilarga tarqatilgan oddiy qog‘ozga o‘z fikrlarini aniq va qisqa holatda ifoda etib, tasdiqlovchi dalillar yoki inkor etuvchi fikrlarni bayon etishga yordam beradi.

F-fikringizni bayon eting

S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating

M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring

U- fikringizni umumlashtiring


1-guruh

Savol

Malaka va uning inson hayotidagi o‘rnini qanday baholaysiz?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




2-guruh

Savol

Inson odatlar uning ijobiy va salbiy tomonlarini nimada deb o‘ylaysiz?

F-fikringizni bayon eting




S-Fikringiz bayoniga sabab ko‘rsating




M-ko‘rsatilgan sababingizni isbotlovchi dalil keltiring




U- fikringizni umumlashtiring




10-ilova



Tafakkur turlari


A.V.Petrovskiy muharrirligida chop etilgan, “Umumiy psixologiya” darsligida tafakkurni quyidagi turlari ajratib ko‘rsatiladi: ko‘rgazmali-harakat, ko‘rgazmali-obrazli, mavhum nazariy tafakur turlari va boshqalar.

Ko‘rgazmali-harakat tafakkur turi. Tarixiy taraqqiyot davomida odamlar o‘z oldilarida turgan maqsadlarni dastlab amaliy faoliyat nuqtai nazaridan echganlar, keyinchlik unda nazariy faoliyat ajralib chiqqan. amaliy va nazariy faoliyat chambarchas bir-biri bog‘langandir. Ko‘rgazmali-obrazli tafakkur sodda shaklda ko‘pincha bog‘cha yoshidagi bolalarda, ya’ni 4-7 yoshgacha bo‘lgan bolalarda paydo bo‘ladi. Bu yoshdagi bolalarda tafakkurning amaliy harakatlar bilan aloqasi avvalgidek to‘g‘ri va bevosita bo‘lmaydi. Bog‘cha yoshidagi bolalar faqat ko‘rgazmali obrazlar bilan fikr yuritadilar va uncha tushunchaga ega bo‘lmaydilar. Fikr yuritilishi lozim bo‘lgan narsa-hodisalarni idrok yoki tasavvur qilish mumkin bo‘lsa, bunday tafakkur konkret tafakkur deb ataladi. U o‘z navbatida yaqqol-predmetli va yaqqol-obrazli tafakkur turlariga ajratiladi. Agar fikr yuritish ob’ekti bevosita idrok qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-predmetli tafakkur deyiladi. Fikr yuritilayotgan narsa va hodisalar faqat tasavvur qilinsa, bunday tafakkur yaqqol-obrazli tafakkur deb ataladi. Abstrakt tafakkur narsalarning mohiyatini aks ettiruvchi va so‘zlarda ifodalovchi tushunchalarga tayanib fikr yuritishdir. Algebra, trigonometriya, fizika, chizma geometriya, oliy matematika masalalarini echish mahalida fikr yuritish, mulohaza bildirish, abstrakt tafakkurga xos misollardir. Abstrakt tafakkur konkret tafakkurdan g‘oyat keng ma’no anglanishi bilan qator narsa va hodisalar to‘g‘risida, abstrakt tafakkur yordamida mulohaza borliq to‘g‘risida cheksizlik, sifat, miqdor, tenglik to‘g‘risida, go‘zallik yuzasidan mavhum abstrakt mulohaza yuritish mumkinligi bilan farq qiladi. Hodisalarni izohlashga, faraz qilishga qaratilgan tafakkur nazariy tafakkur deb ataladi. Tushunchalar o‘rtasidagi bog‘lanishlarni yoritib borish va shu bog‘lanishlarni nazariy jihatdan fikr yuritish yo‘li bilan izohlash kabi jarayonlarni nazariy tafakkur yordamida amalga oshirish mumkin. Izohlash paytida izohlanayotgan narsa va hodisalar, xossa va xususiyatlar, jism va predmetlar, umuman butun voqelik ma’lum turkumdagi tushunchalar qatoriga kiritiladi va ularning farq qiladigan belgi va alomatlari fikran ajratib ko‘rsatiladi. Bundan tashqari muayyan ob’ektlarning mohiyati, mazmuni mavjud bo‘lishlik sabablari, kelib chiqishi, taraqqiyoti, o‘zgarishi, shuningdek ularning ahamiyati va funksiya hamda vazifalari izohlab beriladi.

11-ilova



1-o‘quv topshiriq

Tushunchalar tahlili ” organayzerini to‘ldiring

1-guruh


Muhim muammoning echimini topishga yordam beradi va “Tushunchalar tahlili” usuli orqali muammo hal qilinadi.




Tushunchalar

Mazmuni

Ko‘rgazmali –obrazli




Ko‘rgazmali –harakat




Konkret tafakkur




Abstrakt tafakkur




2-guruh

Tushunchalar

Mazmuni

Ijodiy tafakkur




So‘z mantiq tafakkur




Ixtiyorsiz tafakkur




Ixtiyoriy tafakkur




11-ilova


Jonlantirish uchun savollar:

Tafakkur tushunchasining mazmunini izohlang?

Tafakkur operatsiyalarini ajratib ko‘rsating?

Tafkkur shakllari nimalarda ko‘rinadi?

Tafakkur sifatlarining mazmunini izohlang?

Tafakkurning turlarining mohiyatini izohlang?

Tafakkurdagi individual farqlar nimalarda ko‘rinadi?



12-ilova

Insert usulidan foydalanib ishlash qoidasi

1.Ma’ruza matnini o‘qib, matnning chetiga quyidagi belgilarni qo‘yib chiqing:

V-bilaman

+ – men uchun yangi ma’lumot

– – men bilgan ma’lumotni inkor qiladi

? – noaniq (aniqlashtirish talab qiladigan) qo‘shimcha ma’lumot

2.Olingan natijalarni jadval shaklida rasmiylashtiring.




Mavzu savollari

V



+

?

















































































































10.1.Ta’lim berish texnologiyasining modeli

Ma’ruzaga ajratilgan vaqt – 2 s

Talabalar soni – 50 ta

O‘quv mashg‘ulotining shakli

Ma’lumotli ma’ruza

O‘quv mashg‘ulotining tuzilishi

1. Xissiyot xolatlarni ifodalanishi. Xissiyot turlari.

2.Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.

3.SHaxsning irodaviy sifatlari va ularni tarbiyalash.

4.SHaxsni kasbga moslashish psixologiyasi.

5.Mavzuni yakunlash.


O‘quv mashg‘ulotining maqsadi

Talabalarda bilish faoliyati diagnostikasi

to‘g‘risidagi bilimlarni shakllantirish



Pedagogik vazifalar:

  1. Xissiyot xolatlarni ifodalanishi. Xissiyot turlari malumot berish.

  2. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari bilan tanishtirish.

  1. SHaxsning irodaviy sifatlari va ularni tarbiyalash to‘g‘risida ma’lumot berish.

  2. SHaxsni kasbga moslashish psixologiyasi tushunchani shakllantirish.




O‘quv faoliyati natijalari:

  1. Xissiyot xolatlarni ifodalanishi. Xissiyot turlari haqida ma’lumotga ega bo‘ladilar.




  1. Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari bilan tanishtirish vazifalari bilan tanishadilar.




  1. SHaxsning irodaviy sifatlari va ularni tarbiyalash borasida bilimga ega bo‘ladir.




  1. SHaxsni kasbga moslashish masalalari borasida tushunchaga ega bo‘ladilar.




Ta’lim metodi

Ma’ruza, tushuntirish, suhbat, “Baliq skeleti” grafik texnologiyasi

Ta’limni tashkil etish shakli

Ma’ruza, ommaviy, guruhli


Didaktik vositalar

Ma’ruza matni, slayd-prezentatsiya


Ta’limni tashkil etish sharoiti

Maxsus texnik vositalar bilan jixozlangan xona


Nazorat

O‘z-o‘zini nazorat qilish, refleksiya



10.2. “SHaxsning hissiy-irodaviy sohasi va kasbga moslashish” mavzusidagi ma’ruzaning texnologik kartasi


Ish bosqichlari va vaqti

Faoliyat mazmuni

O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich. O‘quv mashg‘ulotiga kirish (Da’vat bosqichi)

(10 minut)

    1. Mavzuning nomlanishi, maqsad va kutilayotgan natijalarini bayon etadi

    2. Savol-javob orqali mavzu borasidagi talabalar fikrlari, tasavvurlari o‘rganiladi.

O‘z fikrlarini boshqalar bilan o‘rtoqlashishadi.
Tinglashadi, yozib borishadi.


2-bosqich.

Asosiy (Anglash bosqichi)

(50 minut)

2.1. Mavzu bo‘yicha ma’ruza matnini tarqatadi, uning rejasi va asosiy tushunchalari bilan tanishishni taklif etishadi.

2.3. Taqdimot texnologiyasi yordamida asosiy nazariy ma’lumotlarni bayon etadi (3-ilova). Jalb qiluvchi savollar bilan murojaat etadi, mavzuning eng asosiy tushunchalarini ajratib ko‘rsatadi, har bir o‘quv biriligi bo‘yicha xulosalar qiladi (3,4-ilova).



Tinglaydilar, savol-javoblarda ishtirok etishadi.
Muhim chizma va jadvallarni o‘z daftarlariga qayd etishadi.

3-bosqich. YAkuniy (Fikrlash bosqichi)

(20 minut)

3.1. Talabalarning Kasbiy layoqatlilik psixologiyasi

borasidagi o‘zlashtirgan bilimlarini tekshirish maqsadida “Baliq skeleti” grafik organayzeridan foydalaniladi (2-ilova).

3.2. Talabalarning javoblarini tinglash orqali talabalarning umumiy tasavvurlari aniqlanadi.

3.3. Mustaqil ish uchun topshiriq beradi va uni baholash mezonlari bilan tanishtiradi.



“Baliq skeleti” grafik organayzeri orqali vazifani xal qilishga kirishadilar.

O‘z fikrlarini boyitadi va to‘ldiradi.


Topshiriqni yozib olishadi.

1-ilova




10 Mavzu: SHaxsning hissiy-irodaviy sohasi va kasbga moslashish

Reja:

1. Xissiyot xolatlarni ifodalanishi. Xissiyot turlari.

2.Irodaviy faoliyatning umumiy xususiyatlari.

3.SHaxsning irodaviy sifatlari va ularni tarbiyalash.

4.SHaxsni kasbga moslashish psixologiyasi.

O‘quv mashg‘ulotining maqsadi: iroda, ixtiyoriy haraktlar, irodaviy akt va uning tuzilishi, irodaviy sifatlar haqidagi bilimlarni shakllantirish.

O‘quv faoliyatining natijasi: talabalarga iroda, ixtiyoriy haraktlar, irodaviy akt va uning tuzilishi, irodaviy sifatlar haqida dastlabki ma’lumotlar zahirasini berish hamda mazkur jihatlar psixologiya sohasining o‘rganish ob’ekti ekanligini asoslab berildi.

2-ilova


Baholash mezoni va ko‘rsatkichlari


Guruhlar

Savolning to‘liq va aniq yoritilishi 0-5 ball

Misollar bilan muammoga echim topishi 0-5 ball

Guruh a’zolarining faolligi 0-5 ball

Jami ball










































































































15-13 ball- “a’lo”

12-10 ball- “yaxshi”

15-13 ball- “qoniqarli”

3-ilova


Xissiyot xolatlarni ifodalanishi. Xissiyot turlari.

Hissiyot tushunchasiga adabiyotlarda turlicha ta’riflar uchraydi jumladan; A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot – kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan kichik munosabatdir. M.Vohidovning «Bolalar psixologiyasi» o‘quv qo‘llanmasida hissiyot deb – tashqi olamdagi narsa va hodisalarga bo‘lgan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishga aytiladi. Q.Turg‘unov muallifligidagi lug‘atda hissiyot-shaxsning voqelikdagi narsa va hodisalarga, kishilarga hamda o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatlarida kelib chiqadigan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalardan iborat. Professor E.G‘oziev muallifligidagi «Umumiy psixologiya» darsligida hissiyot odamda, tirik mavjudotlar miyasida, ya’ni shaxslarning ehtiyojlarini qondiruvchi va unga monelik qiluvchi ob’ektlarga nisbatan uning munosabatlarini aks ettirish ma’nosida qo‘llaniladi. YUqoridagi ta’riflardan ko‘rinib turibdiki, hissiyot bizning tuyg‘ularimizning o‘ziga xos aks ettirish jarayoni bo‘lib, bunda narsa va hodisalarni aks ettirish jarayonida bizda tug‘iladigan ichki kechinmalar va munosabatlar aks ettiriladi. Demak, hissiyotlar o‘z- o‘zidan yuzaga kelmasdan, tashqi olamdagi narsa va hodisalarning ta’siri bilan bog‘liq ravishda yuzaga keladi. Adabiyotlarda hissiyot bilan birga emotsiya tushunchasi ham keng doirada qo‘llaniladi. Aynan emotsiya tushunchasining mazmuni nimadan iborat va hissiyot tushunchasi bilan o‘zaro bog‘liqligi qanday degan savol tug‘iladi? SHunga muvofiq emotsiya tushunchasining mazmun mohiyatini yoritadigan bo‘lsak; jumladan professor E.G‘ozievning “Umumiy psixologiya” darsligida emotsiya-odatda tashqi alomatlari yaqqol namoyon bo‘ladigan his-tuyg‘ularni, ichki kechinmalarni ifodalanishidan iborat psixik jarayonni yuzaga kelishining aniq shaklidir, deb ta’riflanadi. Emotsiya – shaxsning voqelikka o‘z munosabatini his qilishidan kelib chiqadigan, uning ehtiyoj va qiziqishlari bilan bog‘liq bo‘lgan yoqimli yoki yoqimsiz kechinmalaridir. Keltirilgan ta’riflardan ko‘rinadiki, hissiyot tushunchasi emotsiyaga nisbatan kengroq tushuncha bo‘lib, shaxsning kundalik hayoti, turmush tarzidagi barcha jabhalarni qamrab oladi. Hissiyot boshqa hamma psixik jarayonlar kabi bosh miya po‘sti qismining faoliyati bilan bog‘liqdir. Bosh miya hissiyotlarning kuchini va barqarorligini idora qilib turadi. Hissiyotlar boshqa bilish jarayonlaridan farqli bosh miya po‘stining faoliyatidan tashqari organizmning ichki a’zolari faoliyati bilan ham bog‘liqdir, boshqacha qilib aytganda hissiyotlar vegetativ nerv tizimining faoliyati bilan ham bog‘liqdir. CHunonchi, odam qattiq uyalgan paytida qizarib ketadi, qattiq qo‘rqqan paytida esa rangi o‘chib, qaltirab ketadi, xattoki odamning ovozida ham o‘zgarish paydo bo‘ladi. Ana shunday hissiy holat yuz bergan paytda odamning yuragi tez ura boshlaydi, nafas olishi ham tezlashadi.

4-ilova


Yüklə 2,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə