Зиёдулла Давронов


dalil bu voqelik haqidagi ob’yektiv holda olingan va



Yüklə 0,6 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/104
tarix26.06.2022
ölçüsü0,6 Mb.
#90114
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104
Çè¸äóëëà Äàâðîíîâ

dalil bu voqelik haqidagi ob’yektiv holda olingan va
isbotlangan, o‘zgarmaydigan haqiqiy bilimdir.
Dalilning turlari quyidagilar: 1. Haqiqiy dalil; 2. Yolg‘on dalil; 3.
To‘liq dalil; 4. To‘liq bo‘lmagan dalil; 5. Taxminiy dalil; 6.
Isbotlanmaydigan dalil; 7. Isbotlangan dalil; 8. Ilmiy dalil va boshqalar. Dalil
turlari voqelikdagi narsa va hodisalarning xarakteridan kelib chiqadi. Dalil
alohida-alohida olingan narsa va hodisalarni o‘zida aks ettiradi. Umumiy
dalil bo‘lishi mumkin emas. Dalil – konkret-aniqdir. Masalan, haqiqiy
dalilda ob’yekt to‘g‘risida to‘la tavsif mujassamdir. Bu tavsif haqiqatga zid
kelmasdan, balki qonun va qonuniyatlar asosida vujudga kelgan. Yolg‘on
dalil esa buning aksi bo‘lib, qonunlar va qonuniyatga mos emasdir. U faqat
insonning tafakkurida aks etadi, xolos. Yolg‘on dalillar shubhali bo‘lib,
ularni bir necha bor tekshirish, aniqlash talab etiladi. Yolg‘on dalillar inson
tomonidan nojo‘ya ish va faoliyatlarda ko‘proq foydalaniladi. Ammo,
yolg‘on dalillardan ham voz kechib bo‘lmaydi. Undan foydali tomonlarini
olib, hayotga tatbiq etish lozim. Masalan, shunday voqea va narsalar
bo‘ladiki, u to‘g‘risida (vaziyatga qarab) yolg‘on dalil aytishga to‘g‘ri keladi,
ya’ni ikkala qarama-qarshi tomonlarni moslashtirish, kelishtirish uchun
vaqtincha yolg‘on dalildan foydalanish mumkin.
Bu degani, albatta yolg‘on dalillar ilmiy ijodning asosi ekan, degan
xulosa kelib chiqmasligi kerak. Yoki to‘liq bo‘lmagan dalillar to‘g‘risida
so‘z yuritganda, izlanuvchi o‘z fikrining ilmiyligini isbotlash uchun
qo‘shimcha dalillar topishga harakat qiladi. Qo‘shimcha dalillar esa to‘liq
bo‘lmagan dalilni to‘liq dalil bo‘lgunicha ko‘maklashadi. Qo‘shimcha
dalillar ilmiy ijodda katta ahamiyatga egadir.
Ilmiy ijodda shunday dalillar borki, ularni qayta isbotlashga to‘g‘ri
keladi. Chunki davr o‘tishi bilan har qanday dalil qayta isbotlanishini talab
etadi. Bu holat ayniqsa, ilmiy kashfiyotlarda ko‘proq ko‘zga tashlanadi.
Isbotlangan dalillar ammaliyotda to‘g‘ridan-to‘g‘ri foydalaniladi.


117
Ilmiy ijod ilmiy dalillar negizida ish yuritadi, faoliyat ko‘rsatadi. Ilmiy
ijodda dalillarga erishish og‘ir va mashaqqatli mehnatni talab etadi. Vaqt va
sabrlilikni istaydi. Dalillarni qo‘lga kiritish bevosita va bilvosita bo‘lishi
mumkin. Ikkala jarayon ham zaruriy holatdir. Bevosita dalillarni qo‘lga
kiritishda narsa va hodisaning o‘z holati, taraqqiyoti, rivojlanishi kifoya
qiladi. Bilvosita dalillarni qo‘lga kiritish ma’lum shart-sharoitlar, qo‘shimcha
ashyolar, texnik vositalar, ko‘rgazmali qurollarni talab etadi. Izlanuvchi
ijodkor bunga ruhiy va amaliy jihatdan tayyor turishi kerak. Demak,
dalillarni qo‘lga kiritish sub’yektiv va ob’yektiv shart-sharoitlarga bog‘liqdir.
Dalil insonning bilim doirasini kengaytiradi. Bilim insonning ajralmas
qismidir.
Moddiy olam oddiy bilim osti bo‘lgan cheksiz, rang-barang narsa va
hodisalarning yig‘indisidan iboratdek bo‘lib ko‘rinadi. Ammo oddiy kuzatish
asosida hodisalarning mohiyatini bilish mumkin emas. Agar bilish oddiy
kuzatishdangina iborat bo‘lsa, u vaqtda biz hodisalarning qonun va
qonuniyatlarini aslo bila olmas edik. Shu sababli ham dalilning asosiy
vazifasi moddiy olamni bilishda ishtirok etib, u to‘g‘risida inkor etib
bo‘lmaydigan fikrlar tasdig‘ini berishdir. Olam va uning qonuniyatlarini
bilish osonlikcha kechmaydi. U haqiqiy ilmiy dalilni, ijodni talab etadi.
Olamni bilish g‘oyat murakkab jarayondir.
Dalillar farazlarni tahlil qilish uchun ham asosdir. Chunki farazlar hali
haqiqiy ilm emas. Farazlar ham bilishning ma’lum chegarasi bo‘lsa-da, inson
farazlarga asoslanib faoliyat ko‘rsatmaydi. Farazlarning haqiqiyligini
tekshirish, aniqlash dalillar yordamida amalga oshadi. Farazlarning
hayotiyligini tasdiqlash yoki inkor qilish voqelikning xarakteriga qarab
tajriba yoki kuzatish, modellashtirish, mantiqiy yondashishlar orqali amalga
oshiriladi. Har bir tadqiqot, ma’lumki, farazlarni o‘rtaga tashlash bilan
boshlanadi. Bu farazlar tadqiqot negizini tashkil etsa-da, dalilga muhtoj. Ana
shu dalil orqali tadqiqot natijasi ko‘rinadi. Ta’kidlash lozimki, nazariyalar
ham dalillar yordamida o‘rtaga qo‘yiladi va o‘z navbatida isbotlanadi.
Nazariyalar dalilsiz, dalillar nazariyasiz bo‘lishi mumkin emas. Aks holda
nazariyalar inson miyasidagi mulohazalardan iborat bo‘lib qolaveradi.


118

Yüklə 0,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə