Genetikadan masalalar to‘plami va ularni echish usullari



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə77/79
tarix13.10.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#127387
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79
Genetika masala ishlash usullari

256-masala. Insulin oqsilining A deb atalgan kichik zanjiri quyidagi aminokislotalar ketma-ketligi bilan tugallanadi: leysin – tirozin- asparagin – tirozin – sistein – asparagin. Oqsil zanjirida aminokislotalarning ketma-ketligini belgilovchi gendagi nukleotidlarning joylashish tartibi qanday bo‘ladi?


257-masala. Quyidagi aminokislotalar ketma-ketligini belgilovchi DNK molekulasining uchastkasi qanday nukleotidlar ketma-ketligiga ega?
- prolin – valin - arginin – prolin – leysin – valin – arginin.


258-masala. Genning ma’lum bir qismi quyidagicha tuzilishga ega:
S G G S G S T S A A A A T S G… Genning shu qismidagi axborot mos ravishda oqsilning qanday tuzilishini belgilaydi?


259-masala*. Gen tuzilishida ishtirok etuvchi nukleotidlardan to‘rtinchi nukleotid tushib qolsa, bu holat oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
G S S G S G A G U U U U A G S → G S S S G A G U U U U A G S
Masalaning echilishi:
Dastlab genning normal holatida oqsil sintezining bosh qismini ko‘rib chiqamiz:
i-RNK dagi G S S G S G A G U U U U A G S… nukleotidlar ketma-ketligi asosida oqsil zanjiridagi aminokislotalar ketma-ketligini aniqlaymiz:
alanin- alanin – serin – fenilalanin – serin-… Gen tarkibidagi to‘rtinchi nukleotid – guanin (G) tushib qolganidan keyingi genning tuzilish holati: G S S S G A G U U U U A G S…
alanin – arginin – valin – leysin …


260-masala. Oqsil molekulasida aminokislotalarning joylashish tartibini belgilovchi genning tarkibidagi to‘qqizinchi va o‘n ikkinchi nukleotidlar kimyoviy yo‘l bilan olib tashlansa, bu oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?
9 12
A S U A S G S A A A U A S G S → A S U A S G S A A U S G S


261-masala. DNK molekulasida kodlangan quyidagi nukleotidlar tartibidan iborat axborot oqsil molekulasidagi monomerlarning qanday tartibini belgilaydi?
T S T S S S A A A A A G A T A
Agar DNK molekulasi tarkibidagi beshinchi nukleotid tushirib qoldirilsa, u oqsil tuzilishiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   79




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə