Geodeziya fanidan oraliq nazorat savollari



Yüklə 38,5 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü38,5 Kb.
#136173
Geodeziya fanidan oraliq nazorat savollari


Geodeziya fanidan oraliq nazorat test savollari



  1. Geodeziya fanining asosiy vazifasi nimadan iborat?

  1. yerning shakli va o’lchamlarini aniqlash

  2. yerning ichki tuzilishini o’rganish

  3. kon jinslari tuzilishini o’rganish

  1. Suvlar sathi quruqlik(materik va orollar)ni kesib o’tishi orqali hosil qilinadigan yerning shakli nima deb ataladi?

  1. gidroid b)stereoid c)geoid

  1. Yer sirtidagi nuqta holatini qanday ko’rsatkichlar ifodalaydi?

  1. koordinata va balandlik

  2. absissa va ordinata

  3. meridian va ekvatorial radius

  1. Boshlang’ich deb qabul qilingan yo’nalishga nisbatan joydagi yo’nalishni aniqlash nima deb ataladi?

  1. proyeksiyalash

  2. oriyentirlash

  3. meridianlarning yaqinlashishi

  1. O’q meridianning yoki parallel bo’lgan chiziqning shimolidan soat strelkasi yo’nalishida oriyentiralayotgan yo’nalishgacha o’lchanadigan gorizontal burchak nima deb ataladi?

a) azimut
b) direktsion burchak
c) rumb
6. Geografik meridianning shimolidan shimolidan soat strelkasi yo’nalishida oriyentirlanayotgan yo’nalishgacha o’lchangan oriyentirlash burchagi nima deyiladi?
a) magnit azimut
b) haqiqiy azimut
c) rumb
7. Magnit meridianining shimolidan soat strelkasi yo’nalishida oriyentirlanayotgan yo’nalishgacha o’lchangan oriyentirlash burchagi nima deb ataladi?
a) rumb
b) haqiqiy azimut
c) magnit azimut
8. Azimutlar qanday qiymatlarni qabul qiladi?
a) 0 – 360 b) 90 – 360 c) 0 – 90
9. Rumb deb nimaga aytiladi va u qanday qiymatlarni qabul qiladi?
a) meridianning janubiy tomoni bilan chiziq yo’nalishi orasidagi burchak bo’lib, 0 dan 90 gacha
b) meridianning shimoliy va janubiy tomoni bilan chiziq yo’nalishi orasidagi burchak bo’lib, 0 dan 180 gacha
c) meridianning shimoliy va janubiy tomoni bilan chiziq yo’nalishi orasidagi burchak bo’lib, 0 dan 90 gacha
10. Koordinatalar sistemasidagi IV chorakda direktsion burchak va rumb orasidagi munosabatni belgilang.
a) α = 360 – r b) α = 180 – r c) α= r
11. Plan deb nimaga aytiladi?
a) yer sirtidagi tabiiy jarayonlar ta’sirida yuzaga kelgan notekisliklar yig’indisi
b) butun yer sirtining yoki uning ayrim katta qismining sferik yuzaga tushirilgan kartografik proyeksiyasini qog’ozdagi kichraytirilgan o’xshash tasviri
c) yer yuzasining kichik qismini tekislikdagi gorizontal proyeksiyasini qog’ozdagi kichraytirilgan o’xshash tasviri
12. Masshtab deb nimaga aytiladi?
a) uzunlikni kichraytirib yoki kattalashtirib ifodalash
b) yer sirtidagi tabiiy jarayonlar ta’sirida yuzaga kelgan notekisliklar yig’indisi
c) yer yuzasining kichik qismini tekislikdagi gorizontal proyeksiyasi
13. Masshtablarni qanday ko’rinishlarda ifodalash mumkin?
a) sonli, so’zli va grafik(chiziqli)
b) sonli va grafik
c) kasrli, chiziqli va grafik
14. Topografik kartalarni varaqlarga bo’lish, hamda bu varaqlarni belgilash, ya’ni ularga nom berish tizimi nima deb ataladi?
a) masshtab b) kolonna c) nomenklatura
15. O’lchash natijasiga qanday omillar ta’sir qiladi?
a) ijrochining malakasi, asbobning aniqlik darajasi
b) faqat ijrochining malakasi
c) ijrochining malakasi, asbobning aniqlik darajasi, o’lchash sharoiti, o’lchash metodikasi
16. Xato qanday formula orqali aniqlanadi?
a) ∆ = l – X b) ∆= l+X c) ∆= X – l
17. Joyda gorizontal burchak, vertikal burchak va masofa o’lchash imkoniyatiga ega bo’lgan geodezik asbob nima deb ataladi?
a) nivelir b) taxeometr c) teodolit
18. Joydagi ikki nuqta sathiy yuzalari orasidagi nisbiy balandlikni aniqlashga nima deyiladi?
a) nivelirlash b) planlashtirish c) oriyentirlash
19. Gorizontal vizir nuri orqali nuqtalar oralig’idagi nisbiy balandlikni aniqlash nivelirlashning qaysi usulida amalgam oshiriladi?
a) fizik b) geometrik c) trigonometrik
20. Karta va planda yuza aniqlashning qanday usullari bor?
a) analitik, grafik va mexanik
b) nivelirlash va teodolit syemkasi yordamida
c) grafik va mexanik


Geodeziya fanidan test savollari javoblari


1. a) yerning shakli va o’lchamlarini aniqlash
2. c) geoid
3. a) koordinata va balandlik
4. b) oriyentirlash
5. b) direktsion burchak
6. b) haqiqiy azimut
7. c) magnit azimut
8. a) 0 – 360
9. c) meridianning shimoliy va janubiy tomoni bilan chiziq yo’nalishi orasidagi burchak bo’lib, 0 dan 90 gacha
10. a) α = 360 – r
11. c) yer yuzasining kichik qismini tekislikdagi gorizontal proyeksiyasini qog’ozdagi kichraytirilgan o’xshash tasviri
12. a) uzunlikni kichraytirib yoki kattalashtirib ifodalash
13. a) sonli, so’zli va grafik(chiziqli)
14. c) nomenklatura
15. c) ijrochining malakasi, asbobning aniqlik darajasi, o’lchash sharoiti, o’lchash metodikasi
16. a) ∆ = l – X
17. c) teodolit
18. a) nivelirlash
19. b) geometrik
20. a) analitik, grafik va mexanik
Yüklə 38,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə