Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar reja : kirish


Biologiya-o‘simlik va hayvonlarning xayotiy xususiyatlarini muhit bilan bog‘lab o‘rgatsa, geografiya



Yüklə 94 Kb.
səhifə3/5
tarix13.06.2023
ölçüsü94 Kb.
#116973
1   2   3   4   5
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR

Biologiya-o‘simlik va hayvonlarning xayotiy xususiyatlarini muhit bilan bog‘lab o‘rgatsa, geografiya esa ularni hududda tarqalish sabablarda o‘rganadi.
Maktab geografiyasida tabiat zonalari, o‘simlik, tuproq, hayvonot dunyosining iqlimgi bog‘liq holda tarqalish qonuniyati o‘rganilsa, zoologiya darsida ayrim hayvonlarning qay tarzda yashashi va ovqatlanishiga bog‘liq organizm tuzilishi o‘rganiladi. Geografiyada mazkur hayvonning qayerda va qaysi sharoitda, qanday sababga ko‘ra shu yerda yashashi o‘rganiladi.
Geografiya materiallarini o‘zlashtirishda matematikada o‘tiladigan gradus burchaklarni o‘lchash, musbat va manfiy sonlar, foiz kabi tushunchalar katta yordam beradi. o‘quv yili oxirida o‘tiladigan “Geometrik yasash”, “Parallellik”, simmetriya, uchburchak yasash, umuman yuzalarni o‘lchashga oid mavzular geografiya darslarida uzunlikni aniqlash, yer yuzasi turli nuqtalari oralig‘ini o‘lchash, ko‘l, orol, dengiz yuzalarini hisoblash uchun zarur materiallar hisoblanadi. Matematikadan olingan bilimlarga tayangan holda mutlaq va nisbiy balandlik tushunchasi, ob-havoni kuzatish natijalarini hisoblash, havodagi suv bo‘g‘i to‘yinishi kabi tushunchalar oson o‘zlashtiriladi.
Ekologik mazmundagi masalalar yechishda raqamlar orqali o‘quvchilar mustaqil ravishda yangi axborot olib ekologik muammolarni mazmunini chuqur bilib olib, ularda qiziqish hosil bo‘ladi. Bu qiziqish hududning boyliklari, ularga yetkazilayotgan ziyonni aniqlashni, insonning tabiatga ta’siri oqibatlarini bilib olishga olib keladi. Keyinchalik esa bunday masalalardan geografiyaning barcha kurslarida, rolli o‘yinlar jarayonida ham foydalansa bo‘ladi.

Maktabda fizika fani bilan geografiya predmetini bog‘lab o‘qitishni taqozo qiladi. Maktab fizika kursining mazmuni, o‘qituvchiga, o‘quvchilarda dunyoning moddiyligi va undagi hodisalarning bir-biriga bog‘liq ekanligi, bu hodisalar qonuniyatlarini bilish mumkinligi va bu qonuniyatlarning amaliy faoliyatimizda ishlatilishi to‘g‘risida tasavvur hosil qilishga imkon beradi. fizika bo‘yicha bu qonuniyatlarning mohiyatini bilish, jumladan, atmosferada bo‘ladigan elektr hodisalarini, quyosh va oy tutilishlarini o‘rganish, o‘quvchilarga raketalarning uchishi to‘g‘risida kinofilmlarni ko‘rsatish, o‘quvchilarni ilmiy-ateistik ruhda tarbiyalashga aniq material bo‘ladi.


Geografiya o‘qituvchisining ona tili, rus tili va adabiyot, chet tili o‘qituvchilari bilan bog‘lanishlari, darsda mavzuga doir, darsning samaraliligini oshirishga doir o‘quvchilarga biron-bir narsa o‘qib berishi va ayrim hodisalarning badiiy tasviri bo‘lgan adabiy kitoblarni tanlab olishda katta imkoniyat tug‘diradi.
Yozuvsiz xarita ishlatilganda o‘quvchilar shahar va daryo, ko‘l, okean, dengiz va boshqalarning nomlarini topib yozadilar. Biroq, hunuk va noto‘g‘ri yozish hollari ham uchraydi. O‘qituvchi o‘quvchilarning hatolarini har tomonlama tekshirib, ogohlantirib baholashi kerak. Boshqa predmet o‘qituvchilari yagona orfografik rejimga itoat qilgan holda ish ko‘rishlari lozim.
Boshqa predmet o‘qituvchilari ham nazorat ish olganlarida o‘quvchining ishlaridagi imlo-hatolariga, jumlalarning tuzilishiga e’tibor bersalar, o‘quvchilarning savodxonliklari orta boradi. Maktabda yagona talaffuz va orfografik barqaror bo‘lishiga muvaffaq bo‘linadi.
Geografiya o‘qituvchisi geografik terminlarni-shaharlar, tog‘lar, daryolar, ko‘l va boshqalarni to‘g‘ri talaffuz etish va sinf doskasiga to‘g‘ri yozib ko‘rsatishda ona tili, rus tili va chet tili o‘qituvchilari bilan mustahkam aloqa bog‘lashi kerak. Shuningdek, rasm va chizmachilik o‘qituvchisi bilan ham aloqa bog‘lasa juda yaxshi bo‘ladi. Chunki rasm o‘qituvchisi o‘quvchilardan rasm va chizma ko‘nikmalarini, qalam va bo‘yoq ishlatish, chizma buyumlaridan foydalanish va boshqa shu kabi ko‘nikmalarni hosil qiladi. Bu albatta geografiya uchun ham zarur. Chunki o‘quvchilarga geografiya predmeti bilimlarini amalda mustahkamlashda yozuvsiz xaritalar ishlatiladi, ekskursiya vaqtida tabiat manzalarini rasmga tushirishga to‘g‘ri keladi.
Geografiya materiallarni o‘qitishda tarixiy masalalarga ham ko‘p duch kelamiz. Geografiya va tarixning o‘zaro bog‘lanishi alohida o‘rin tutadi. “Tarix va geografiya-opa-singildir”-degan edi mashhur geograf-metodist V.P. Budanov.
Tabiiy geografiya hodisalarining turg‘unlikda emas, asl mavjud narsadek emas, balki doimo o‘zgarib turadigan jarayonlar deb qarash kerak. O‘qituvchilar hozir yer yuzida mavjud narsalarning hammasi doimo hozirgidek turmaganligi va doimo shu xilda qolmasligini tushunib olishlari kerak. Geografiya predmeti tarixidan materiallarining o‘qitilishiga ancha katta yordam beradi. Ma’lumki, maktabda geografiya predmetining o‘qitilishi o‘quvchilarni xaritani tushunishga va bilishga o‘rgatadi. Busiz tarixiy bilimlarni puxta egallash mumkin emas. Bundan tashqari geografiya tarixni hozirgi hayot bilan bog‘laydi. Hozirgi zamon uchun tarixning muhimligini aniq misollarda ko‘rsatib beradi.
Bu haqda ko‘p yerlarni sayohat qilgan fransuz geografi Elize Rek (1830-1905) shunday degan edi: “Geografiya – bugungi kunning tarixidir, tarix esa o‘tgan kunning geografiyasidir”. Shunga ko‘ra geografiya va tarix o‘qituvchilari hamkorlikda ishlashlari maqsadga muvofiqdir.
Geografiya o‘rta maktabda o‘qitiladigan barcha predmetlarni bamisli bir-biriga bog‘lovchidir. Bu esa geografiya o‘qituvchisi zimmasiga ma’suliyatli vazifalarni yuklaydi. Shuningdek, geografiya predmeti materiallaridan olgan bilim va ko‘nikmalarni qaysi biri qachon va qaysi mavzuni o‘tishda boshqa predmet o‘qituvchiga yordam bera olishlarini ham yaxshi bilishi lozim. Aks holda geografiya o‘qituvchisi boshqa predmet materiallariga bog‘lagan holda tushuntira olmaydi. Geografiya darslarida predmetlararo aloqani majmuali ravishda amalga oshirishda noan’anaviy darslardan, an’anaviy darslarga nisbatan ko‘proq foydalanish muhimdir.



Yüklə 94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə