Geografiya ta’limida sinfdan tashqari ishlar reja : kirish


I.CH.I. PREDMETLARARO ALOQALAR



Yüklə 94 Kb.
səhifə4/5
tarix13.06.2023
ölçüsü94 Kb.
#116973
1   2   3   4   5
GEOGRAFIYA TA’LIMIDA SINFDAN TASHQARI ISHLAR

I.CH.I. PREDMETLARARO ALOQALAR

Boshlang‘ich


tabiiy geografiya

Materiklar va okeanlar


geografiyasi

Turkiston


tabiiy geografiyasi

О‘zbekiston


tabiiy geografiyasi

Tabiiy geografiya kurslarini orasidagi aloqalar

Tabiiy va iqtisodiy geografiya predmetlari orasidagi aloqalar



Iqtisodiy geografiya kurslarini orasidagi aloqalar

О‘zbekiston iqtisodiy va


ijtimoiy geografiyasi
Jahon iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasi

Geografiya ta`lim o`quvchilarda Yer haqidagi ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi, sotsial – iqtisodiy bilimlarni tarkib topdiradi, dunyo davlatlari va turli regionlardagi jamiyat va tabiatning o`zaro bog`liqligi, geografik ob`ekt jarayon va hodisalar haqidagi bilim va tushunchalar bilan qurollantiradi. Dunyo tabiiy manzarasi bilan bog`liq umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi bo`lgan geografik madaniyatni tarbiyalaydi.


Qayerda qanday geografik ob`ekt joylashgan, ular bir biriga nisbatan anday o`rinda ekanligini o`rganish orqali - har bir obn`ektning o`z atoqli oti , ob`ektning hususiyatini ifodalovchi hodisa va jarayonlarning maxsus geografik terminlardan iborat ekanligi va uning mohiyatini o`quvchi bilib oladi. Qayerda qanday joylashuv ob`ektning nomi mazmuni va terminlar ta`rifini bilish geografik bilim va geografik dunnyoqarash hisoblanadi. Shuning uchun ham “Maktab geografiyasini qayta qurishning ilmiy, uslubiy konsptsiyasi” ning ta`lim mazmuning majburiy menimumi bo`linadi.

  • geografiyaning nazariy asoslari

  • geografik tadqiqot me`todlari

  • tabiiy va iqtisodiy ob`ektlar

  • hodisa va jarayonlar

  • olamni idrok etishning moddiy va ma`naviy madaniyatga ifodalanishi

  • hudud geografik tavsifining tuzilishi kabi olti yo`nalish ko`rsatilgan bo`lib bulardan ; tabiiy va iqtisodiy ob`ektlarda toponimikani bilish , hodisa va jarayonlar bo`limida - geografik terminlarni o`rganish talab etiladi.geografik ob`ektlar nomi va joylashivini xaritadan ko`rsata olish, muayyan jarayon va hodisaning mohiyatini ifodalovchi terminning mazmunini ta`riflay olish – bu toonimika va geografik terminshunoslik mazmunidagi talimiy ishdir. Har qanday geografik nomni bilishda birinchi va asosiy vazifa ob`ektning shu xildagi ob`ektlardan alohida ajratilishi va nomlanishid namoyon bo`ladi. Obekt nomidan foydalanib og`zaki va yozma nutqda ushbu toponimning biror bir predmet yoki hodisa bilan bog`lash imkoniyati paydo bo`ladi. Nomlar ayni shu ob`ektning shu singari boshqa ob`ektlarga nibatan hududiy joylashishi boshqalari bilan hududiy bog`liqligi hamda geografik hodisa va jarayonlarni ob`ekt bilan bog`lasjga yordam beradi. Ta`lim mazmuning majburiy minemumida o`quvchilar egallashi shart bo`lgan ko`nikma va malakalar – ayta , (ko`rsata) olish , aniqlay (o`lchay) olish , tasvirlay olish tushuntira olish va bashorat qila olish kabi ko`rsatkichlar vositasida ifodalangan bular asosan ob`ektni xaritadan ko`rsata olish va uning hususiyatini tariflay olish toponimika va geografik terminlarni bilish bilan bog`liq ekanligi ko`pchilikka ayon. Nomning hududiy o`rnini belgilash natijasida yangi nomlar yasaladi. Chunonchi , Sibir – G`arbiy Sibir pasttekisligi O`rta sibir yassi tog`ligi shimoliy orollari, namlik hududiy doirasini aniqlash geologik geografik ifodalar, ilmiy atamalr yasash uchun qulaylik yaratadi. Baykal burmalanishi – perm davri , Toshkent geologik asri, Qo`qon shamoli Tyanshan sirtlari, Sibir tranklari Sibir antiksekloni Yenesiy Kryaji, Aldan qalqoni. Toponimlar ob`ektning o`rni ob`ektning turi turli tabiiy hodisa va jarayonlarni aniqlash maydonida voqiy bo`lishini ifodalashi bilan geografik ta`limda katta ahamiyat kasb etadi.

Toponimlar geografik ob`ektning joylanishi bilan birga uning turini, ob`ektning qanday hildagi tabiiy voqiylikka mansubligini ham bildiradi. Chunki qadimgi odamlar tabiat bilan yuzma yuz kelganda tabiatni tashkil etgan tarkibiy qismlarga ajratish ehtiyojini sezganlar, odamlarni o`rab turgan tabiatni qismlarga ajratish, har bir qismning hususiyatini aniqlash lozim bo`lgan, lekin ularda so`z boyligi yetishmagan shuning uchun suv, daryo dengiz, ko`l, va boshqa shu kabi oddiy so`zlar bilan ifodalab qo`ya qolganlar. Shu boisdan ham hozirgi toponimlar ichida – suv (Oqsuv, Qorasuv) - shu (Xeyshue) va (Obva, Lobva Vodva, Fin, Ugart tillarda - va – suv ) - don (ardon, sardon, nordon, razdon, ositikcha – don daryo) ko`plab uchraydi. Keyinchalik bu oddiy so`zlar bilan ifodalangan ob`ektlarni bir-biridan ajratish kerak bo`lgan, natijada bu so`zlar yoniga – oldiga – old qo`shimcha sifatida bu ob`ekt rangi, tezligini bildiruvchi sifatlar qo`shimchalar qo`shilgan, natijada Qizilsuv, Sarisuv, Sovuqsuv, Jilisuv, nomlari paydo bo`ladi. Shuni aytish kerakki geografik nomlarning paydo bo`lishi juda murakkab va uzoq davom etgan tarixiy jarayon. Shu tufayli ko`pgina gidronimlarni ularning paydo bo`lgan aniq tarixiy voqiyligi bilan gina to`g`ri tushuntirib berish mumkin. Darhaqiqat har bir geografik ob`ektning aniq o`ziga hosligini ifodalash uchun tashqi qiyofasi jihatdan inson tanasining azolari yoki tanish narsalarga shakllarnga o`xshashlikni bildiruvchi so`zlarni ayni shu ob`ektning shakliga muqova qilingan. Shu jihatdan olganda, daryolarimiz irmoqlari nomidagi “ko`l” so`zi harakterlidir. Geografik nomlar tarkibidagi og`iz (og`zi keng qishloq, yaylov, - Chiroqchi tumanida, Oq dahana – Qishloq _Qamashi tumanida) ko`z - (chashma – Hazorchashma tojikistonda) nomlarni ko`rsatish mumkin. Inson tanasining azolariga o`xshatib ataladigan geografik nomlar rus va boshqa xalq tillarida ko`pchilik Ob` gubasi (Ob daryosining qo`ltig`i,) qo`ltiq ko`rfazi O`lik qo`ltiq , Oqbosh tog`, Ural tog`i (Osiyo va Yevropani belbog` singari bog`lab turadigan tog`lar zanjiri ) Beltog` – (Hisor tog`ining tarmog`i) Qoraqo`l - (Qirg`izistondagi shahar – 1925-1992 yillarda Prijivalskiy deb atalgan) va boshqalar.
Oddiy sifatiy ma`nodagi so`zlarning geografik nomlarga aylanishi barcha xalqlarda uchraydi. Sahroi Kabir - arabchada Kata Sahro Gobi-mo`g`ilcha-suvsiz cho`l , Pereniy basklar tilida piren-tog`, Denepr irmog`i “Desna”ning nomi-o`ng irmoqi Ivanova viloyatidagi Shuya shahri daryochasi. Nomi-chap irmoq so`zlari ekanligini geograf bilishi lozim. shu misollar geografiya fani uchun nomning kelib chiqishi bilan birgalikda uning ma`nosini bilish ham katta ahamiyatga ega ekanligini ko`rsatadi. Odatda nomlar ma`nosini tahlil etish semantika deb ataladi. Geografik xususan hozirgi siyosiy va kundalik matbuotda yurtimizning geografik o`rniga nisbat berish Amudaryo bilan Sirdaryo oralig`i - ikki daryo orasidagi arabcha Movaraunnahr deb yuritiladi. Bu O`rta Asrda paydo bo`lgan nom arablar yurtiga nisbatan Amudaryoning orqasidagi yurt degan ma`noni anglatadi. Yevropacha kitoblarda transokseana - Oks orqasi- Amu orqasidagi yurt deb ham yuritiladi. aslidA Oks – O`qs – daryo, Amuning yunoncha nomi Movoraunnahrga qadar mahaliy xalqlar Vorajayhun yoki Vorozrut deb yuritganalri haqida ma`lumotlar yetarli.
Nomlarning lug`aviy ma`nosini bilish shu toponimning xususiyati va tarixi bilan bog`liq voqealiklarni bilish demakdir. Argentina davlatining poytaxti “Buenos- Ayres” - yaxshi havo manosida. 158 yilda ispanalr shaharga asos solib, xiristian dini avliyolari sharafiga - 29-may muqaddas uchlik kuni munosabati bilan “Ifattli Mariananing porti , uchlik avliyo shahri, yaxshi havoli shahar” deb atalganki, bu nomdan faqat “Yaxshi havo ” - Buenos – Ayres qolgan Urugvay davlatining poytaxti-Montivedio shahrining nomlanishi quyidagicha: dastlabki paytlarda ispan kortograflari tog`larni raqamlar bilan belgilangan “Tog` – monte ” ning joylanishiga qarab g`arbiy yoki sharqiy tog` deb xaritaga tushirilgan .1720 –yilda partuganlar bu yerda qo`rg`on barpo etib –joylashgan o`rniga ko`ra –garbdan oltinchi tog` –Monte- ve –rim raqami VI olti . Montevedio nomi bilan atalgan. Yokidunyodagi eng aholi ko`p Xitoy Xalq Respublikasininig poutaxti nomi –Pekin Beyetsizin –Shimoliy poytaxt manosidagi bo`lsa ,Osi yodagi eng rivojlangan davlat Yaponi poytaxti -Tokio so`zi `”Sharqiy poytaxt”demakdir .1457-yilda hozirgi imperatorsaroyi o`rni Ota Dokan degan kishi qasir qurib ,uni Edo deb ataganki ,bu so`z”daryo mansabi” demakdir . 1590-yilda imperator lashkarboshisi Edoni egallaydi. 1603- yilda esa Iyeyasu hokmiyatni qo`lga olishi bilan Edi Yaponiyaning amaldagi poytaxtiga aylandi .Shu davrdan boshlab shahar norasmiy oytaxt vazifasini o`taydi .1868-yilda imperator Mutsixito davlatning poytaxtini Kiotodan (G`arbiy poytaxt) Edoga ko`chirib ,uning nomini Sharqi poytaxt -Tokioga aylantirdi .
Avstraliya –Janubiy yer , Grenlandiya-Yashil yer ,Islandiya-Muzloq yer, Missisipi-Katta suv ,Himolay-qorlar makoni, Qoraqurum –qorsiz o`rmonsiz tog` va hakozo nomlarning ma`nosini bilish geogra f uchun kasbiy burch . Ammo har bir darsda muallim ,domla hech bo`lmasa 25-50 georafik nomni ishlatadi ,bu tomonimlarni eng muhimlarini ,diqqatga sazovorlarini bilish dars samaradorligi uchun nihoyatda muhi m . Nomning manosi va geografik o`rni-bular geografiya darsiga qo`yiladigan odatiy talablar , oddiy talab esa geografiyaning geografiya ekanligini ,uning qiziqarli va ommabopligini ta`minlaydi .Geografik nomlarning imlosi ,ya`ni transkriptsiyasi –to`g`ri yozilishi o`quvchi savodxonligi uchungina emas ,geografiya bilan til predmetlarining o`zaro a`loqasi uchun zarur .Ona tilimizdagi ko`pchilik nomlarni ,albatta , o`q uvchi yozadi ,ammo qo`shaloq so`z bo`lsa – Mingbuloq ,Qatortol bo`lsa ,birga yozilishi yoki ayrim yozilishi o`zlashtirish katta ahamiyatga ega . Bunda o`zbek tilining qoidalari talabidan kelib chiqib , alohida ma`no bersa – (Yangi zelandiyiya ) ayri –ayri qo`shimcha ma`no bersa (Yangi arim )qo`shilib yozilishini bilish muhim masala hisoblandi . Shuni ham aytish kerakki , kalka –tarjima nomlarni bilish –geografikn ta`limningyetakchi masalasi . Shimoliy Muz okeani ,Olovli yer orollari ,Yashil burun orollari ,Birlashgan Arab Amirliklari kabi minglab nomlar tarjimada beriladi .Yaponiyaning – “Quyosh chiqar mamlakat ”,Vensuella – Kichkina Vensuiya , Ulan – Ude –Ude daryosidagi qizi shahar ,Kolorada – bo`lgan daryo , Rio –negru -Qoradaryo va boshqa shunga o`xshash nomzod tarjima qijinmaydi .
Ayniv vaqtda bir ob`ekt nomi boshqasiga ko`chirilishi haqida ham bilish – ham ma`noni bilish ,ham imloni bilishga yordam beradi . O`zbekistondagi uchta viloytat nomi daryodan o`tgan (Qashqadaryo , Surxondaryo , Sirdaryo ) to`qqistasining nomi shaharlar otidan o`tganligini ta`kidlash lozim . Jazoyer , Tunis ,Lyuksimburg ,Gvatimala kabi davlatlar nomi shahar ismi bilan atalsa ,Paragvay ,Kongo , Negir ,Sinegal ,daryolari nomi mamlakat nomiga aylangan . Xyddi shunday nomlar dengizning davlat ,oqim , okean qari nomiga o`tganligiga misolar ko`pchilik .
Geografik ta`lim va toponimikada eng nozik masalalardan biri , an`anaviy nomlar bo`lib , bunday nomlarni shu davlat xalqi tushunmaydi .Chunki –Albaniya o`z xalqida Germaniya –Doychland ,Finlandiya -Suomi , Parij –Pari ,Vena-Ven , Oltin shox buxtasi –Xalich va hokozo . Toponimlar va geografik atamalar haqidagi ta`limot –geografiya fanlarini bilish bilan qo`shilib ,o`qituvchi na o`quvchini Yer sayyoramizning obektlari va tabiatini koz oldimizda gavdalantirishning zaruri talabi deb qaramoq lozim .
Geografiya talimi jarayonida geografiyani qiziqarli tomonini oshirish uchun ta`riflanayotgan atama termin va nomlarning ma`no mazmuni va kelib chiqishini bilishga intilish buni imkoni boricha o`qituvchi o`quvchiga yetkazish muhim ahamiyat kasb etadi . Shu fikrlar nuqtai nazaridan o`z o`lkasining tarixi , tabiati ,boyliklarini o`rganadigan ekskursiyalar tashkil etish ,tugarak ishini joylashtirish kabi sinfdan va maktabdan tashqari muhim ahamiyatga egaki bu tadbirlar DTS da vao`quv dasturlarida ko`zda tutilgan .
Qasqadaryo , Qarshi , Shahrisabz va boshqa toponimlarni
chuqurroq o`rganish talab etiladi .Bu yerda biz “Qashqadqryo “ nomining etimologiyasi ,Qashqadaryoning viloyat sifatidagi tabiiy va iqtisqdiy izohini keltirish bilan chegaralanamiz.
Bu borada o`lkaning toponimlarining tabiat bilan jamiyat haqidagi bilim maqsadini va axborot berishga qaratilgan. Faslni amalga oshirishni ta`lim etadi deyish mumkin. Avvalo o`z o`lkasining qolaversa faqat darslarda emas har kuni ommaviy axborot vositalarida eshitiladigan geografik nomlarning ma`nosini va atalish sababini bilish bugungi axobrotning tezkorligi davrning talabi hamdir. Ayni paytda o`zi yashab turgan o`lka o`zi mansub bo`lgan xalq o`tmishi va qadryatlarini hurmat qili sh, avlod ajdodlarning orzu-umidlari mujassam bo`lgan nomlar vatan tarixining bir bo`lagi bo`lganidan xalqning topqirligi va donishmandligini ko`rsatadigan geografik nomalar vatanga iftixor tuyg`ularini tarbiyalaydi. Muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. Jahon hamjamiyatida ma`lumki A.Q.Sh lari Rossiya fidratsiyasi Yaponiya Xitoy va boshqa eng katta davlatlar bugungi kunda O`zbekiston o`zlariga strategig hamkor deb biladilar. Ana shu kelajagi buyuk o`zbekistonning neft va gazning 90% ni berayotgan g`alla va paxta kabi asosiy qishloq xo`jalik mahsuloti etishtirishda viloyatlar orasida birinchi o`rinda turgan. Qashqadaryo viloyatining nomi Yunesko va O`zbekiston hukumatining qarori bilan 2700 yilligi nishonlanayotgan viloyat Qarshi shahrining atalish tarixini va ma`nosini bilmaslik Qashqadaryolikman degan fuqaro uchun ham qarz ham farzdir.



Yüklə 94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə