Mavzu: kompyuter tizimli blokini qismlarga ajratish, tizimli blokiga texnik xizmat ko‘rsatish. Ishning maqsadi



Yüklə 1,73 Mb.
səhifə1/5
tarix29.11.2023
ölçüsü1,73 Mb.
#140517
  1   2   3   4   5
2-Laboratoriya


MAVZU: KOMPYUTER TIZIMLI BLOKINI QISMLARGA AJRATISH, TIZIMLI BLOKIGA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH.


Ishning maqsadi: Sistema bloki kompenentlarini o‘rganish haqida umumiy tushunchaga ega boʻlish. Tizimli blokni qismlarga ajratib, ularga texnik xizmat ko‘rsatish.
Dars jihozi: sistema bloki, video adapter, tarmoq kartasi, ona plata, qattiq disk, floppy disk disklari, interfeys kabellari va boshqalar;
Kutilayotgan natija: Mavzu yuzasidan bilim, koʻnikma va malakaga ega boʻladi.
Nazariy qism: NAZARIY QISM
Kompyuterlarni ishlab chiqarish ochiq arxitektura prinsipiga asoslangan bo‘lib, ular ichki va tashqi qurilmalardan tashkil topgan. Misol tariqasida ba’zilari bilan qisqacha tanishib chiqamiz.
Mother Board – asosiy plata bo‘lib, barcha ichki qurilmalar shu plata yordamida bir-biri bilan bog‘langan.
Monitor – sistemalar bloki ichida bajarilayotgan topshiriqlarni bajarilish jarayonini inson tomonidan bevosita kuzatib borish uchun xizmat qiladi.
Klaviatura – Belgilarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi.
Mikroprotsessor – kompyuter ishlashini ta’minlaydigan va kompyuter qurilmalari ishini boshqaradigan qurilma. U kompyuterning ishlash tezligini aniqlaydi. Hozirgi kunda kompyuterlar uchun bir nechta firmalar mikroprotsessorlar ishlab chiqarmoqda. Ulardan INTEL, CYRIX, RISK, AMDlarni sanab o‘tishimiz mumkin.
Operativ xotira – mikroprotsessor va tashqi xotira o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi va ularni qayta ishlashini muvofiqlashtiruvchi xotira yacheykalaridir.
Tashqi xotira – ma’lumotlar saqlanadigan maxsus qirilmalardir. Ulardan biri qattiq disk yoki vinchestrdir. Qattiq disk yoki vinchestr hajm va ma’lumotlar almashinuvi tezliklari bilan farqlanadi.
Printer – bu kompyuterdagi ma’lumotlarni qog‘ozga chop etuvchi qurilma. Ular matn, tasvir, jadval, sxema yoki diagrammalar bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda zarbli, lazerli va siyohli printerlar mavjud. Lazerli va siyohli printerlarning oq-qora va rangli turlari mavjud.
Skaner – qog‘ozdagi matnli yoki tasvirli ma’lumotlarni kompyuterga kiritish uchun xizmat qiladi. Skanerlar hajmi, ishlash sifati va tezligi bilan farqlanadi.
Faks-modem – telefon tarmog‘i orqali tashqi tarmoqdagi boshqa kompyuter bilan ma’lumot almashinuvni ta’minlaydi. Ichki va tashqi faks modemlar mavjud. Faks modemlar ma’lumotlarni uzatish tezligi va sifati bilan farqlanadi.
Tarmoq kartochkasi – kompyuterlarni LXTga ulash imkonini beruvchi maxsus qurilma. LXT bir necha kompyuterni birlashtiradi va ularda o‘zaro ma’lumot almashish imkonini beradi.
HUB – tarmoqdagi kompyuterlarni bog‘lash uchun xizmat qiladigan maxsus qurilma. Ularning 10 Mbit|s, 10|100 Mbit|s va 100M bit|s tezlikka ega bo‘lgan turlari mavjud.
Kompyuter tuzilishiga ko‘ra 3 turga bo‘linadi. Stol kompyuterlari - PI, PII, PIII. PIV, Duron, Atlon, Atlon XP va hokazo, Noutbuklar – PI, PII, PIII, PIV, P Celeron va cho‘ntak kompyuterlari.
Kompyuter va uning qurilmalarining ish tartibi maxsus dasturiy ta’minotlar bilan amalga oshadi. Bu dasturlar dasturchilar tomonidan yaratiladi. Ular kompyuterning dasturiy ta’minoti deb ataladi. Ular 3 turga bo‘linadi.
Operatsion tizim, amaliy dasturlar va dasturlash tillari.
 Operatsion tizim kompyuter va inson o‘rtasidagi muloqotni ta’minlaydi. Bizda asosan quyidagi operatsion tizimlar keng tarqalgan. Windows 95, 98, 2000, XP, NT, Lunix, Unix, OS|2 va boshqalar.
 Iqtisodiyotning biror bir sohasini avtomatlashtirish va foydalanuvchilar bajarishi lozim bo‘lgan ishlarni osonlashtirish yo‘lida tuzilgan dasturlar amaliy dasturlar deyiladi.
 Dasturlash tillaridan dasturchilar har xil amaliy dasturlar tuzishda foydalanadi. Ular Clipper, Delphi, Clarion, Visual Basic va boshqalardir.
Kompyuterning muhim tugunlaridan biri onaplata (motherboard), asosiy, yoki bosh (main board) plata deb ataluvchi tizimli platadir (system board). Bu tizimli platalarning turlari va tarkibiy qismlari o‘rganiladi. Tizimli platalar bir necha variantda ishlab chiqariladi. Ular o‘lchamlari, yoki formfaktorlari orqali farqlanadi. Tizimli plataning formfaktori, u o‘rnatiladigan korpusni aniqlaydi. Quyida tizimli platalar asosiy formfaktorlari keltirilgan.



Yüklə 1,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə