Vazifalari. Asosiy savollar: Matematika o‘qitish uslubiyati fani mazmuni, maqsad va vazifalari. Dts talablari va matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 33,05 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü33,05 Kb.
#142769
  1   2   3   4   5   6
1-MAVZU

Mavzu -1: Matematika o‘qitish uslubiyati fani mazmuni, maqsad va


vazifalari.

Asosiy savollar:


  1. Matematika o‘qitish uslubiyati fani mazmuni, maqsad va vazifalari.

  2. DTS talablari va matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar.



Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar: matematika, matematika o‘qitish uslubiyati, davlat ta’lim standarti, o‘quv dasturi, o‘quv rejasi.


  1. asosiy savolning bayoni:





  1. Matematika - fan va o‘quv predmeti sifatida.

“Matematika” so‘zi grekcha “bilish, fan” so‘zidan olingan bo‘lib, bizga qadimgi Yunonistondan yetib kelgan. Bu fan o‘z rivojlanish davri mobaynida quyidagi davrlarni bosib o‘tgan:

  1. Matematikaning paydo bo‘lish davri - amaliy hisoblashlar va o‘lchashlar, son va figura tushunchalari shakllanishi bilan belgilanadi. Bu davrda arifmetika va geometriya kabi matematikaning bo‘limlari o‘z boshlang‘ich asoslariga ega bo‘ldi.

  2. O‘zgarmas miqdorlar davri – eramizgacha VI-V asrlardan boshlanib, bu davrda matematika fani tadqiqot tushunchalariga (son va shakl), usullariga ega bo‘lgan mustaqil fan sifatida shakllandi Bu davrda matematikaning yangi sohasi – algebra fani paydo bo‘ldi va rivojlandi.

Bunda buyuk vatandoshlarimiz Muhammad Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy , Umar Hayyom, Abu Ali Ibn Sino , Ulug‘bek , Al-Farg‘oniylarning xizmati katta bo‘lgan.

  1. O‘zgaruvchi miqdorlar davri XVII asrdan boshlanib XIX asr birinchi yarmigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, matematikaning tadbiq qilish sohalari ko‘paydi, funksiya va u bilan bog‘liq, uzluksizlik va harakat g‘oyalari asosiy o‘rinni egalladi. Matematik analiz tarkib topdi va takomillashtirildi.

  2. O‘zgaruvchi munosabatlar davrida abstrakt nazariyalar, matematik tuzilmalarning roli oshdi va modellashtirish usuli keng qo‘llanila boshlandi. Bu davr XIX asr ikkinchi yarmidan boshlanib to hozirgacha bo‘lgan davrni qamrab olib, fanda algebraik strukturalar, yangi nazariya va yo‘nalishlarning paydo bo‘lishi va rivojlantirilishi bilan xarakterlanadi. Hozirgi paytda matematika yanada taraqqiy etib, turli nazariy kashfiyotlar bilan birgalikda uning amaliy tadbiqlari ko‘payib bormoqda.

Matematika fan sifatida ham, o‘quv predmeti sifatida ham yosh avlodga o‘rgatilishi talab etiladi. Bunga sabablar quyidagilar:
Matematika fan sifatida: moddiy borliqning fazoviy va miqdoriy
munosabatlarini aks ettiruvchi qonunlarni to‘la va chuqur o‘rganish, targ‘ib etishni talab etadi; o‘rganilayotgan qonuniyatlarning qanday mazmunga egaligi va ularning qanday usul bilan asoslanganligi rivojlanish darajasi bilan hisoblashmaydi; unda tadqiqotchining shaxsiy fazilatlari, u yoki bu matematik qonunning qanday kashf etilganligi muhim emas; matematika fani ma’lum tizimda yaratiladi va rivojlanadi, u bir –biriga bog‘liq qat’iy ketma–ket keluvchi qonunlarni ochib beradi. fanda asosiy tushunchalar, qabul qilingan aksiomalar uning boshlangich asosi bo‘lib hisoblanadi.
Matematika o‘quv predmeti sifatida: o‘quvchilarga matematikadan bilim, ko‘nikma va malakalar beriladi; matematik bilimlar berishda o‘quvchilar yosh xususiyatlari hisobga olinadi; yangi matematik tushuncha yoki qonun kiritishga yondashish muhim ahamiyatga ega va shu asosda uni bayon etish usuli tanlanadi; abstrakt tushunchalar izohlar va misollar bilan beriladi; o‘qitishda takrorlash ham amalga oshiriladi; o‘quv predmeti fan tizimini qisqartirishi va buzishi mumkin emas.

  1. Yüklə 33,05 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə