Vazifalari. Asosiy savollar: Matematika o‘qitish uslubiyati fani mazmuni, maqsad va vazifalari. Dts talablari va matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar



Yüklə 33,05 Kb.
səhifə5/6
tarix29.11.2023
ölçüsü33,05 Kb.
#142769
1   2   3   4   5   6
1-MAVZU

Matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar.


Jamiyatimizda muhim o‘rinni «Matematika va informatika o‘qitish metodikasi» fani egallamokda. Matematika va informatika o‘qitish metodikasi quyidagicha belgilanadi: Matematika o‘qitish uslubiyati fani o‘z oldida turgan vazifalar ko‘lamiga ko‘ra boshqa fanlar bilan uzviy aloqada. Avvalo matematikaning o‘zi bilan mustahkam bog‘liq bo‘lib, shu asosda o‘qitishning mazmuni va usullari takomillashib boradi.
Matematika boshqa o‘quv fanlari bilan uzviy aloqada. Ayniqsa fizika, astronomiya, biologiya, chizmachilik, kimyo va hokazo fanlar bilan bunday bog‘lanishlarga ega, bu aloqalar predmetlararo aloqalar deyiladi. Matematika o‘qitishda bu aloqalar hisobga olinishi zarur. Har bir matematik tushunchani o‘rganishda boshqa fanlardagi bunga mos tushunchalar va bilimlar muvofiq ravishda o‘rgatish talab etiladi.
Masalan, tenglamalarni o‘rganishda fizik tushunchalar: harakat,
issiqlik va boshqa hodisalarni ifodalovchi tenglamalar ma’nosini bayon etish va ularga doir matnli masalalarni yechish mumkin, yoki funksiyalarni o‘rganishda ham turli fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni tavsiflovchi funksiyalarga misollar keltirish va ularning grafiklarini yasash va tekshirishni amalga oshirish mumkin.
Matematika boshqa predmetlar bilan birga ichki aloqalarga ega, ya’ni geometriya va algebra orasida ham aloqalar mavjud. Bunday aloqalarni, masalan, geometriya masalalarini yechishda algebraik usullarni qo‘llash va aksincha, geometrik usullar yordamida algebraik masalalarni hal qilish mumkin. Algebrani o‘qitishda gemetriya bilan uzviylikni geometrik tasvir va usullardan foydalanishda ko‘rish mumkin. Masalan, funksiya grafiklarni siljitishlarda, funksiyalar xossalarini keltirib chiqarishda geometrik usullarni qo‘llash ichki predmetlararoaloqalarni o‘rnatish uchun imkon beradi. Matematika o‘qitish uslubiyati pedagogik fan bo‘lganligi uchun tabiiy ravishda pedagogika fani yutuqlariga tayanadi. Bundan tashkari u psixologiya qonuniyatlari asosida matematika o‘qitish konuniyatlarini ochib beradi, chunki ta’lim jarayonida o‘quvchilarning ma’lum guruhi(sinf) va hatto ayrim o‘quvchilar xususiyatlariga e’tibor berish, ularning qiziqish va diqqat- e’tiborlari, xotiralarini hisobga olish, o‘zlashtirish bosqichlari, aql, xulqi
xususiyatlari va h.k.larni hisobga olish talab etiladi.
Maktabda matematika o‘qitish uslubiyati mantiqqa ham tayanadi.Bunga sabab bir tomondan matematika o‘qitish bir vaqtning o‘zida mantiqiy matematik tilga o‘rgatish hisoblansa, ikkinchi tomondan, fan sifatida matematikaning o‘zi mantiq qonunlari asosida qurilgan.
Maktabda matematika o‘qitishda asosiy narsa o‘qituvchining pedagogik mahorati bo‘lib, u hech qanday ta’rif va tavsifga muhtoj emas, chunki bu san’atdir. San’atni o‘rganish lozim, san’atni egallash kerak.
Bu kursni o‘rganib chiqayotgan talaba son haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi o‘rnini ko‘rsatish; hisoblashning amaliy ko‘nikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish; algebraik amallarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi masalalarni yechishda qo‘llash; elementar funksiyalarning xossalari, grafiklarini o‘rganish va ularni tabiatdagi mavjud munosabatlarni tahlil qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish; planimetriyaning usullari va asosiy ma’lumotlarini o‘zlashtirish; o‘rganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va tabiatda ro‘y berayotgan hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini o‘rganishda bu xossalarning amaliyot masalalarini yechishga tadbiq qilish ko‘nikmalarini shakllantirishi lozim.

Yüklə 33,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə