Vazifalari. Asosiy savollar: Matematika o‘qitish uslubiyati fani mazmuni, maqsad va vazifalari. Dts talablari va matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


Maktabda matematika o‘qitishning mazmuni va vazifalari



Yüklə 33,05 Kb.
səhifə3/6
tarix29.11.2023
ölçüsü33,05 Kb.
#142769
1   2   3   4   5   6
1-MAVZU

Maktabda matematika o‘qitishning mazmuni va vazifalari


Maktabda matematika o‘qitishning asosiy maqsadlari quyidagilar:
umumta’lim, tarbiyaviy va amaliy maqsadlar.
Umumta’lim maqsadlari: o‘quvchilarga ma’lum matematik bilim, ko‘nikma va malakalar sistemasini berish; o‘quvchilarga olamni o‘rganishning matematik usullarini egallashlariga yordam berish; o‘quvchilarni og‘zaki va yozma matematik nutqqa o‘rgatish; o‘quvchilarning ta’lim jarayonida va o‘z ustida ishlashlarida faol bilish faoliyatini oshirish uchun zarur bilim, ko‘nikma va malakalar bilan qurollanishga hamda qo‘llashlari uchun yetarli matematik ma’lumotlarni olishiga erishish.
Tarbiyaviy maqsadlari: matematika faniga bo‘lgan turg‘un qiziqishni tarbiyalash; o‘quvchilarni axloqiy, ma’naviy-ma’rifiy, iqtisodiy, estetik va ekologik tarbiyalash( masalan, mehnatga hurmat, burch hissi, go‘zallik, ziyraklik, iroda va chidamlilik va h.k. xislatlarni tarbiyalash); o‘quvchilarning matematik tafakkur va qobiliyatlarini rivojlantirish, ularda matematik madaniyatni shakllantirishdan iborat.
Amaliy maqsadlari: olingan bilimlarni oddiy hayotiy masalalarni yechishga, boshqa o‘quv fanlarni o‘rganishda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish; matematik asboblar va jihozlardan foydalana olishga o‘rgatish; bilimlarni mustaqil egallay olish ko‘nikmalarini tarkib toptirish.
Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 5-9-sinflari uchun
matematikadan davlat ta’lim standarti ( Ta’lim taraqqiyoti. 4-maxsus
son.-T:Sharq, 1999 y.-101-170-b.) maktabda o‘quvchilarga matematikani o‘qitishdan ko‘zda tutilgan maqsadlarni quyidagicha belgilaydi:

  • o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirib borib, matematik tushuncha va munosabatlarni ular tomonidan ongli o‘zlashtirilishida hamda hayotga tadbiq eta olishiga intilish;

  • o‘quvchilarda izchil mantiqiy fikrlashni shakllantirib borish natijasida ularning aql-zakovat rivojiga, tabiat va jamiyatdagi muammolarni hal etishning maqbul yo‘llarini topa olishlariga ko‘maklashish;

  • insoniyat kamoloti, hayotning rivoji, texnika va texnologiyaning takomillashib borishi asosida fanlarning o‘qitilishiga bo‘lgan talablarni hisobga olgan holda maktab matematika kursini ularning zamonaviy rivoji bilan uyg‘unlashtirish;

  • vatanparvarlik, milliy g‘ururni tarkib toptirish, rivojlantirish, matematika rivojiga komusiy olimlarimiz qo‘shgan ulkan hissalaridan o‘quvchilarni xabardor qilish;

  • jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini his qilgan holda umuminsoniy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida matematika to‘g‘risidagi tasavvurlarni shakllantrish;

  • o‘quv jarayonini demokratiyalashtirish, gumanitarlashtirishga eri-shish. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida matematik ta’limning vazifalari kuyidagilar: son haqidagi tasavvurlarni rivojlantirish va hisoblashning inson tajribasidagi o‘rnini ko‘rsatish; hisoblashning amaliy ko‘nikmalarini va hisoblash madaniyatini shakllantirish; algebraik amallarni bajarish ko‘nikmalarini shakllantirish va ularning matematika va boshka sohadagi masalalarni yechishda qo‘llash; elementar funksiyalarning xossalari, grafiklarini o‘rganish va ularni tabiatdagi mavjud munosabatlarni tahlil qilish hamda ularni bayon qilishda foydalanish; planimetriyaning usullari va asosiy ma’lumotlarini o‘zlashtirish; o‘rganilayotgan tushuncha va uslublar hayotda va tabiatda ro‘y berayotgan hodisalarni matematik modellashtirish vositasi ekanligi to‘g‘risida tasavvurlarni shakllantirish; fazoviy jismlarning xossalarini o‘rganishda bu xossalarning amaliyot masalalarini

yechishga tadbiq qilish ko‘nikmalarini shakllantirish.



  1. Yüklə 33,05 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə