Vazifalari. Asosiy savollar: Matematika o‘qitish uslubiyati fani mazmuni, maqsad va vazifalari. Dts talablari va matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar. Mavzuga oid tayanch tushuncha va iboralar


asosiy savol: Davlat ta’lim standarti, matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar



Yüklə 33,05 Kb.
səhifə4/6
tarix29.11.2023
ölçüsü33,05 Kb.
#142769
1   2   3   4   5   6
1-MAVZU

asosiy savol: Davlat ta’lim standarti, matematika o‘qitishda predmetlararo aloqalar.




2-asosiy savol bo‘yicha darsning maqsadi: Matematika o‘qitishda DTS va predmetlararo aloqalar to‘g‘risida ma’lumotlar berish.

2-asosiy savolning bayoni:


Davlat ta’lim standarti(DTS): matematikadan ta’lim mazmunining majburiy hajmini; o‘quvchilarning yosh xususiyatlari va imkoniyatlarini hisobga olgan holda tanlanadigan o‘quv yuklamasining yuqori miqdoridagi hajmini; asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va
malakalariga qo‘yiladigan talablar va ularni baholash me’yorlarini belgilaydi.
Yosh avlodga hozirgi zamon fani yangiliklarini, uning murakkab qirralarini o‘rgatish bilan bir qatorda o‘tmish merosimizni o‘rganishga imkoniyat tug‘dirilishi lozim. Al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ahmad Farg‘oniy, Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Abul Vafo Buzjoniy, Fiyosiddin al-Koshiy, Umar Hayyom, Nasriddin At-Tusiy, Mirzo Ulug‘beklarning va hozirgi zamon mashhur o‘zbek matematiklarining matematika faniga qo‘shgan hissalari haqida tushuncha berish maqsadga muvofiq.
Matematik ta’limning asosiy yunalishlari: son va hisoblashlar; ifodalarni ayniy shakl almashtirishlar; tenglamalar va tengsizliklar; funksiyalar va grafiklar; geometrik shakllar va kattaliklar.
Bu yo‘nalishlar bo‘yicha standartda majburiy minimum belgilangan.
O‘quvchilarning matematik tayyorgarligiga qo‘yiladigan talablarda:
a) matematik ta’lim jarayonida o‘quvchilarga beriladigan imkoniyatlar bayon etiladi; b)o‘quvchilarning matematikadan egallashlari majbur bo‘lgan bilim va malakalar, masalalar yechish ko‘nikmalari ko‘rsatiladi.
Shunday kilib, maktabda matematika o‘qitish mazmuni va uni o‘qitishni tashkil etish bo‘yicha me’riy xujjatlarga DTS , o‘quv rejasi va dastur kiradi. Ular matematika o‘qitish mazmunini aniqlashni ta’minlaydi; har bir sinf o‘quvchisi egallashi lozim bo‘lgan ko‘nikma va malakalar hajmini belgilaydi; dasturning maktabda o‘qitish asosiy maqsadlariga mos kelishini va o‘quvchilar matematik tayyorgarligini ta’minlashi uchun yetarliligini aniqlab beradi.

Yüklə 33,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə