Hisoboti fizika-matematika fakultetida bahorning mart oyida ko`plab tadbirlar bo`lib o`tdi. Bilamizki bahor fasli ayniqsa mart oyi bayramlarga boydir. Hamma talabalar yuqori bahoriy kayfiyatda ekan. Yaqinda Navro`z bayrami



Yüklə 28,99 Kb.
səhifə1/2
tarix22.03.2024
ölçüsü28,99 Kb.
#180125
  1   2
AXBOROT SOATLARI


Nizomiy nomidagi TDPU Fizika-matematika fakulteti talabalari bilan o’tkazilgan axborot soati ma’naviy-ma’rifiy ishlar yuzasidan
HISOBOTI
Fizika-matematika fakultetida bahorning mart oyida ko`plab tadbirlar bo`lib o`tdi. Bilamizki bahor fasli ayniqsa mart oyi bayramlarga boydir. Hamma talabalar yuqori bahoriy kayfiyatda ekan. Yaqinda Navro`z bayrami. Shu munosabat bilan 1-kurs magistr talabalari Matematika va informatika yo`nalishining 2-bosqich talabalari bilan “BAHORIY BAYRAMLAR VA NAVRO‘Z” ULUG‘VORLIGI! nomli axborot soati o`tkazdik. Talabalar Navzo`z va milliy qadiriyatlarimiz haqida davra suhbati olib borildi. Dastlab magistrlar tomonidan Bahoriy bayramlar va Navro`zi olama haqida taqdimot qilib berildi. So`ngra talabalar tayyorlagan milliy liboslar ko`rgazmasi bo`lib o`tdi.

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: I.Qurbonnazarov



Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat Pedagogika Unversiteti Fizika-matematika fakultetida 1-bosqich magistranti Imomidinova Anora tomonidan o‘tkazilgan Axborot soati
Bayonnomasi

O‘tkazilgan sana va gurux

201-MI

202-MI

203-MI

Qatnashgan talabalar soni

24

20

22

O‘tkazish uchun ma’sul

A.Imomidinova

Mavzu

BAHORIY BAYRAMLAR VA NAVRO‘Z” ULUG‘VORLIGI!

Suhbatning qisqacha mazmuni

Navro‘z bayrami tarixi. Navro‘z bayrami fors-tojik va turkiy xalqlarning qadimiy bayramlaridan biridir. Bu bayram 21-mart kuni nishonlanib, aynan kun va tun teng bo‘lgan paytga mos keladi. Tarixiy manbalarda keltirilishicha va olimlarimiz fikriga koʻra, Navroʻzning shakllanish davri – eng qadimgi zamonlardan Zardushtiylikning paydo boʻlishigacha davom etgan asrlarni oʻz ichiga olgan. Navro‘z so‘zi fors-tojik tilidan olingan bo‘lib “yangi kun” degan ma’noni bildiradi. Qadim-qadimdan Navroʻz xolis niyatli kishilarning sevimli ayyomi boʻlib kelgan. Oʻsha kunlarda hatto urush-janjallar ham toʻxtalgan, gina-qudratlar kechirib yuborilgan. Shohlar el ichidan eng munosib kishilarni taqdirlashgan, ayrim mahbuslarning gunohidan oʻtishgan. Bahor va yangi ayyom har bir yurakdan muhim joy olgan quvonchli damlarda koʻpchilikning “Navroʻz qayerda va qachon paydo boʻlgan ekan?” - degan savoliga “Saodat” jurnalida eʼlon qilingan “Onaqutining sahovati” maqolasida bunga asosli javob berilgan. Unda, “Navro‘z dunyoga ilk alifboni bergan buyuk allomalarning vatani boʻlgan, Xorazmda paydo bo‘lgan. Shuningdek, keyingi yillarda olib borilgan arxeologik va etnografik izlanishlar Navroʻz bayrami Parfiyada nishonlanganini ashyoviy topilmalar asosida tasdiqlandi. Bunga Burgut qal’a, Jomboq qal’a va Niso qoʻrgʻonlarida bunyod qilingan va shu kunlargacha saqlanib qolgan “olov uy”lari yaqqol misol boʻla oladi. Burgut qal’a markazida moviy gumbazli maqbara boʻlgan. Maqbara mehrobida Onaqutining koʻtarilgan qoʻlida zumrad tosh boʻlgan. Bahorgi teng kunlikda-shamsiy hisob bilan hamal oyining birinchi kuni, hozirgi taqvimimiz boʻyicha 22-martda maqbara gumbazidagi tuynukdan quyosh nuri Onaquti qoʻlidagi Zumrad toshiga tushib, sumalak pishirish uchun tayyor turgan qozonning oʻtxonasiga oʻt yoqqan”, deyilgan. Firdavsiyning “Shohnoma”sida yangi yil bayrami shoh Jamshid nomi bilan bogʻlanadi. Jumladan, Jamshid yurtga yaxshilik qilish maqsadida odamlarga kasb oʻrgatadi, temir eritib qurol yasatadi, ip yigirtirib kiyim toʻqitadi, imoratlar barpo qiladi, tabiblik sirlarini ochadi, kema yasaydi, bogʻ bunyod qiladi. Nihoyat, bir kuni taxt yasatib, unda osmonga koʻtariladi. Ushbu afsonaga koʻra xuddi shu kuni Navroʻz nishonlangan. Alisher Navoiy “Tarixi mulki ajam” (“Ajam shohlari tarixi”) asarida Jamshidning buyuk kashfiyotlari soʻngida ulugʻ Navroʻz ixtiro qilinganligini bayon qiladi. Darhaqiqat, Navroʻzning qachon va qanday vujudga kelganligini aniq koʻrsatish qiyin boʻlsa-da, shuni aytish mumkinki, bu bayram dono kishilar tomonidan kashf qilingan. Chunki Navroʻzning dunyoga kelishi chuqur ilmiy asoslangan koinot va tabiat qonuniyatlari, yaʼni Quyoshning hamal burjiga kirishi, tun va kunning tenglashuvi, kunduzning uzaya boshlashi, tabiatda jonlanishning boshlanishi bilan bogʻliq boʻlgan. Bu esa (har qanday jamiyatda) yil boshi qachon kelishidan qatʼi nazar Navroʻzni uygʻonish bayrami sifatida nishonlash uchun asos boʻlgan. Bundan tashqari, Navroʻzning chuqur ildizlariga murojaat qilsak, u eng qadimiy davrlarda - ibtidoiy odamlarning dehqonchilikka oʻtganidan soʻng dalalarda
yangi ish mavsumi boshlanishidan oldin oʻtkazilgan bahor bayramlariga borib taqaladi.
Navro‘z — o‘zbek va Sharq xalqlarining ma’naviy qadriyatlar bayrami bo‘lib, u talaba yoshlarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak vatanparvarlik, insonparvarlik, mehnatsevarlik, bunyodkorlik, do‘stlik, mehr-oqibat, ezgulik, adolat, tinchlik ruhida tarbiyalashdagi boylik va buyuk xazinamizdir. Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ijtimoiy xayotning barcha sohalarida chuqur o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Avvalo bu aholining tarixan uzoq - milliy turmush va tafakkur tarzi, xalq an'analari, urf-odatlari, ma'naviyatidan kelib chiqayotganligida yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Haqiqiy o‘zbekona urf-odatlarimizning hayotdan o‘rin olayotgani, qadriyatlarimizning o‘z mavqeyini topayotgani ham shundan. Kattalarga hurmat, oila va farzandlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, ochiq ko‘ngillilik, odamlarga xayrixohlik bilan munosabatda bo‘lish, o‘zgalar kulfatiga hamdardlik, o‘zaro yordam tuyg‘usi mamlakatimiz fuqarolariga xosdir. Ma’naviyatimizni shakllantirishda bu fazilatlarni yosh avlod ongiga, ularning tarbiyasiga tobora singdirib borish bugungi kunning eng muhim vazifasidir




Yüklə 28,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə