Mavzu;muzeylar tarixi 5-b sinf o’quvchisi Saidov Amirxon loyiha ishi



Yüklə 251,99 Kb.
tarix19.12.2023
ölçüsü251,99 Kb.
#151498
MUZEYLAR TARIXI


Mavzu;MUZEYLAR TARIXI
5-B sinf o’quvchisi Saidov Amirxon loyiha ishi
Markaziy Osiyo mintaqasi xalqlarining tarixi, san’ati va an’analari bilimlar ombori, ilhom va ma’naviy boyituvchi manbadir. Toshkentda ko‘plab zamonaviy va ommabop muzeylar ochildi, ularda viloyat madaniyatini aks ettiruvchi noyob qadimiy va zamonaviy eksponatlar saqlanadi. Ko'pgina muzeylarda eksponatlar xronologik tartibda taqdim etiladi, bu tashrif buyuruvchilar uchun juda qulaydir, shuning uchun siz ekskursiya davomida o'zingizni Sharq madaniyatining qalbiga tez va tabiiy ravishda singdirishingiz mumkin.

Malumotlarga ko’ra, muzeylar dastlab antik davrda Yunoniston va Rimda vujudga kelgan. Ayni shu davrda kolleksiyalar to’plash an’anasi shakllangan. Yunonistondagi Gelikon tog’i yonida turli tasvirdagi yodgorliklar saqlanadigan joy muzeylarning ilk ko’rinishlaridan biri hisoblangan. San’at, madaniyat va fanda erishilgan yutuqlarning namunalaridan iborat kolleksiyalar to’plash Yevropada Uyg’onish davrida dastlab, Italiyada, so’ng esa Angliya, Fransiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarda an’anaga aylandi. Italiyada XV asrda moddiy-madaniy buyumlarni yig’ish va namoyish etish ishlari aniq tizim asosida tashkil etilgan bo’lsa, XVI-XVII asrlarga kelib, Fransiya, Angliya, Germaniyada ham muzeylar tashkil etish odat tusiga kirgan. 1753- yil ochilgan Londondagi ”Britaniya muzeyi”, 1793- yil tashkil etilgan Parijdagi ”Luvr” muzeyi G’arbiy Yevropadagi ilk ommaviy muzeylar sanaladi.


Shuningdek, yurtimizda bir qancha yangi muzeylar tashkil etilishi mustaqillik yillarida muzey sohasiga o’lgan e’tiborning naqadar rivojlanib borganligini ko’rsatadi. Jumladan, 1996- yil 14- avgust kuni ”Olimpiya shon-shuhrati muzeyini tashkil etish to’g’risida”, 1997- yil 24- yanvarda ”Temuriylar tarixi Davlat muzeyini tashkil etish to’g’risida”, 2002- yil 8-noyabr kuni ”Qatag’on qurbonlari xotirasi”muzeyi faoliyatini tashkil etish to’g’risida Vazirlar Mahkamasi qarorlari qabul qilindi.


Yüklə 251,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə