Matematik tasavvurlarni Shakllantirish metodikasi o ‘quv moduli



Yüklə 118 Kb.
səhifə1/5
tarix21.10.2023
ölçüsü118 Kb.
#129188
  1   2   3   4   5
12 ISMATOVA NODIRA MATEMATIKA






46-gurux tinglovchisi Quvonchova Akmereyning “matematik tasavvurlarni
Shakllantirish metodikasi
o ‘quv moduli” dan mustaqil ishi

Savolar:
1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasida ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar.
2.Katta yosh guruhda predmetlar shakli va geometrik shakllarni idrok qilishning o’ziga xos xususiyatlari.
3.Tanlangan mavzu bo’yicha mashg’ulot ishlanmasi.
Tayanch tushunchalar: metodika, tasavvur, arifmetik masala, ta’limiy faoliyat. Ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limiy faoliyatlarining bo’limlari, ta’limiy faoliyatlarni rejalashtirish va o’tkazish usullari, son, sonlar, tug’ri va teskari sanoq, geometrik shakllar, arifmetik masalalar, vaqtni chamalash, fazoda muljalga olish, miqdor, kattalik.


1.Maktabgacha yoshdagi bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish metodikasida ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlar.

Kichik guruhda bolalarga sonlargacha bo’lgan davr o’rgatiladi. Bunda ularga miqdoriy munosabatlar tushuntiriladi.Bolalar buyumlarning uzunliklari, kengliklari, balandliklarini taqqoslashga o’rgatiladi, geometrik figuralar: doira, kvadrat bilan tanishtiriladi; fazoviy yo’nalishlar bilan tanishtiriladi: «o’zidan» oldinga, orqaga (orqasidan), o’ngga (o’ngdan), chapga (chapdan) o’zlarini to’g’ri qo’llashga o’rgatiladi.


Ta’limiy faoliyatlar o’quv yili boshidan boshlab haftasiga 1 martadan (1 yilda 36 marta) o’tkaziladi. Sentyabrg’ oyida bir ta’limiy faoliyatning davomiyligi 10 minutdan oshmasligi kerak. Oktyabr oyidan boshlab ta’limiy faoliyat davomiyligi sekin-asta 15 minutga yetkaziladi.
O’rta guruhda ta’limiy faoliyatlar sentyabr; oyidan boshlab, haftasiga 1 marta o’tkaziladi. Ta’limiy faoliyat 20 daqiqa davom etadi. Yil davomida 36 ta ta’limiy faoliyat o’tkaziladi. Bolalar harakatli-ko’rsatmali shaklda berilgan o’quv materiallarini yaxshi o’zlashtiradi. 5 yoshga qadam qo’ygan bolalarni o’qitishda didaktik o’yinlardan keng foydalanish kerak. Topshiriqlarning bajarilish jarayonida tarbiyachi bolalarni o’z harakatlarini (nima qilganlarini va qanday qilganlarini, natijada nima hosil bo’lganini) tushuntirib berishga undaydi. 6 yoshli bolalarda o’z xulq-atvorini boshqarish qobiliyati paydo bo’ladi; erkin xotira, diqqat rivojlanadi. Shu yoshda topshiriqni bajarishga, o’z ishiga ijobiy baho olishga intiladilar. Ular o’quv topshiriqlariga katta qiziqish bilan qaraydilar.
Bolalar katta guruhda birinchi o’nlik sonlarini yaxshi o’zlashtirishlari kerak. Har xil buyumlar to’plamini sanash, ularning qatorda kelish tartiblarini aniqlash jarayonida sonlar mohiyatini o’zlashtirish amalga oshiriladi. Bolalar bilan bajariladigan hamma ishlar ular oldingi bosqichlarda olgan bilimlar va ularni hisobga olish asosida tashhil qilinadi. O’rganishni o’tilganlarni takrorlashdan boshlash kerak. Har qaysi yangi bilim oldin o’zlashtirilgan bilimlar tizimiga kiritilishi zarur. Mashqlar miqdori yetarli bo’lgandagina bolalarda puxta malaka va ko’nikmalar shakllanishi mumkin. Bolalarni buyumlar, o’yinchoqlar, geometrik figuralar, hartochkalar va rasmlardagi tasvirlarni sanash (qayta sanash, qo’shib sanash, ajratib sanash) ga, obektlar miqdorlarini sezish bilan aniqlashga mashq qildirish kerak.
Mazkur guruhda haftada 1 tadan ta’limiy faoliyat o’tkaziladi.
Maktabga tayyorlov guruhi bola 7 yoshga qadar son, buyumlarning shakli va kattaligi haqida nisbatan ko’proq bilimlarni o’zlashtirgan bo’lishi, fazoda (2 va 3 o’lchovli) va vaqt bo’yicha mo’ljal ola bilishi kerak.
Tarbiyachi bolalarda matematik bilimlarga ustivor (turg’un) qiziqish, ulardan foydalanish malakasi va ularni mustaqil egallashga intilishni tarbiyalashga harakat qilishi kerak. Shu yoshda bolalarda mustaqil fikrlashni, fazoviy tasavvurni rivojlantirish, ayniqsa, muhim.
Maktabgacha tayyorlov guruhi uchun elementar matematik tasavvurlarni rivojlantirishda bolalarning oldingi bosqichlarda olgan bilimlarini sistemalashtirish, kengaytirish va chuqurlashtirishni nazarda tutadi.
Mazkur guruhda haftasiga 2 tadan (bir yilda 72 ta) ta’limiy faoliyat o’tkaziladi.
Matematikadan har qanday ta’limiy faoliyatni to’zishda bolalar tarbiyachining stoli yonida ishlashlari bilan bir qatorda o’z o’rinlarida tarqatma materiallar bilan mustaqil ishlashlari ham nazarda tutilishi zarur. Bolalar olgan bilimlari kundalik hayotda, o’yinda, mehnatda, turmushda, shuningdek boshqa ta’limiy faoliyatlarda doim mustahkamlanishi juda muhim. Bilimlarni mustahkamlashda didaktik o’yinlar, jumladan, xalq didakgik o’yinlari, piramidachalar va boshqa o’yinchoqlar bilan o’ynaladigan o’yinlar muhim rolg’ o’ynaydi. Fazoda mo’ljal (orientatsiya) olish mashqlarini tahminlovchi o’yinlarga katta ahamiyat beriladi.
Jismoniy tarbiya va musiqa ta’limiy faoliyatlarida bolalarning tartib sanoq bilan shug’ullanishlariga, harakat yo’nalishlarini aniqlashlari va hokazolarga to’g’ri keladi.
Geometrik shakllarni bilish, kattalik belgilarini ajrata olish va ular orasida o’lchov munosabatlarini o’rnata olish malakasi, buyumlar orasida fazoviy munosabatlar o’rnata olishdan tashqari bolalar har doim rasm solish, loy va plastilindan narsalar yasash, konstruktsiyalash va boshqa ta’limiy faoliyatlarida foydalanishlari lozim. Bolalarning bilimlari borgan sari mustahkamroq va tahsirchanroq bo’lib boradi, yangi sharoitlarga o’tkaziladi, bolalar ularni mustaqil qo’llashgao’rganadilar, ularning foydasiga tushunadngan bo’ladilar.
Bolalarning sanashning, o’lchay olishning muhim eqaniga ishonch hosil qilishlarida ularga yordam berish zarur. Kattalar o’zlarining matematik bilimlaridan qanday foydalanishlari (masofani o’lchashlarini, o’lchovni qanday olishlari buyumlarni sanashlarini va h. k.) ni ko’zatish tashhil qilinadi.
Tarbiyachi bolalarga nima uchun odamlarga o’lchay olish, sanash va hokazolar kerakligini tushuntiradi. Maktabgacha ta’lim yoshdagi bolalarda matematik bilimlarga va ularni egallashga qiziqish uyg’otish zarur. Bu maktabda matematik bilimlarni muvaffaqiyatli o’rgatishning garovi bo’ladi.
Bolalarda elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda tarbiyachi o’rgatishning har xil usullari - amaliy, ko’rsatmali, og’zaki, o’yin usullaridan
foydalanadi. Usulni tanlashda bir qator omillar mazkur bosqichda yechiladigan dastur masalalari, bolalarning yosh va individual xususiyatlari, zarur didaktik vositalarning mavjudligi va boshqalar hisobga olinadi.
Tarbiyachining metod va usullarning asosli tanlanishiga, har bir aniq holda ulardan ratsional foydalanishga doimo ehtibor berib turishi quyidagilarni tahminlaydi:
- elementar matematik tasavvurlarning muvaffaqiyatli shakllanishi va ularning nutqda aks ettirilishi;
- tenglik va tengsizlik munosabatlarini (buyumni soni, o’lchami, shakli bo’yicha) idrok qilish va ajratish, natijaviy munosabatlar (o’lchami yoki sonibo’yicha orttirish yoki, kamaytirish)ni, analiz qilinayotgan obhektlarning miqdori, shakli, kattaligini umumiy belgi sifatida ajratish, aloqa va bog’lanishlarini aniqlash malakasi;
- bolalar o’zlashtirgan amaliy ish usullari (masalan, qarshi qo’yish, sanash, o’lchash bilan taqqoslash) ni yangi sharoitlarda qo’llashga yo’naltirish va mazkur vaziyatda ahamiyatga ega bo’lgan belgilar, xossalar, bog’lanishlarni aniqlash, topishning amaliy usullarinimustaqil izlashga yo’naltirish. Masalan, o’yin shart sharoitlarida belgilarning tartibi, almashinib kelish qonuniyatini, umumiy xossalarnn topishni o’rgatish mumkin.
Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy metod yetakchi metod hisoblanadi. Uning mohiyati bolalarning buyumlar yoki ularning o’rnini bosuvchilar (tasvirlar, grafik rasmlar, modellar va h. k.) bilan ishlashning jiddiy aniqlangan usullarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan amaliy faoliyatlarini tashhil qilishdan iborat.
Hamma yoshdagi guruhlarda bajariladigan mashqlar o’yin elementlari kichik guruhda - syurpriz moment ko’rinishida, o’xshash harakatlar, ertak qahramoni va hokazo dan iborat bo’ladi. Katta guruhlarda bunday mashqlar izlanish, musobaqa harakterini oladi.
Kompleks mashqlar eng samaralidir, chunki, ular dasturning har xil bo’limlariga doir masalalarni bir vaqtda bir-biri bilan tarkiban birga hal qilish imkonini beradi.
Masalan, «Geometrik figuralar», «Kattalik», «Miqdor va sanoq» bo’limlariga oid masalalarni bir vaqtda hal qilish imkonini beradi. Bu xil mashqlar ta’limiy faoliyatlarning foydali ish koeffitsientini oshiradi.
Didaktik o’yinlardan eng ko’p foydalaniladi. Bola bilish mazmunini o’yin shakliga kirgan o’rgatuvchi masalani (o’yin mazmunida), o’yin harakatlari vaqoidalari oldindan nazarda tutilmagan holda o’zlashtiradi. Didaktik o’yinlarning hamma turi (buyumli, stolda o’ynaladigan bosma va og’zaki turlari) elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishning samarali vosita va usullaridir.
Buyumli va og’zaki o’yinlar matematika ta’limiy faoliyatlarida va ulardan tashqarida o’tkaziladi, stolda o’ynaladigan - bosma o’yinlar odatda ta’limiy faoliyatdan bo’sh vaqtlarda o’tkaziladi.
Ko’rsatmali va og’zaki metodlar elementar matematik tasavvurlarni shakllantirishda amaliy va o’yin metodlari bilan birga qo’llanadi. Bu ularning
mohiyatini hech bir kamaytirmaydi. Maktabgacha ta’limda ko’rsatmali, og’zaki va amaliy metodlarga taalluqli va bir-biri bilan uzviy bog’liqlikda qo’llaniladigan usullardan keng foydalaniladi.



Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə