Mavzu: Axborot olish va foydalanish usullari



Yüklə 28,4 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü28,4 Kb.
#141308
  1   2   3   4   5   6
Mavzu Axborot olish va foydalanish usullari-fayllar.org


Mavzu: Axborot olish va foydalanish usullari

Mavzu:Axborot olish va foydalanish usullari


Reja :
  1. : Axborot oqimi tahlili.


  2. Tizim maqsadini aniqlash.


  3. Tizimda axborot me’yori


  4. Axborot olish kafolatlari va erkinligi



Axborot tushunchasi

Axborot – koʻp fanlarda tayanch tushuncha boʻlsada, ammo har bir fanda u har xil ta‘riflanadi:


• axborot bu, tizimni ifodalagan (matematika, tizimli tahlil fanlarida) qandaydir bir informatsion-mantiqiy (infologik – xabarlardan, ma‘lumotlardan, bilimlardan, mavhumliklardan, tasnifli sxemalardan va boshqalardan iborat) modelda oʻzgarishga olib keluvchi mohiyatdir;
• axborot bu, tizim tomonidan adaptiv boshqarish, moslashish (boshqarish nazariyasi, kibernetika sohasida) jarayonida tashqi dunyodan olingan xabardir;
• axborot bu, tizimdagi noaniqliklarni bartaraf qiluvchi aloqa va munosabatlardir (axborot nazariyasida);
• axborot bu, tizimda tanlash ehtimolligidir (ehtimollar nazariyasida);
• axborot bu, materiya akslanishi, ong atributi, tizim ―iqtidori‖dir (falsafada).
Bilish jarayoni – axborot dolzarbligining iyerarxik tizimi, unda iyerarxiyaning har bir navbatdagi pogʻonasida bilim oldingi pogʻonadagi bilimlar dolzarbligining integral (jamlangan) natijasidir. Bu oddiy sezgi yordamida qabul qilinadigan axborotlardan tortib, to murakkab aksiomatik va abstrakt (mavhum) nazariyalargacha boʻlgan informatsion resurslarning integratsiyalanish jarayoni hisoblanadi.
Ma’lumotlar – ma‘lumotlarning qandaydir manbai yordamida dolzarblashtiriladigan sintaksis signallar, obrazlardir. Ular ularning semantik ma‘nosiga bogʻliqmas holda koʻriladi. Yana shuningdek aytish mumkinki, axborot bu – semantik mohiyati hisobga olgan holda koʻriladigan ma‘lumotlardir. Bilimlar – qandaydir bir maqsad va tasnifga erishishni ta‘minlaydigan axborotdir. Axborot qoʻyidagi turlarda boʻladi:
• Boshlangʻich (axborotni faollashtirishda undan foydalanish boshlanadigan bosqichdagi axborot);
• oraliq (axborotni faollashtirishda boshidan oxirigacha boʻlgan bosqichda ishlatiladigan axborot);
• natijaviy (axborotdan foydalanib boʻlingach, uning faollashtirilishi yakunida olinadigan axborot). • doimiy (faollashtirilganda hyech qachon oʻzgarmaydigan axborot);
• oʻzgaruvchan (faollashtirilganda oʻzgaradigan axborot);
• aralash – shartli –doimiy (yoki shartli-oʻzgaruvchan).
Axborotning sinflanishi:

• Foydalanish bosqichiga koʻra;


• Toʻliqligiga koʻra (ortiqcha, yetarli, yetarlimas);
• Tizim maqsadiga nisbatan (sintaksis, semantik, pragmatik);
• Tizim elementlariga nisbatan (statik, dinamik);
• Tizim tasnifiga nisbatan (tasnifli, nisbiy);
• Tizimni boshqarishiga nisbatan (boshqaruvchi, maslahat beruvchi, oʻzgartiruvchi);
• Hududga nisbatan (xalqaro, mintaqaviy, mahalliy va h.k.);
• Foydalanish mumkinligiga koʻra (ochiq yoki hamma foydalanishi mumkin va h.k.);
• Predmet sohasiga koʻra, foydalanish xarakteriga koʻra
Axborotning asosiy xossalari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin:
Axborotning toʻliqligi, dolzarbligi, ma’lumotlarning qiymati, oydinligi, oʻxshashligi (adekvatligi), aniqligi, tahlil va qabul qilishning, uzatishning ixchamligi, ishonchliligi, tanlash mumkinligi, ma’lum manzilga moʻljallanganligi, maxfiyligi, ommaviyligi, kodlash imkoniyatining borligi, tejamliligi, zichlash imkoniyati, himoyalanganligi, toʻsiqlarga bardoshligi, foydalanishning mumkinligi, qiymati.
Axborot – xabar mazmunidir.
Xabar – axborotning ifodalanish yoki faollashtirilish shakli.
Axborot hamma vaqt tashuvchiga ega, axborotning faollashtirilishi tashuvchining, resursning oʻzgarishiga bogʻliq. Axborot resurlarning boshqa turlarisiz (energiya, moddalar, tashkil etuvchilarsiz) mavjud boʻlmaydi. Xuddi shuningdek, ular ham axborotsiz mavjud boʻla olmaydi. Tizimlar (ichki tizimlar)ning ixtiyoriy oʻzaro harakati – hamma vaqt moddiy-energo-informatsion harakatdir. Aniqlash (tizimga solish, tasniflash), bayon etish, oʻrganish, oʻzaro harakatlarning invariantligini qoʻllash fanning inson faoliyati sifatidagi vazifasini tashkil qiladi.
Axborotni olish va foydalanish usullari Ularni, ba‘zan bir-biridan faqat shartli ravishda ajratiladigan, uchta guruhga ajratish mumkin:
• empirik usullar yoki empirik axborotni (empirik ma‘lumotlarni) hosil qilish usullari;
• nazariy usullar yoki nazariy axborotni (nazariyani qurish) olish usullari;
• empirik-nazariy usullar (aralash, yarimempirik) yoki empirik-nazariy axborotni olish usullari. A)Empirik usullar:
• Kuzatish – birlamchi axborotni yoki tizim haqidagi (tizim ichida) empirik tasdiqlarni yigʻish;
• Tasdiqlash – oʻrganilayotgan tizimda yoki tizimlarda umumiylikni va farqlarni oʻrnatish;
• Oʻlchash – izlash, empirik faktlarni rasmiylashtirish;
• Eksperiment (tajriba) – oʻzgartirilayotgan tizim (tizimlar)ni, u (ular)ning xossalarini aniqlash uchun maqsadga muvofiq oʻzgartirish.
B)Nazariy usullar:
• Mavhumlikdan aniqlikka qarab borish – tizimning ong va tafakkurda hosil boʻladigan mavhum bilimlariga asoslanib, tizim haqida bilim olish;
• Ideallashtirish – amalda mavjud boʻlmagan tizim va (yoki) ichki tizimlarni xayoliy konstruksiyalash (loyihalash), tafakkurda tasavvur qilish yoʻli bilan tizim yoki uning ichki tizimlari haqida bilimlar olish;
• Formallashtirish – tizim haqida belgilar yoki formulalar, ya‘ni sun‘iy keltirib chiqarilgan tillar (masalan, matematika tili) yordamida bilim olish;
• Aksiomatizatsiya – tizim yoki jarayon haqida ba‘zi bir, faqat shu tizim uchun ishlab chiqilgan aksiomalar va shu aksiomalar tizimidan chiqish qoidalari yordamida bilim olish;
• Virtualizatsiya – tizim haqida alohida muhit, sharoit, bu muhitsiz amalga oshirish mumkin boʻlmagan holatni (unga oʻrganilayotgan tizim va/yoki uning oʻrganilayotgan subyekti oʻrnatiladi) yaratish orqali tegishli bilimlarni olish.
C)Empirik-nazariy usullar (keying mavzularda yana to‘xtalinadi):
• Abstrakt (mavhum)lashtirish;
• Tahlil (analiz);
• Dekompozitsiya;
• Sintez;
• Kompozitsiya;
• Induksiya;
• Deduksiya;
• Evristika, evristik protseduralarni ishlatish;
• Modellashtirish;
Tarixiy usul;
• Mantiqiy usul;
• Maketlashtirish;
• Dolzarb (faol)lashtirish;
• Vizualizatsiya.
Axborot me’yorlari. Xartli va Shennon me’yorlari
Axborot miqdori – sonli miqdor, u faollashtiriladigan axborotni turliligi, murakkabligi tasniflashtirilganligi (tartiblanganligi), aniqliligiga, ifodalanayotgan tizim holatining tanlanishiga koʻra adekvat tasniflaydi.
Axborot oʻlchovining boshqa me’yorlari Keyingi vaqtlarda koʻplab mualliflar tomonidan axborot ma‘nosini oʻlchash uchun har xil miqdoriy oʻlchamlar koʻrilgan, masalan,
 maqsad tushunchasiga tayangan oʻlchov (A.Xarkevich va boshqalar);
 tezaurus tushunchasiga T= tayangan me‘yor, bu yerda X, Y, Z – bu bilimlarning mos tarzda ismlari, ma‘nolari va qiymatlari (pragmatiklari)ning toʻplamlari (Yu. Shreyder i va boshqalar);
 ikkilik soʻzlarning tiklanish murakkabligi me‘yori (A. Kolmogorov va boshqalar);
 apostreor bilimlar me‘yori (N. Viner va boshqalar);
 muvaffaqiyatli qaror qabul qilish me‘yori (N. Moiseyev va boshqalar);
 axborot oʻxshashligi va farqlanishlari me‘yori va axborot oʻlchamlariga qaratilgan yondoshishlar.


Yüklə 28,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə