11– Mavzu: Oqova suvlarni tozalash usullari



Yüklə 24,95 Kb.
tarix23.12.2023
ölçüsü24,95 Kb.
#157465
11-Мавзу


11– Mavzu: Oqova suvlarni tozalash usullari.

Maruza rejasi



  1. Suvlarni tozalash usullari.

  2. Okova suvlarning tozalik darajasi.

Mavzuga doir tayanch iboralar: Mexanik tozalash, fizik -kimyoviy, biologik.





  1. Suvlarni tozalash usullari.

Ifloslangan suvlar maxsus suv tozalash inshootlarida tozalanadi.
1. Mexanik tozalash oqovani sizdirib o‘tkazish, tindirish, inyersion ajratish, filtrlash va neftni ajratib olish usullari bilan bajariladi.
Sizdirishda suvda yerimaydigan aralashmalar ko‘z kattaligi 5-25 mm bo‘lgan maxsus temir panjaralar va simto‘rlardan o‘tkazib, qattiq predmetlar tutib qolinadi.
Tindirish maxsus hovuzda amalga oshiriladi. Bunda 1,5 soatgacha tindirilgan suvdagi ba’zi moddalar o‘z og‘irligi bilan suv tagiga cho‘kadi. Tindirilgan bu suv tindirgich tagidagi to‘shama (odatda donador qumdan foydalaniladi)dan filtrlanadi.
Inyersion ajratish gidrotsiklonlarda bajariladi. Ularning ish prinsipi havoni tozalovchi siklonlarga o‘xshash bo‘lib, aylanma suv oqimidagi ba’zi iflosliklar inyersion kuch ta’sirida ajralib chiqadi.
2. Fizik-kimyoviy tozalashda suvda yerimagan qattiq va muallaq moddalar hamda suvda yerigan moddalar tozalanadi. Fizik-kimyoviy tozalash ekstraksiya, flotatsiya, oksidlash, sorbsiya, koagulyasiya va ion almashinish usulari bilan bajariladi.
Ekstraksiya – aralashmaning ikkita yerimaydigan suyuqlik (ekstragent va oqova suv) orasidagi ajralib o‘tish jarayoni (mas., oqova tarkibidagi fenol benzol yordamida ekstraksiya qilinadi).
Flotatsiya – oqova iflosliklarining pastdan byerilgan havo pufaklari yordamida suv betiga ko‘piklanib qalqib chiqish jarayoni. Neytralizatsiya – oqova suvning nordonligi va ishqorliligi (rN)ni kislota, ohak, soda, ammiak kabilarni qo‘shish bilan tartibga tushirish jarayoni.
Oksidlash – oqova suv va ichimlik suvi tarkibidagi zaharli biologik aralashmalarni xlor qo‘shish bilan neytrallashga asoslangan.
Sorbsiya – sorbentlar yordamida suvdagi og‘ir metallar, uglevodorodlar va bo‘yoqlarni ajratib olish jarayoni. Sorbent sifatida ko‘pincha aktiv ko‘mirdan foydalaniladi. Bu ishda yog‘och qipig‘i, qurum va titan bo‘lakchalaridan ham foydalaniladi.
Koagulyasiya – ichimlik suviga maxsus kimyoviy moddalar (koagulyantlar) qo‘shish bilan undagi yerigan ba’zi iflosliklarni ajratib olish jarayoni. Koagulyant sifatida alyuminiy yoki temir birikmalari ishlatiladi. Oqova suvlarni tozalashda elektrokoagulyasiya qo‘llaniladi. Bunda oqova tarkibidagi og‘ir metallar va sianidlar ionlashib, elektrodlar atrofida to‘planadi.
Ion almashinish – ion almashinuvchi smolalar sirtiga suvni ifloslovchi ba’zi aralashmalar va og‘ir metallarni yopishtirib olishga asoslangan;
3. Biologik tozalash usuli oqova suvlar tarkibidagi organik iflosliklarning ayerob biokimyoviy jarayonlar natijasida tozalanishiga asoslangan bo‘lib, bu jarayon tabiiy va sun’iy sharoitlarda amalga oshirilishi mumkin.
Tabiiy sharoitda tozalash iflos suvni maxsus maydonlardagi tuproqdan filtrlab o‘tkazishga asoslangan. Bunda suvni tozalash uchun qalinligi 80 sm bo‘lgan tuproq qatlami kifoya.
Sun’iy sharoitda esa oqovalar bioprudda tozalanadi. Bioprudlarda biofiltrlar (ayerotenklar) bo‘lib bu usul ham suvni filtrlab tozalashga asoslangan. Bunda bioprud tagiga donador g‘ovak matyerialdan to‘shalgan biofiltr qatlami bo‘lib, bu qatlamning sirtida ayerob mikroorganizmlar plyonka hosil qiladi. Bu plyonka ko‘pincha «tirik loy» yoki «faol balchiq» deb yuritiladi. Bu yerda suvdagi organik iflosliklar ham biokimyoviy yul bilan parchalanadi va ham iflos suv donador qavatdan sezib o‘tib tozalanadi. Biofiltr sifatda kyeramzit, shag‘al, toshqol va donador qumdan foydalanish mumkin. «Vodgeo» Toshkent ilmiy tekshirish institutida o‘tkazilgan tajribalar ko‘rsatishicha, kyeramzitdan sizdirilgan suv ammoniy azotidan yarim soatda 86,7%, bir soatda esa 95,6% tozalanadi.
Sanoat oqovalarini biotexnologik yo‘l bilan tozalash ham ijobiy natija byeradi. Biofiltr sifatida mikroskopik suv o‘tlaridan (masalan, ssenodesmusdan) foydalanib, engil sanoat oqovalarini ammiak, nitrit va nitratlardan tozalash mumkin. Keyingi paytlarda suvni tozalashda ba’zi yuqori o‘simliklar – qamish, trostnik va eyxorniya (suv gatsenti) dan foydalanish ham ijobiy natijalar byerishi aniqlandi.


2. Okova suvlarning tozalik darajasi.
Respublikaning suv manbalaridagi suvlar o‘zlarining tozaligi bo‘yicha 6 tipga bo‘linadi:
1) toza suvlar – bularga tog‘ jilg‘alarining suvlari (Pskom, Oqbuloq, Qizilsoy, Toshkesken, Tyerakli, Oqsuv va Geledaryo) kiradi. Bu suvlarda biogen moddalar miqdori kam, minyerallashish darajasi past, og‘ir metallar va pestitsidlar belgilangan me’yordan oshmaydi;
2) kuchsiz ifloslangan suvlar - tog‘ oldi hududlarining soylari (Oqtoshsoy, Ugam, Ohangaron, Gavasoy va Omonqo‘ton soylari, CHorvoq va Hisor suv omborlari). Bu suvlarda biogen moddalar va minyerallar miqdori oldingi tipdagidan ko‘proq;
3) kamroq ifloslangan suvlar - tog‘ oldi hududlari va tekislikda joylashgan aholi punktlaridan oqib o‘tadigan suvlar (CHirchiq, Ohangaron, Norin, Qoradaryo, Zarafshon (Samarqand shahridan yuqori qismi) daryolari, CHimqo‘rgon, Qayroqqum va Tuyamo‘yin suv omborlari). Bu suvlarda minyerallashish, biogen moddalar va boshqa iflosliklarning miqdori belgilangan me’yordan 2-3 baravargacha yuqori;
4) biroz kamroq ifloslangan suvlar - asosan daryolarning quyi oqimlarida uchraydi (CHirchiq daryosining CHirchiq sanoat majmuidan quyi qismida, Qo‘qon daryosining Qo‘qon shahridan quyi qismida, Siyob va SHimoliy Bag‘dod kollektorlarida). Bu suvlarda pestitsidlar miqdori me’yordan 3-5 marta, minyerallashish esa 4-5 martagacha yuqori;
5) ifloslangan suvlar - sho‘rlangan tuproqning sizot suvlari to‘planadigan zaxkashlarning suvi hamda sanoat va turmush oqovalari qo‘shilishidan ifloslangan suvlardir. Bu suvlar asosan Amudaryo havzasida, Orolbuyi hududlarida, Buxoro vohasida, kamroq Farg‘ona vodiysida uchraydi. Bu suvlarda minyerallashish me’yordan 3-5 baravar yuqori bo‘lib, ular tarkibida oqova suvlardagi murakkab iflos birikmalar mavjud;
6) o‘ta ifloslangan suvlar - aholi zich joylashgan va sanoati rivojlangan shaharlar atrofida uchraydi. Bu suvlar ayniqsa Toshkent shahridan oqib o‘tadigan Solor daryosining shahardan quyi qismida, CHirchiq daryosining Solor bilan qo‘shilgandan keyingi qismida ko‘p uchraydi. Bu suvlarda og‘ir metallar me’yordan 40-50 baravar yuqori bo‘lib, turli xildagi murakkab birikmalar va zaharli moddalar miqdori ham ko‘p.
Aholi sonining ko‘payishi, shaharlarning kengayishi, sanoat ishlab chiqarishining o‘sishi va qishloq xo‘jaligida zaharli moddalarning tobora ko‘p qo‘llanilganligi munosabati bilan keyingi yillargacha suvlarning ifloslanishi yuqorilab kelayotgan edi. 1994 yil yer usti suvlarining sifatini yaxshilashda burilish yasaldi - suvlarning ifloslanish darajasi to‘xtatildi va ba’zi joylarda hatto kamaytirishga ham yerishildi. Masalan, Buxoro viloyatidagi zaxkashlar hamda Amudaryo suvining ifloslik darajasi bir oz pasaydi. Respublikada sanoat oqova suvlarining yillik miqdori 300 mln. m3 bo‘lib, shundan 230 mln. m3 tozalanmasdan ochiq suv havzalarga tashlanar edi. Sanoat extiyojlari uchun suvdan foydalanishda yopiq siklning rivojlantirilishi sanoat oqova suvlari miqdorini kamaytirish imkonini byerdi. 1994 yilda oldingi yilga qaraganda oqova suvlar 69 mln m3 ga kamaydi.
Yer usti suvlarining sifati yaxshilanishi, sug‘oriladigan dehqonchilikda suvga nisbatan xo‘jasizlikning kamaytirilishi natijasida 1994 yildan boshlab yer sug‘orishdagi yillik suv harajatlarining amaldagi me’yori ancha kamaydi. Bu ko‘rsatkich 1993 yilda gektariga 13,2 ming m3 ni tashkil qilgan bo‘lsa, 1994 yilda 12,6 ming m3 ga tushdi.
O‘zbekistonda yer osti suvlarining yillik zaxirasi 19 km3 bo‘lib, shundan har yili o‘rtacha 9,5 km3 olib ishlatilyapti. Ishlatilayotgan bu suvning asosiy qismida minyerallashish 3 mg/l. dan oshmaydi. Bu ko‘rsatkich suvning sifati yaxshiligidan dalolat byeradi va shuning uchun ham uning uchdan bir qismi (3,43 km3) aholini ichimlik suvi bilan ta’minlashga, qolgani texnik maqsadlarga sarflanmoqda.
Keyingi yillarda O‘zbekistonda aholini markazlashgan tartibda quvurlar orqali ichimlik suvi bilan ta’minlashga katta e’tibor byerilmoqda. SHu maqsadda 1990-1994 yillar davomida 13,5 ming km suv quvurlari tortildi. 1990 yilda shahar aholisining 81% va qishloq aholisining 52% markazlashgan tartibda ichimlik suvi bilan ta’minlangan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 1994 yilda shaharliklar uchun 84% va qishloq ahli uchun 58,9% ni tashkil kildi. Uzunligi 210 km bo‘lgan Damxo‘ja-Buxoro suv quvurining ishga tushirilishi Zarafshon vohasining quyi qismida yashayotgan aholini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash muammosini birmuncha hal qildi. Yer osti suvlarining foydalanilmay qolayotgan zaxirasi mavjudligi kelajakda xalqning toza ichimlik suviga bo‘lgan talabini kondirishda muhim o‘rin tutadi.
Mavzuni mustahkamlashga doir savollar
1. Yerda iqlim hosil qilishda suvning qanday ahamiyati bor?
2. Suvning biosfyera uchun ahamiyati nimada?
3. Suv zaxiralarining qanday turlarini bilasiz?
4. Suv zaxiralarining geografik joylashishi to‘g‘risida nimalarni bilasiz?
5. Insoniyat barcha suv zaxiralaridan foydalana oladimi?
Adabiyotlar
1. Garin V.M. i dr. – Ekologiya dlya texnicheskix vuzov. Rostov-na-Donu,
«Feniks», 2003
2. Nikolaykin N. I. i dr. – Ekologiya. M., «Drofa», 2005
3. Rozanov S. I. – Obщaya ekologiya. Sankt-Petyerburg-Moskva-Krasnodar,
«Lan», 2005
4. Kuznetsova N.A. – Xrestomatiya po obщey ekologii. M., Izd. MNEPU, 2001
5. Xolmuminov J. – Ekologiya va qonun. Toshkent, 2000
6. Ekologiya huquqi (jamoa mualliflar). Toshkent, «Adabiyot jamg‘armasi»
7. CHyernova N. M., Bыlova A. M. – Ekologiya. M., Prosveщenie», 1988
8. A.To’xtayev A.Xamidov “Ekologiya asoslari va tabiatni muhofaza qilish”,
Toshkent o’qituvchi 1994 yil uslubiy qo’llanma.
9. O.Qudratov “Sanoat ekologiyasi” Toshkent 2005 o’quv qo’llanma.Sultonov
10. Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish asoslari. Toshkent.
Yüklə 24,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə