Matematik tasavvurlarni Shakllantirish metodikasi o ‘quv moduli


Mavzuga doir o’yin texnologiyasi: “O‘rnini top”



Yüklə 118 Kb.
səhifə3/5
tarix21.10.2023
ölçüsü118 Kb.
#129188
1   2   3   4   5
12 ISMATOVA NODIRA MATEMATIKA

Mavzuga doir o’yin texnologiyasi: “O‘rnini top”.
O‘yin qoidasi: Bolalar ikki guruhga bo‘linib turadilar. O‘rtaga doira shakli chizilgan bo‘lib, ichiga uzun, kalta, yo‘g‘on, ingichka buyumlar aralash qo‘yilgan.
Tarbiyachi ko‘rsatma berish bilan 1-guruh bolalari yo‘g‘on, ingichka buyumlarni, 2-guruh bolalari esa uzun, kalta buyumlarni ajratadilar. Buyumlarning ranglari, nechtadan yig‘ganlari so‘raladi.
Bir xil predmetlardan guruhlar tuzishda va guruhlarni ayrim predmetlarga bo‘lib tashlashda jamoa bo‘lib bajariladigan o‘yin mashqlari miqdor haqidagi tasavvurni yanada rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu mashqlar davomida bolalar har bir guruh (to‘plam) ning ayrim predmetlardan iborat ekanligini tushunishlari, guruh ichidan ayrim predmetlarni ajratib olishni o‘rganishlari, yaxlit to‘plam bilan uning elementi o‘rtasidagi nisbatni aniqlashlari kerak. Bolalarni guruhlarga birlashtirilgan predmetlarning umumiy belgilarini ko‘ra bilishga va atay olishga, guruhni yaxlit bir butun narsa deb idrok etishga o‘rgatish davom ettiriladi.
Yig‘indidagi hamma predmetlarning 1-2 umumiy belgisini ajratib ko‘rsatish bilan birga bolalar shu guruhdagi predmetlarning faqat biror qismi uchungina umumiy bo‘lgan belgilarni, ya’ni boshqa qismlarning belgisidan farq qiluvchi belgilarni ham ko‘rishga o‘rganadilar. Ular guruhni bir necha guruhchaga bo‘ladilar, ya’ni to‘plamni to‘plamchalarga ajratadilar. Masalan: guldastada ko‘p gul borligini,ularning ba’zilari qizil, ba’zilari esa oq ekanligini, qizil gullar ham, oq gullar ham ko‘pligini aniqlaydilar. Bolalar ana shunday qilib to‘plamlardagi sonlar bilan to‘plamchalardagi sonlarni taqqoslashga, ular o‘rtasidagi miqdoriy nisbatni aniqlashga tayyorlanadilar. Ikkinchi kichik guruhda matematik tushunchalarnirivojlantirish yuzasidan maxsus ishlar o‘tkaza boshlanadi. Bolalarni komil insonqilib tarbiyalash aniq fanlarning miqdoriy munosabatlari va fazoviy shakllarinibirinchi marta idrok etishning qay darajada muvaffaqiyatli tashkil etilishigabog‘liqdir.
Zamonaviy matematikada ,,son”, ,,figura” va boshqa tushunchalarniasoslashda to‘plamlar nazariyasidan foydalaniladi. Bu o‘z navbatida bolalardamiqdoriy munosabatlarni shakllantirishga va natural son haqidagi tushunchanipaydo qilishga sharoit yaratadi.

Yüklə 118 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə