Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə10/13
tarix24.04.2022
ölçüsü29,25 Kb.
#86005
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O\'rmon sanoati

Selluloza olish. Yog‘och massasi sexi bilan parallel ravishda sellu-loza sexi ham faoliyat yuritadi, u yerda yog‘och nafaqat mexanik, balki kimyoviy usulda ham qayta ishlanadi.

Yog‘ochda selluloza hajmi taxminan 50%ni tashkil etadi, qolgan qismi esa selluloza bo‘lmagan moddalardan iborat. Selluloza ishlab chiqarish asosan yog‘ochdan, noselluloza moddalarini chiqarib tash-lash va toza tolalarni ajratib olishni ko‘zda tutadi.

Selluloza olish uchun balanslarni yog‘och maydalagich mashinalar-da mayda shox-shabalarga maydalaniladi. Shabbalarning kichik hajm-

da bo‘lishi ( 3 sm dan uzun va 3 mm dan qalin bo‘lmasligi ) keyincha-lik uni qaynatishni osonlashtiradi. Ligninni chiqarib tashlash uchun ba’zi kimyoviy moddalar bilan ta’sir ko‘rsatish orqali shabbalar qayna-tiladi.

Shox-shabbalarni qaynatishning eng keng tarqalgan usuli sulfit ( ish-qorli ) usuli bo‘lib, unda yog‘ochga bisulfat kalsiy Sa(N50z) aralash-masi bilan ta’sir ko‘rsatiladi, u qaynatish (sulfit) kislotasi ham deb ata-ladi.

Sellulozani qaynatgandan so‘ng, issiq suv bilan yuvilib, so‘ng qir-tishlanadi. Agarda sellulozadan ushbu kombinatning o‘zida qog‘oz ishlab chiqarishda foydalanilsa, yarimsuyuq holda keying sexga jo‘na-tiladi. Agarda selluloza massasi, boshqa korxonalarga jo‘natishga mo‘ljallansa u quritiladi, presslannadi va bo‘z rangdagi zich varaqlar-ga aylantiriladi.

Qaynatish kilotasi yordamida qaynatish natijasida qaynatish qozonla-rida sellulozadan tashqari oltingugurt gazi hidi keluvchi juda ko‘p foy-dali moddalarga boy sulfit sheloklari hosil bo‘ladi. 1 t sellulozaga 10-12 t sheloklar olinadi.

Sulfit sheloklari ishlab chiqarish chiqindisi bo‘lib, spirt ishlab chiqa-rishda qimmatbaho xomashyo hisoblanadi.

1 t selluloza ishlab chiqarish uchun 500-650 m3 suv sarflanadi.

Selluloza-qog‘oz kombinatlari juda ko‘p yog‘och xomashyosini talab etadi. 1 t yog‘och massasini ishlab chiqarish uchun taxminan 3 m3 yog‘och, 1 t seluloza uchun 5 m3 yog‘och massasi talab etiladi. Xom-ashyoning kata hajmda talab etilishi, selluloza-qog‘oz korxonalarining o‘rmonchilik rayonlari va o‘rmon sanoati markazlarida joylashuvini taqoza etadi. Ba’zi sellulozaa-qog‘oz korxonalari faqat chiqindilarni




Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə