Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari


Selluloza va qog‘oz ishlab chiqarish



Yüklə 29,25 Kb.
səhifə8/13
tarix24.04.2022
ölçüsü29,25 Kb.
#86005
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
O\'rmon sanoati

Selluloza va qog‘oz ishlab chiqarish. Qog‘oz kashf etilgandan buyon uni tayyorlash texnologiyasi yuqori darajada takomillashtirildi, lekin uning mazmuni o‘zgarmadi va o‘simlik moddasini kimyoviy-mexanik qayta ishlash nattijasida, yangi mahsulot, ya’ni qog‘oz tayyor-lanadi.

Qog‘oz ishlab chiqarish xomashyosi sifatida selluloza, yog‘och massasi, qog‘oz makulaturasi, paxta va zigi‘ir tolasi xizmat qiladi. Lekin qog‘ozning asosiy qismi yog‘och va selluloza massalaridan olinadi, ular o‘z navbatida, asosan ignabargli daraxtlarni – qoraqara g‘ay, oqqarag‘ay, qarag‘ay va tilog‘ochni qayta ishlash natijasida olinadi. Kam darajada kengbargli daraxtlardan foydalaniladi – oqqayin, tog‘terak, terak va h.k.

Xalq xo‘jaligida yog‘ochni asosiy xomashyo sifatida kamyob va arzon bo‘lgan xomashyolar bilan o‘rnini to‘ldirish kata ahamiyatga ( qamish, somon, ayniqsa, sholi somoni ) ega.

Selluloza ishlab chiqarish uchun o‘simlik to‘qimalaridan to‘la foy-dalanilmaydi, xususan, ularning o‘simlik hujayrasi qoplamasidan foy-dalaniladi.

Eng zo‘r qog‘oz toza selluloza yoki matolar qoldiqlaridan tayyor-lanadi. Lekin ulardan nisbatan kam qismi, eng zo‘r navlari ishlab chiqariladi. Selluloza ancha qimmat bo‘lib, undan ommaviy qog‘oz navlarini tayyorlash iqtisodiy jihatdan ziyon keltiradi. Shuning uchun qog‘ozning asosiy qismi selluloza yoki matolar qoldiqlarini qo‘shish orqali,yog‘och massasidan ( yog‘ochni mexanik qayta ishlash natijasida olinadigan ) ishlab chiqariladi.


Yüklə 29,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə