Geologiya-qidiruv va kon-metallurgiya


Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarida



Yüklə 4,44 Mb.
səhifə12/15
tarix11.10.2023
ölçüsü4,44 Mb.
#127054
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Shamirov S.

Yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklar omborlarida:



  • nafas oluvchi klapanlar va olovtosqichlarni ishlab chiqaruvchi korxonalarning texnik hujjatlariga muvofiq tekshirish kerak;

  • nafas olish armaturalarini tekshirganda klapanlar va to'rlarni muzdan tozalash kerak, ular faqat yongin chiqishini istisno qilgan usullarda isitiladi;

  • namuna olish va idishdagi suyuqlik darajasini o'lchash uchqun hosil qilmaydigan materiallardan tayyorlangan asboblar yordamida amalga oshirilishi kerak;

  • suyuqlikni faqat yaroqli konteynerda saqlashga ruxsat beriladi. Tokilgan suyuqlikni darhol tozalash kerak;
















2.2. Neft va neft maxsulotlarini saqlashning dolzarb muammo va yechimlari
Soʼnggi yillarda dunyoda neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlarida yongʼin xavfsizligini taʼminlash dolzarb muammolardan biri boʼlib qolmoqda. Bu toifadagi korxonalarda sodir boʼlgan yongʼinlar insonlarning xavfsizligini taʼminlashga jiddiy xavf tugʼdirib, ularning xalok boʼlishiga sabab boʼlishi mumkin. Ularni sodir boʼlishining sababi nimada va qanday qilib bunday yongʼinlarni oldini olish mumkin? Dunyoning turli mamlakatlarida neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlarida oxirgi 10 yil davomida sodir boʼlayotgan avariya va yongʼinlarning tahlili ularning asosiy qismini, yaʼni 95 foizini xom ashyo yoki tayyor mahsulotni portlashi bilan bogʼliqligini, shundan 54 foizini appparatlarning ichqi qismida, 46 foizini esa ishlab chiqarish binolari va tashqi texnologik qurilmalarda sodir boʼlayotganligini koʼrsatmoqda. Аksariyat holatlarda yuzaga kelayotgan buzilishlar, koʼrilayotgan katta zarar yongʼin va porlashga xavfli moddalarni sizib chiqib, yonishi va portlashi sabab boʼlayotgan katta yongʼinlar oqibatida yuzaga kelmoqda.



9-rasm. Neft maxsulotining katta zaxirasi ( Rossiya -2022)
Obʼektlardagi mavjud xom ashyoni (asosan neftni) qayta ishlash, neft mahsulotlarini transportirovka qilish va saqlash jarayonida yuzaga keladigan avariyalar yoki yongʼinlar katta maydonlarda insonlarni hayoti va sogʼligʼiga xavf tugʼdiruvchi omillarni keltirib chiqarishi mumkin. Neft va neft mahsulotlarini saqlash omborlarida sodir boʼlgan yongʼinlar uzoq davom etishi va uni bartaraf etishga koʼp miqdorda kuch va vositalarni jalb etilishi bilan tavsiflanadi. Rezervuarlar hajmining ortib borishi va neft saqlash omborlarining kengayishi natijasida bu toifadagi obʼektlarda yongʼin chiqish xavfini ortib borish tendentsiyasi kuzatilmoqda. Oxirgi yillarda dunyoning ayrim mamlakatlarida neft va gazni qazib chiqarish uchun katta hududlarni oʼrganilishi va bu ishlarni jadallashib borishi neft va uni qayta ishlangan mahsulotlarining omborlari, katta hajmdagi zahiraga ega suyultirilgan uglevodorod gazlari va boshqa xavfli obektlarning bunyod etilishiga olib keladi.
Texnologik jarayonlarning intensifikatsiyasi, texnologik uskuna va agregatlarning quvvatlarining oshirilishi, yangi, yetarlicha oʼrganilmagan xossalarga ega moddalarning yaratilishi va ulardan foydalanish kuzatilmoqda. Shaharsozlikning rivojlanishi neft mahsulotlarini saqlash omborlari (neft bazalari)ni katta sonini shahar ichida qolib ketishiga sabab boʼlmoqda. Shu bilan birga, shaharlarda avtomobillar sonini oshib borishi bilan avtomobillarga yoqilgʼi (АYoQSh) yoki suyultirilgan va siqilgan gaz quyish shaxobchalari (АSGTSh)ni oshib borishi kuzatilmoqda. Bunda bir joyning oʼzida avtomobillarga suyuq motor yoqilgʼisi hamda suyultirilgan va siqilgan gazni quyishni koʼzda tutuvchi koʼp yoqilgʼili avtomobil shaxobchalari ham keng tarqalmoqda. Shu kabi toifadagi yoqilgʼi shaxobchalari hududlarida bir vaqtda koʼp miqdorda insonlarni boʼlishi, yoqilgʼini quyish operatsiyalarining jadallashishi va hududda avtotransport vositalari harakatining ortib borishi yondirish manbaalarining paydo boʼlish ehtimolini oshirmoqda. Аvtomobillarga gaz tarqatish shaxobchalarida avariya, misol uchun suyultirilgan ushlevodorod gazi saqlanayotgan sigʼimni germetik holatini buzilishi shaxobchaga yaqin hududdagi aholini zaharlanishi, yongʼin yuzaga kelganida esa insonlarning tan jarohati olishi va xalok boʼlishiga olib kelishi mumkin.

Yüklə 4,44 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə