Geometrik optika asoslari


Sferik sirtlarda yorug’likning sinishi



Yüklə 80,64 Kb.
səhifə2/4
tarix15.04.2023
ölçüsü80,64 Kb.
#105727
1   2   3   4
Geometrik optika asoslari

2. Sferik sirtlarda yorug’likning sinishi
Yorug’lik nuri tiniq muhitning silliq sirtiga tushganda qaytgan nurning o’zigina hosil bo’lmaydi. Nur tushgan nuqtadan yana bir nur chiqadi, singan nur deb ataladigan bu nur ikkinchi tiniq muhitda tarqaladi. Singan nurning yo’nalishi, umuman aytganda, tushgan nurning yo’nalishi bilan bir bo’lmaydi, ammo ular orasida ma’lum bog’lanish bor, bu bog’lanishni tajribada aniqlash mumkin. 1.7-rasmda shisha plastinkaning silliqlangan sirtiga yorug’lik dastasi tushmoqda. Shishani havodan ajratib turgan chegarada nurlar dastasi ikkiga ajraladi: Ulardan biri shisha sirtidan qaytadi, ikkinchisi esa o’z yo’nalishini keskin o’zgartirib, shishaga o’tadi. SO - tushayotgan yorug’lik dastasining, OS1 qaytgan va OS2 - singan yorug’lik dastasining markaziy nurlari.



2.1-rasm
2.1-rasm. Yorug’lik dastasi shisha sirtiga tushganda yorug’likning sinishi.
Singan nurning yo’nalishini tushish nuqtasiga o’tkazilgan perpendikulyar ON yo’nalishiga taqqoslab ko’rib, singan nur OS2 bilan qaytgan nur OS1va normal bir tomonida yotishini ko’ramiz. BurchakSON-nurning tushish burchagi; uni harfi filan belgilaymiz; singan nur OS2 bilan perpendikulyar ON orasidagi burchak - S2ONsinish burchagi deb ataladi; uni harfi bilan belgilaymiz. Tushish burchagi o’zgarganda sinish burchagi ham o’zgaradi. Agar tushish burchagi nol bo’lsa, sinish burchagi ham nol bo’ladi, tushish burchagining ortishi bilan sinish burchagi ham orta boradi; ammo sinish burchagi tushish burchagidan hamma vaqt kichik bo’ladi.
Tajribalar asosida yorug’likning quyidagi sinish qonunlari topilgan:
Tushuvchi nur vashu nur tushgan nuqtadan ikki muhit chegarasiga o’tkazilgan perpendikulyar qaysi tekislikda yotsa, singan nur ham shu tekislikda yotadi. Tushish burchagi bilan sinish burchagi har qanday o’zgarganda ham tushish burchagi sinusining sinish burchagi sinusiga bo’lgan nisbati shu ikki muhit uchun o’zgarmas kattalikdir, shu kattalik ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan olingan sindirish ko’rsatkichi deb ataladi.
Bu qonunning matematik ifodasini quyidagi formula tarzida yozish mumkin

n - ikkinchi muhitning birinchi muhitga nisbatan olingan nisbiy sindirish ko’rsatkichi deyiladi,  - tushish burchagi, - sinish burchagi.

2.2-rasm. Yorug’likning havodan suvga va suvdan havoga o’tayotganda sinish hodisasini kuzatish uchun ishlatiladigan qurilma.
1620 yilga kelib Golland fizigi Snellius ikki muhit yondoshgan chegarada yorug’likning sinish qonunini miqdoriy jihatdan asosladi. Qaytish va sinish qonunlari yorug’likning to’lqin xossasidan kelib chiqib tushuntiriladi. Yorug’likni sinishi yorug’likni bir muhitdan ikkinchi muhitga o’tganida tezligini o’zgarishi natijasidir.
Amalda, sindirish ko’rsatkichi odatda vakuumga nisbatan aniqlanmasdan, balki havoga nisbatan aniqlanadi. Biror moddaning vakuumga nisbatan sindirish ko’rsatkichini topish uchun, shu moddaning havoga nisbatan olingan sindirish ko’rsatkichini havoning 1,0003 ga teng bo’lgan absolyut sindirish ko’rsatgichiga ko’paytirish kerak. Biror moddaning sindirish ko’rsatkichi yorug’lik nurining rangiga bog’liq bo’ladi.Quyidagi jadvalda qizil yorug’lik sindirish ko’rsatgichlarining bir necha qiymatlari berilgan.


Yüklə 80,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə