6- a maliy mashg’uloti Mavzu: Teodolitni tekshirish va tuzatish. Maqsad



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix17.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#117724
  1   2   3   4


6-
A
maliy mashg’uloti
Mavzu: Teodolitni tekshirish va tuzatish.
 
Maqsad:
Teodolitni tekshirish shartlari bilan tanishish. 
Kerakli jihozlar:
teodolit, shtativ, reyka, daftar, ruchka, qalam, chizg’ich. 
Ishning bajarilish tartibi: 
Joyda gorizontal burchakni o’lchashda ishlatiladigan asbob teodolit quyidagi 
asosiy qismlardan iborat: gorizontal burchak proektsiyasi ifodalaniladigan doira 
limb, burchak yunalishlarini belgilash uchun xizmat qiladigan qarash trubasi 
hamda limb markazida aylanadigan va sanoq oladigan doira alidada.
Teodolit nuqtaga shtativ va shovun yordamida o’rnatiladi.
Teodolit qismlarining bir-biriga nisbatan to’g’ri o’rnatilganligi adilak 
yordamida tekshiriladi.
Nuqtalarning yer tabiiy yuzasidagi o’rnini topish uchun ko’pincha joyda 
vertikal burchakni o’lchashga to’g’ri keladi. Vertikal burchak qiyalik burchagi deb 
ham yuritiladi. Qiyalik burchagi joydagi biror AB chiziq bilan uning gorizontal 
proektsiyasi AB orasidagi burchakdan iborat.
Hozirgi paytda ishlatilayotgan teodolitlar ham gorizontal ham vertikal 
burchaklarni o’lchashga moslashgan. Vertikal burchaklarni o’lchashda teodotilning 
qarash trubasi yonidagi vertikal doiradan foydalaniladi. Asbob bo’laklarning bir 
biriga nisbatan to’g’riligini aniqlash ishlarga teodolitni tekshirish deyiladi. 
1.Asbobning aylanishi o’qi (BB1) vertikal bo’lishi kerak. Asbob aylanish 
o’qiga alidada aylanish o’qi qabul qilinadi. Bu o’q truba tagligiga yoki alidadaga 
o’rnatilgan veterpas orqali vertikal xolga keltiriladi.
Tsilindrik veterpas o’qi alidada aylanishi o’qiga perpendikulyar bo’lishi 
kerak. Ana shu shart bo’lgandagina vertepas yordamida asbob aylanish o’qini 
vertikal xolga keltirish mumkin. Shunday qilib teodolitni birinchi tekshirish sharti 
vaterpasni tekshirishdan iborat bo’lishi kerak. 
2.Trubaning ko’ruv o’qi uning aylanish o’qiga perpendikulyar bo’lishi 
kerak, buni tekshirish uchun teodolitni yaxshilab o’rnatib ishchi xolatga keltirib 
birorta bir kichkina nuqtaga qaratiladi, unga qarab vernerlardan sanoq olamiz va 
yozib olamiz. O’rtachasi chiqariladi: 
2
2
1
n
n
n


(4.1) 
Doirani ikinchi xolatida Dch yana birinchi kuzatilgan nuqta kuzatiladi va 
yana sanoq olinib o’rtachasi chiqariladi: 
2
1
2
n
n
С


(4.2) 
3.Ko’rish trubasining aylanish o’ki asbobni aylanish o’kiga perpendikulyar 
bo’lishi kerak. Agar ko’rish trubasining ko’ruv o’qi tsilindrik adilakning o’kiga 
parallel bo’lmasa ular o’rtasida farq hosil bo’ladi. 
Ob’ektivli tomoni pastga tushirilib devorga A nuqtaning proektsiyasi A1 
belgilanadi. Truba zenit orqali 180 gradusga aylantirilib, so’ngra yana shu nuqtaga 
vizirlanadi. 



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə