6- a maliy mashg’uloti Mavzu: Teodolitni tekshirish va tuzatish. Maqsad



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix17.06.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#117724
1   2   3   4
6.1-shakl. 
Trubaning ob’ektivi tomoni pastga tushiriladi. Shunda to’rdagi iplarning 
kesishgan nuqtasiga oldin belgilangan A1 nuqtaga to’g’ri kelsa asbob yuqoridagi 
shartga mos keladi. Aks xolda devordagi A2 belgilanadi.
4.Iplar to’rininig vertikal chizig’i trubani aylanishi o’qiga perpendikulyar 
bo’lishi kerak bu shartni tekshirish uchun asbobni aylanish o’qi vertikal xolga 
keltiriladi, iplarning kesishish nuqtasi ixtiyoriy biror nuqtaga to’g’rilanadi.
So’ngra trubaning aylanish o’qi atrofida mikrometr vint yordamida sekin-
asta aylantirilib iplar to’rining vertikal chizig’i vizirlangan nuqtaga nisbatan siljishi 
ko’zatiladi.
Vertikal chiziq xar gal vizirlangan nuqtani to’ssa, shart bajarilgan bo’ladi.
Teodolit bo’laklarining o’zaro geometrik bog’lanishiga muvofiq ravishda 
o’rnashuvini aniqlash teodolitni tekshirish deyiladi.
Tekshirish talab qilingan matematik shartlar bajarilmasa, uni kerakli vintlar 
yordamida tuzatish yustirovka deyiladi. 
TT-5 teodoliti quyidagi shartlar bo’yicha 
tekshiriladi:
1.Alidada doirasidagi tsilindrik adilak o’qi hh1 
asbobnnng aylanish o’qi (VV1) ga perpendikulyar 
bo’lishi kerak, ya’ni hh1

VV1. Bu adilakni tekshirish 
bo’ladi. Tekshirishda ko’tarish vintlari ko’p ishlatiladi.
Ko’tarish vintlari to’g’ri rez’bali bo’lib, soat 
strelkasining yurishi bo’yicha buralsa, shu vint tomon 
ko’tariladi; soat strelkasining yurishiga teskari buralsa, 
shu tomon pasayadi.
Uchta ko’tarish vintining qaysi biri qay vaqtda 
qanday buralishi kerakligida adashmaslik uchun 
quyidagi tartibni tavsiya etamiz. Limbni maxkamlab
alidadani bo’shatib, adilakni ikkita (1 va 2) ko’tarish 
vinti o’rtasiga shunday qo’yiladiki, adilak o’qi ikki 
ko’tarish vintidan o’tadigan chiziqqa parallel bo’lsin 
(4.1–shakl, a). Keyin alidadani mahkamlab, 1 
vern’erdan sanoq olinadi. Pufakcha o’rtada turmay, 
o’ngga qochsa, o’ngdagi ko’tarish vinti 1 soat strelkasi 
yuradigan tomonga teskari, chapdagi vint 2 soat 
strelkasi yuradigan tomonga bir vaqtda aylantiriladi 
(burash yo’nalishi shaklda punktir chiziqli strelka bilan ko’rsatilgan).
Shu tartibda burab, pufakcha adilak o’rtasiga keltiriladi. Keyin alidadani 
bo’shatib va uni 180° aylantirib II vern’erni yuqoridagi sanoqqa qo’yiladi. Bunda 
adilak 4.1–shakl, a da ko’rsatilganidek vaziyatni saqlaydi, lekin adilak to’g’ri 
bo’lmasa, pufakcha o’rtadan o’ngga yoki chapga qochadi.
Masalan, o’rtadan p bo’lak qochsin. Adilakni tuzatish uchun, agar shaklga 
ko’ra necha bo’lak qochgan bo’lsa, shuning yarmiga (n/2) bo’lakka adilakning 
tuzatish vinti 19 bilan pufakcha orqaga suriladi. Keyin 180° ga aylantirib 1 va 2 
ko’tarish viitlari bilan pufakcha o’rtaga keltiriladi.


Bu ish adilakning ikkala turishida ham pufakcha o’rtada turadigan 
bo’lguncha davom ettiriladi.
Adilakning ikkala turishda pufakcha o’rtada tursa, adilak to’g’rilangan 
bo’ladi. Agar alidada bo’shatilib, 90° ga aylantirilsa, adilak 4.1–shakl, b dagi 
holatida bo’ladi, ya’ni adilak o’qi 1- va 2- ko’tarish vintlari chiziqlariga 
perpendikulyar bo’lgan va 3- ko’tarish vintidan o’tadigan chiziq yo’nalishida 
bo’ladi. 
Shu turishda 3- vint buralib pufakcha o’rtaga keltirilsa, asbob gorizontal 
holatga kelgan bo’ladi. Adilakni tekshirib, uni tuzatish ko’p vaqt oladi. Yuqoridagi 
ishlarni bir necha marta takrorlashga to’g’ri keladi. Chunki adilak pufakchasining 
o’rtada turmasligiga alidada doirasini 180° ga to’g’ri aylantirmaslik 3- ko’tarish 
vintning holati ta’sir etadi.
Shunga ko’ra, adilakni tekshirish va tuzatishnn tezlatish uchun quyidagicha 
ishlash ma’qul. Adilakni ikkita ko’tarish vinti o’rtasiga qo’yib, pufakchani o’rtaga 
keltirgach, alidadani bo’shatib 180° o’rniga taxminan 90° ga aylantiriladi, ya’ni 
tsilindrik adilak uchini ko’tarish vinti yo’nalishiga parallel qo’yiladi va uchinchi 
ko’tarish vintini burab, pufakcha o’rtaga keltiriladi. 
Bunda adilak to’g’ri bo’lsa, teodolit gorizontal vaziyatga kelgan bo’ladi.
Keyin adilak ilgarigi holatiga ikkita ko’tarish vinti o’rtasiga qo’yiladi, 
pufakcha o’rtada bo’lsa, 180° ga aylantiriladi.
Pufakcha o’rtadan qancha qochsa, shuning yarimiga adilakning tuzatish vinti 
bilan to’g’rilanadi, yana 180° ga aylantirib ikkita ko’tarish vinti bilan pufakcha 
o’rtaga keltiriladi, keyin 90° ga aylantirib, uchinchi vint bilan pufakcha o’rtaga 
keltiriladi. Bu ish bir necha marta – adilak hamma yerda gorizontal bo’lguncha 
davom ettiriladi. 

Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə