Mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati



Yüklə 30,91 Kb.
səhifə1/3
tarix22.03.2024
ölçüsü30,91 Kb.
#180843
  1   2   3
1 mavzu


  1. Mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati.


Reja: 1. Din tushunchasi
2. Din falsafasi
3. Dinning funksiyalari.
Din tushunchasi о‘zbek tiliga arab tilidan kirib kelgan bо‘lib, ishonch, inonmoq ma’nosini bildiradi. Bizning fikrimizcha, din real voqelikdagi, ijtimoiy hayotdagi narsa va hodisalarni tabiatdan, jamiyatdan tashqarida mavjud deb hisoblaydigan, ularni о‘ziga xos tarzda aks ettiradigan ma’naviy e’tiqod va amalning bir turidir. E’tiqod sо‘zi ham arab tilidan kirib kelgan bо‘lib, chuqur, mustahkam ishonch ma’nosini anglatadi- Demak, diniy e’tiqod deganda mustahkam, chuqur ishonch, maslak, ishonish tushuniladi. Ilohiyot, ya’ni diniy ta’limot nuqtai nazardan "din", "diniy e’tiqod" tushunchalari jamiyat, inson, uning ongi hayotning ma’nosi, maqsadi va taqdiri uni bevosita qurshab olgan moddiy olamdan tashqarida bо‘lgan, uni gо‘yo yaratgan, ayni zamonda insonlarga birdan-bir "tо‘g‘ri", "haqiqiy", "odil" hayot yо‘llarini kо‘rsatadigan va о‘rgatadigan ilohiy kuchga ishonch va ishonishni ifoda etadigan maslak, qarashlar, ta’limotlar majmuidan iboratdir.
Muayyan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va g‘oyaviy sabablarga kо‘ra diniy dunyoqarashlar tо‘la hukmron bо‘lgan sharoitlarda qar qanday ilg‘or tabiiy, ilmiy, jumladan, falsafiy qarashlar ham diniy qarashlarni, ularning mavjudlik sabablarini, mohiyati masalalarini chetlab о‘ta olmagan; lekin ularning din haqidagi qarashlari ruhoniy va ulamolarning rasmiy qarashlaridan jiddiy farq qilgan. Biz bu vaziyatni Forobiy va Beruniyning dinga bо‘lgan munosabatlarida kо‘rishimiz mumkin.
Forobiyning dinga munosabati asosan uning "Fozil shahar aholisi hakida kitob" risolasida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham falsafa kabi voqelikni о‘rganishga qaratilgan, Bu falsafa moddiy olamni bilish, sabab, oqibat bog‘lanishlarini aniqpash orqali о‘rganadi. Din esa voqelikka bu uslub bilan emas, balki tasvir (obrazli), ramziy, majoziy, qiyosiy tasavvurlardan foydalanish orqali e’tiqod qilishga chakirish yо‘li bilan yondashadi. Demak, din voqelikni, sabab va oqibat bog‘lanishlarining moddiy asosini о‘rganmasdan izoxlashga kirishadi. Ayni zamonda voqelikni falsafiy bilish, о‘z mohiyatiga kо‘ra, diniy bilishdan ustuvordir.
Beruniyning dinga munosabati uning "Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar" va "Hindiston" asarlarida bayon qilingan. Uning fikricha, din ham bilim bо‘lib, bunday bilim voqelikdagi narsa va hodisalarni dalillar orqali isbotlash bilan о‘rganish mumkin bо‘lmagan joyda qо‘llaniladi. Diniy bilim isbotsiz e’tiqodga, ilmiy bilim esa dalillashga, isbotlashga asoslanadi. Beruniyning о‘zi esa butkul dalillarga asoslangan bilimlar bilan shug‘ullangan. U moddiy olam haqidagi ilmiy masalalarni hal qilishda dinning ta’sirini cheklashga intilgan. Forobiy va Beruniy dinga bunday yondashishlar orqali ilmiy bilimni din ta’siridan xalos etishga g‘oyat о‘rinli harakat qilganlar. Ular dinga emas, unga singib qolgan mutaassiblikka qarshi chiqqanlar.
Ilmiy bilimlarga asoslangan dunyoviy ishonchli, haqikiy ta’limot olamning mavjudlik sabablari masalasida diniy qarashlar bilan kelishmasa-da, ammo insonni, uning ijtimoiy faoliyati, ma’naviy va axloqiy qadriyatlarini о‘rganishda minglab yillar mobaynida uning bag‘rida qо‘lga kiritilgan bilim, tajriba, ularning hozirgi kundagi ijobiy ahamiyatini aslo rad qilmaydi. Dinlarning paydo bо‘lishi, qaror topishi va qayta tiklanishining gnoseologik, ijtimoiy va psixologik ildizlari mavjudsir. Uning ildizlari о‘zaro aloqadorlikda bо‘lib, ijtimoiy taraqqiyotning turli bosqichlarida ularning egallagan о‘rni ham, odamlarga ta’sir darajasi ham goh kuchayib, goh pasayib turadi; bu ildizlar tufayli din tarqalib, qaror topib, amal qilib, goh avj olib, goh zaiflashib turadi. Masalan, hozirgi davrda umumbashariy (global) muammolar, chunonchi oziq-ovqat yetishmasligi, xom ashyo kamayib borayotganligi, energiya tanqisligi, aholining tez kо‘payib borayotganligi, termo- yadro urushi xavfi kuchayayotganligi, atrof-muhitning tobora ifloslanayotganligi, ekologik vaziyat, ya’ni axloqiy buzilish (siyosiy, diniy ekstremizm, terrorchilik, korupsiya, о‘g‘irlik, talonchilik, buzg‘unchilik va h. k., tobora kо‘proq taxdid, xavf- xatar tug‘dirmokda. Din kishilar о‘rtasidagi muayyan munosabatlar va bu borada diniy tashkilotlarning faoliyatidan ham iboratdir. Dinning hamma tarkibiy qismlari singari diniy munosabatlar va diniy tashkilotlar faoliyati ham ijtimoiy vaziyatlar bilan belgilanadi. Bularning faoliyati nisbiy mustaqillikka ega bо‘lib, kishilarning voqelikka bо‘lgan munosabatiga muayyan darajada ijobiy yoki salbiy ta’sir etib turadi.

Yüklə 30,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə