Mavzu. Din ijtimoiy madaniyat hodisa sifatidagi ahamiyati



Yüklə 30,91 Kb.
səhifə3/3
tarix22.03.2024
ölçüsü30,91 Kb.
#180843
1   2   3
1 mavzu

Dinning funksiyalari. Umuman din, xususan islom dini 5 asosiy funksiyani boshqaradi. Bular qatoriga kompensatorliq integrativ, regulyativ, kummnikativ va legitimlovchilik funksiyalar kiradi. Dinning yuqorida qayd qilingan besh funksiyasining qisqacha ta'rifi va tavsiflari quyidagilardan iborat: Birinchidan, har qanday o'z dinidagilar uchun to'ldiruvchi, ovutuvchi (kompensatorlik) vazifasini bajaradi. Masalan, insonda diniy ehtiyoj hosil bo'lishini olib karaylik. U o'z hayoti, turmush tarzi, tabiat va jamiyat bilan bo'lgan munosabatlari jarayonida shaxsiy va ijtimoiy ehtiyoj, maqsadlarga yetishishi qkiyin, ilojsiz bo'lib ko'ringanda banday ma'naviy ehtiyoj vujudga kelgan. Chunki inson hayotida quvonchli yoki tashvishli onlarda, orzular ro'yobga chiqishi ilojsiz bo'lgan paytda insoniyatning dinga ehtiyoji jamiyat bo'lib yashash talablarida boshlangan; din bu o'rinda ma'naviy ehtiyojni qondiruvchi, tasalli beruvchilik vazifasini bajargan. Ikkinchidan, dinlar o'z ta'limot tizimini vujudga keltirib, unga e'tiqod qiluvchi shaxs jamoani shu ta'limot doirasida saqlashga harakat qiladi. Buni dinlarning birlashtiruvchilik (integrativlik) funksiyasi deyiladi. Bunda din muayyan ijtimoiy, etnik va ma'naviy hayotning o'z ta'siri doirasida bo'lishini ko'zda tutadi. Masalan, islom o'tmishda Markaziy Osiyo xalqlarining ijtimoiy hayoti, ahloqiy munosabatlari, hattoki adabiyot va san'atiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Bular orqali elat va xalqlarda turli xil birlashtiruvchi munosabatlar qaror topadi. Ucinchidan, din dindorlar hayotini tartibga solish, nazorat qilish (regulyativlik) funksiyasini ham bajaradi. Har qanday dinlarning muayyan urf-odat, marosim va bayramlari bo'lib, ularni o'z vaqtida, diniy ta'lim va talab asosida bajarilishi shart qilib qo'yiladi. Turtinchidan, din dindorlarning birligini, jamiyat bilan shaxsning o'zaro aloqasini ta'minlovchi xususiyat – aloqa bog'lashlik vazifasiga ham egadir. Bunda konkret bir dinga e'tiqod qiluvchi kishi shu dindagi boshqa kishilar bilan bog'lik bo'lishi, urf-odat va ibodatlarni jamoa bo'lib ado etish ko'zda tutiladi. Cherkov, masjid va diniy tashkilotlar dinning bu funksiyasini amalga oshirishga ko'maklashadi, ayni paytda, bu holatni nazorat kiladi. Har qanday dinning muayyan tarixiy sharoitda bajaradigan funksiyalari yig'indisi uning ijtimoiy rolini belgilaydi. Dinning ijtimoiy hayotga ta'siri hamma vaqt ham bir hil bulgan emas. U vaqtga, sharoitga qarab sezilarli darajada o'zgarib boradi. Din tirixida dinshunoslar dinning paydo bulishini turlicha izohlab kelganlar. Uning paydo bo'lish sabablari qadimgi dunyo dinshunoslarini qiziqtirgan, binobarin, unga javob topishga harakat qilishgan. Xitoy, Hindiston va xususan, qadimgi grek faylasuflari borliq to'risidagi fikr yuritganlarida din, uning kelib chiqishi va mohiyati to'g'risida ham ayrim g'oyalarini olg'a surganlar. PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com Dinning paydo bulishi va rivojlanishini ilmiy asoslarda o'rganish quyidagi: a) ob'yektivlik; b) muayyan tarixiy sharoitni hisobga olish; v) ilmiylik; g) qiyosiylik; d) umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'liqlik; ye) din mavjudligini, umuman gnoseologiq ijtimoiy-iqtisodiy va psixologik sabablarni hisobga olishni taqozo etadi. Ijtimoiy-gumanitar fanlar tadqiqotchini jamiyatga xos bulgan asosiy hodisalar xususiyatlarini, ularning paydo bulishi, o'zgarishi va rivojlanishini aniqlashga undaydi va anglashga yordam beradi. Tarixiy, ijtimoiy usul deb atalmish bunday yondashuv tarixiy etnografik tadqiqotlarni olib borishda va ularning natijalaridan talabalarni xabardor qilishda ayniqsa yaxshi samara beradi. U yosh avlodda, jumladan talabalarda diniy e'tiqod va an'analarning saqlanishi va takrorlanishiga sabab bo'ladigan ijtimoiy-psixologik omillarni tadqiq etishda to'g'ri yo'nalishni belgilab olish imkonini beradi. Yuqorida ta'kidlab o'tilganideq ijtimoiy-psixologik hodisalarning xususiyatlarini hisobga olmay turib dinni tushunish, izohlash, tavsiflash mumkin emas. Din ma'naviy, aniqrog'i, g'oyaviy-madaniy omil bo'libgina qolmay, ayni vaqtda, ko'pgina jihatlardan ijtimoiy-ruhiy hodisa hamdir. Din ijtimoiy birliklar va guruhlar mafkurasi va psixologiyasining tarkibiy qismi, bayram, urf-odat va marosimlarning manbai bo'lib, jamoa va guruhlar fikrini shakllantiradi, shaxs va ijtimoiy guruhlarning dasturlarini, qadriyat yo'nalishlarini belgilaydi. Shu bilan birga, dinning paydo bo'lishi va evolyusiyasi, muayyan jamiyatdagi shart-sharoitni va uning dastlabki shakllari – totemizm, fetishizm, animizm, sehrgarliq zardushtiyliklarni o'rganish turli ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlarda dinning paydo bulish, mavjud bo'lib turish sabablari va ildizlarini o'rganishni ham taqozo etadi

Adabiёtlar.




1.Najmiddinov J., Karimov J., Turdiyeva D.. Dinshunoslik. Qomusiy lugʻat. Imom Buxoriy xalqaro markazi nashriyoti, 2017 — 480 bet.
2.Dunё dinlari tarixi. Wquv qwllanma. –T., Toshkent islom universiteti nashriёt-matbaa birlashmasi, 2011.
3.Dinshunoslik asoslari. Wquv qwllanma. –T., Toshkent islom universiteti nashriёt-matbaa birlashmasi, 2013.
4.Men A. İstoriya religii. – M.: 1994.
5.Peter Anters. Religii sovremennosti. İstoriya i vera. –M.: Progress–Traditsiya, 2001.
6.Radugin A.A. Vvedenie v religiovedenie: teoriya, istoriya i sovremennıe religii. – M.: 1996.



Yüklə 30,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə