Germaniyada bolalar huquqiy vakolatlari



Yüklə 20,38 Kb.
tarix28.03.2023
ölçüsü20,38 Kb.
#103422
7. Germaniyada bolalar huquqiy vakolatlari


Germaniyada bolalar huquqiy vakolatlari
Reja:



  1. Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari.

  2. Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining muqaddas Rim imperiyasi» (X-XIII asrlar).

  3. Germaniyada kurf-yuristlar oligarxiyasi va tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIII-XVII asrlar)da ijtimoiy-siyosiy tuzumda yuz bergan o`zgarishlar.

1. Germaniya davlatining tashkil topishi, rivojlanish


xususiyatlari va taraqqiyot bosqichlari
843 yilda Verden shahrida bo`lgan taqsimotga muvofiq «Sharqiy Frank yerlari» - bo`lg`usi Germaniya hududi Ludovik Nemisga o`tdi. Aslida bu yerlar bir necha qabilaviy knyazliklarning yerlari edi. Bu vaqtda mamlakatning milliy birligi to`g`risida so`z ham bo`lishi mumkin emas edi. Gersogliklar shimoldan janubga qarab quyidagicha tartibda joylashgan edi: Saksoniya, Frankoniya, Shvabiya (ilgarigi Allemaniya), Bovariya. Birmuncha keyinroq borib g`arbda joylashgan beshinchi bir gersoglik - Lotaringiya Fransiyadan tortib olindi va Germaniya tarkibiga kiritildi. Shuningdek, qator fransuz, italyan va slavyan yerlari - Burgundiya, Shimo-liy Italiya, Bogemiya, Avstriya va boshqalar ham tez orada Germaniyaga qo`shib olindi. Shu tariqa vaqtincha nisbatan yagona Germaniya qirolligi tashkil topdi. Dastlab bu qirollik «Sharqiy franklar qirolligi», X asr o`rtalarida esa Tevtonlar davlati deb atalgan. Bu davlat keyinroq - XI asrdan Germaniya deb yuritila boshlandi.
O`rta asrlarda Germaniya davlati va huquqining tashkil topishi va rivojlanishida, shuningdek, german feodalizmining o`ziga xos bir qancha xususiyatlarini ajratib ko`rsatish mumkin34:
Germaniya davlati urug`doshlik tuzumining yemirilishi natijasida paydo bo`lmasdan, balki o`rta asrlarda feodalizmni o`z boshidan kechi-rayotgan davlat - franklar davlatining inqirozi (bo`linib ketishi) natijasida, uning bir qismida tashkil topdi.
Germaniyada jamoa - marka slavyanlar va franklardagiga nisbatan ancha turg`un bo`lib, dehqonlarni qaramlikka tashlash jarayoni ancha uzoq vaqtga cho`zilgan.
Germaniyada tovar-pul munosabatlarining barvaqt rivojlanishi ishlab chiqarishning natural xarakterini birdaniga buzib tashlamadi. Ger-man knyazliklarining notekis iqtisodiy rivojlanishi sezilib turdi. Lekin bu yerda feodalizm sust rivojlangan bo`lsa-da, XI-XII asrlarda jamiyatning feodallashish jarayoni nihoyasiga yetib, asosiy sinflar - yer egalari va ular-ga qaram dehqonlar shakllangan edi.
Ijtimoiy tuzumi bo`yicha Germaniya aholisi juda tabaqalashib ketgan edi. Masalan, hukmron tabaqa - ritsarlarning35 o`zi 7 ta darajada turardi.
XIV asrga kelib, agarda Angliya va Fransiya davlatlarida siyosiy tarqoqlik tugatilib, markazlashuv ro`y berayotgan bo`lsa, Germaniyada buning teskari jarayoni - siyosiy tarqoqlik kuchayayotgan edi. Buning asosiy sababi Germaniyada o`ziga xos tabaqa-vakillik hokimligining vujudga kelganligida edi. O`rta asrlarda Germaniya davlatining tashkil topishi va rivojlanishida quyidagi bosqichlarni ajratib ko`rsatish mumkin:
Ilk feodal monarxiyasi davri (X-XIII asrlar).
Kurfyurstlar oligarxiyasi hamda tabaqa-vakillik monarxiyasi davri (XIV-XVII asrlar).
German qirolliklari absolutizm davri (XVII-XVIII asrlar).
Biroq, davlat va huquq tarixi fanida ba`zi olimlar o`rta asrlarda Germaniya davlati tarixini boshqacharoq tarzda ham davrlarga bo`lib o`rganadilar. Jumladan, moskvalik huquqshunos olim S.V.Chirkin uni quyidagicha ikkita katta davrga bo`lib o`rganishni tavsiya etadi:1. Germaniya imperiyasi doirasida nisbatan markazlashgan ilk feodal monarxiyasi davlatining tashkil topishi va rivojlanishi davri (X-XII asrlar).
2. Germaniyada hududiy tarqoqlik va german knyazliklari - dav-latlarining rivojlanishi davri (XIII asr-XIX asrning boshi)36.
Bizningcha, o`rta asrlarda Yevropa davlatlari rivojlanishining umu-miy qonuniyatlarini, xususan ularda monarxiyaning rivojlanish bosqich-larini hisobga olganda Germaniya davlati tarixini yuqoridagicha uch davrga bo`lib o`rganish maqsadga muvofiqdir.
2. Ilk feodal monarxiyasi. «German millatining
muqaddas Rim imperiyasi» (X-XIII asrlar)
Germaniya davlati XI-XII asrlarda nisbatan yagona davlat bo`lib turgan. XII asrdan e`tiboran bu yerda ham siyosiy tarqoqlik jarayoni boshlandi. Biroq bu jarayon boshqa mamlakatlardan, jumladan, Fran-siyadan farqli o`laroq, orqaga qaytmas xarakter kasb etgan. Buning esa qator tarixiy-siyosiy shart-sharoitlari mavjud edi. Ularning ichida tashqi siyosiy omillar muhim o`rin tutgan. German feodallarining asosiy yo`na-lishda - sharqda slavyanlar va vengerlarga qarshi, janubda Italiyaga qarshi olib borgan bosqinchilik yurishlari german gersogliklarining sun`iy (no-miga) birlashishlariga olib kelgan.
Ma`lumki, Germaniyada X asrlarda xuddi Fransiyadagi singari bir necha musta-qil davlatlar (viloyatlar) tashkil topib, ular faqat rasmiy jihatdangina qirol hokimiyatini tan olar edi. Zero, qirollar bu vaqtda hali urug`doshlik tuzumi davridan beri odat huquqi asosida saylanib qo`yilar edi. Faqat Otton I davri (936-973 yillar)dan boshlab bu tartib o`zgargan. Otton I otasi Genrix I ning qirol hokimiyatini mustahkamlash siyosatini davom ettirdi. U, dastavval boshqa gersoglar ustidan nazoratni kuchaytirdi, buning uchun nikoh va boshqa qarindoshlik aloqalaridan foydalandi. Qirol ta`sirini butun mamlakatga yoyishning ikkinchi bir usuli yepiskoplik tizimi bo`ldi. Otton cherkov bilan do`stona aloqa bog`ladi. U yepiskoplarga keng miqyosda immunitet huquqlar berdi va ularga juda ko`plab yerlar ulashdi. Shu bilan birga, u yepiskoplarni ham o`zi tayinlardi. Cherkov yerlaridan keladigan daromadlardan qirol xazinasiga ko`pdan-ko`p hissalar ajratildi. Shunday qilib, Germaniyada cherkov manfaatlari bilan davlat manfaatlari bir-biriga chatishib ketdi. Germaniyaning turli viloyatlaridagi yepiskoplar mahalliy knyazlarga-gersoglarga e`tibor bermay, bevosita qirolga bo`ysun-dilar. Shu bilan bir vaqtda yepiskoplarning qirolga tobeligi ularning Rim papasiga deyarli bo`ysunmay qo`yishiga olib keldi.Otton I ham otasi kabi agressiv tashqi siyosat yuritib, slavyanlar va vengerlarni o`z ta`siriga oldi, ularni xristianlashtira boshladi. Lekin u aso-siy e`tiborni Italiyaga qaratgan edi, chunki Italiya german imperatorlari-ning «dunyoga hokim bo`lish» rejalarida asosiy o`rin tutar edi. Otton I dastlab 951 yilda Italiyaning Paviya shahrini bosib oldi, shimoliy Italiya knyazlaridan bir nechtasini tor-mor qilib, Provans bilan Italiya qiroli Lo-tarning beva qolgan xotini qirolicha Adelgeydaga uylandi. Germaniyaning shimoliy Italiyaga ta`siri va german qirolining Italiya siyosati ham shundan boshlandi.961 yilda Otton Italiyaga yana yurish qildi. Bu safar Ottonni papa Ioann XIIning o`zi yordamga chaqirgan edi, chunki papaga uning vas-sallari - rim baronlari xavf solayotgan edi. Karl Buyuk o`lgandan keyin ku-chaygan va IX asrning o`rtalarida diniy hokimiyatni dunyoviy hokimiyat-dan ustun turadi37 degan nazariyani ko`tarib chiqqan papalikning o`zi endi Italiyada feodallashuv jarayonining yanada kuchayishi munosabati bilan qattiq inqirozga uchrab, qirol hokimiyatining yordamiga muhtoj bo`lib qolgan edi. Otton I Rim feodallarini bostirib, papani taxtga o`tkazdi. Bun-ga minnatdorchilik bildirib papa 962 yilning boshida Ottonga imperatorlik tojini kiygizdi. Shunday qilib, yangi «imperiya tiklandi». Shu narsa xarak-terliki, ilgari Karl Buyuk bo`lgani singari, bu safar Otton ham Rim impera-tori deb e`lon qilindi. Yangi imperiyaga «Muqaddas Rim imperiyasi» deb nom berildi. Shundan keyin german imperatorlari o`zlarini rim sezarlari (imperatorlari)ning vorislari deb hisoblay boshladilar. Faqat keyinroq bo-rib, XII asrdagina bu iboraga ikki so`z qo`shilib, «German millatining mu-qaddas Rim imperiyasi»38 deb ataladigan bo`ldi va bu nom 1806 yilgacha saqlanib qoldi. «Muqaddas» deb atalishining asosiy sababi shunda ediki, davlatning tepasida rasman imperator va papa turgan. Amalda esa butun hokimiyat imperator qo`lida to`plangan edi.



3434 Bu haqda qarang: Muqimov Z. Chet mamlakatlar davlati va huquqi tarixi. Qadimgi dunyo hamda o`rta asrlar davlati va huquqi tarixi.I qism. O`quv qo`llanmasi.– Samarqand SamDU nashri, 1992.-99-100-betlar.

35


36


37


38


Yüklə 20,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə