qo’shimcha qiymat ishlab chiqarish tadbirkorlarni yangi texnika va texnologiyalarni
qo’llashga undaydi.
Ish haqi.
K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o’xshab,
mehnat uchun to’lanadigan haq deb emas, balki
ishchi kuchi uchun to’lanadigan haq
deb talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq, ish haqi ishchining va uning
oilasining hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan tovarlar miqdoriga teng bo’ladi. Ish
haqi darajasi mehnat unumdorligiga bog’liq bo’lib, u, o’z
navbatida, ishlab
chiqarishning mexanizatsiyalashuvi va texnologik jihatdan ta’minlanishi sababli
ro’y beradi. Bu hol pirovard natijada ish haqining o’sishiga to’sqinlik qiladi, negaki
texnik-iqtisodiy taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini keltirib chiqaradi.
Ishchi kuchining ortiqchaligi esa, ishchilar bilan kapitalistlar o’rtasidagi
munosabatda keyingisiga ustunlik beradi va ishchi kuchi o’z qiymatidan past bahoda
sotiladi.
Demak, K.Marks bo’yicha, ishchi mehnatini emas, balki ishchi kuchini sotdi,
bunda «haq to’lanmagan mehnat»ning (aniqlash va o’lchash mumkin bo’lgan) ish
haqiga aloqasi bo’lmaydi, «haq to’lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin
emas, negaki bitim (kelishuv) bir butun ishchi kuchi
qimmatini ayirboshlash
yuzasidan tuziladi. Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki
mehnat jarayoni tugagandan keyin to’laydi. Ishchi o’z ishchi kuchining qiymatini
ish haqi shaklida olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda mehnat, shu
jumladan, qo’shimcha mehnat ham qilishi kerak.
Mehnat sarfi esa, uning
nazariyasiga ko’ra, ish vaqti bilan o’lchanadi. Binobarin, ishchi kuchining ma’lum
muddat davomida unumli mehnat qilishi uning qiymatiga haq to’lash sharti bo’lib
qoladi.
K.Marks fikri bo’yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat unumdorligi
kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o’smaydi» va natijada ishchilarning
kambag’allik va ma’naviy qashshoqligi kelib chiqadi. Lekin tajriba bunday
qarashlarning mutloq noto’g’ri ekanligini ko’rsatib berdi. Kapitalizm nafaqat
texnologiyalar darajasini takomillashtirib bordi (buni Marks tan olgan) balki
ijtimoiy masalalar bo’yicha ham katta yutuqlarni qo’lga kiritdi.
Dostları ilə paylaş: