|
 Gidrosferani muhofaza qilish Reja
|
səhifə | 5/7 | tarix | 02.04.2023 | ölçüsü | 133,77 Kb. | | #104008 |
| Gidrosferani muhofaza qilish RejaKimyoviy ifloslanish – eng ko‘p tarqalgan, barqaror va keng miqyosida tarqaladigan ifloslanish. Bu ifloslanish organik (fenollar, pestitsidlar, neft mahsulotlari), noorganik (tuzlar, kislotalar, ishvoriylar), toksik (mashyak, simob, kadmiy birikmalari) va notoksik bo‘lishi mumkin.
Bakteriologik ifloslanish – suv tarkibida bakteriyalar, patogen viruslar, oddiy zamburug‘lar (700 turgacha) paydo bo‘lishi bilan harakterlanadi. Ifloslanishning bu turi qisqa muddatli harakterga ega.
Radioaktiv ifloslanish – suvning radioaktiv moddalar bilan ifloslanishi. Bu ifloslanish turi (suvga kichik miqdorda tushgan bo‘lsada) o‘ta xafli deb hisoblanadi.
Mexanik ifloslanish – suvga turli mexanik aralashmalarning qo‘shilishi (qum, gil, shag‘al). Mexanik aralashmalar suvning organoleptik xussuiyatlarini keskin pasaytirishi mumkin.
Issiqlik ifloslanish – suvning harorati issiqrok suv yoki texnologik suvlar bilan aralashishi. Bu ifloslanish natijasida suvning kimyoviy va gazoviy tarkibi o‘zgaradi, buning oqibatida suvning tarkibida anaerob bakteriyalar ko‘payishib, zaharli gazlar paydo bo‘ladi.
Oqova suvlarni tozalashning bir necha usullari mavjud va ular turlicha tavsiflanadi. Tozalash inshootlari qurishda avvalo, ovoa suvlardagi moddalar, ularning miqdori va agregat holatlariga e’tibor beriladi.
Mexanik tozalash – panjara, tindirg‘ich, filtralar yordamida. Bu uslub oqova suvlarni qattiq zarrachalardan tozalash uchun qo‘llanadi.
O‘lchamlari 25 mm gacha bo‘lgan zarrachalar bilan ifloslangan oqova suvlarni tozalash uchun ular suzgichdan (panjara) o‘tqaziladi. Tindirish usuli suyuqliklarda katta zarrachalarni tindirishga asoslangan. Bunda birg‘biriga yopishmiydigan, o‘z shakli va o‘lchamlarini o‘zgartirmaydigan zarrachalarning erkin cho‘kishi tushuniladi. Agar oqova suvlarning tarkibida mayda qattik zarrachalar miqdori uncha ko‘p bo‘lmasa, ular filtrlash yo‘li bilan tozalanadi
Dostları ilə paylaş: |
|
|