G’ijduvon tumani 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yoshlar kelajak bunyodkori” mavzusida o’tkazilgan ma’rifat soati bayonnomasi



Yüklə 157,64 Kb.
tarix26.07.2023
ölçüsü157,64 Kb.
#119963
27.06.2023 32-DMTT


“Tasdiqlayman”
32-DMTT direktori
____S.Nasilloyeva
27.06.2023
G’ijduvon tumani 32-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida
“Yoshlar - kelajak bunyodkori” mavzusida
o’tkazilgan ma’rifat soati


BAYONNOMASI
G’ijduvon tumani 27. 09. 2022- yil
Yig’ilish raisi: S.Nasilloyeva
Kotiba: G.Sunnatova
Ishtirok etishdi: pedagog va tarbiyachilari


KUN TARTIBI:

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yoshlar - kelajak bunyodkori” mavzusida ma’rifat soatini o’tkazish to’g’risida.



ESHITILDI.
Mamlakatimizda yoshlarni vatanparvarlik, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Sababi, ular jamiyat uchun “yangi qon” vazifasini o‘taydi. Yangidan-yangi tashabbus-g‘oyalarni ilgari surish, zamonaviy ish yuritish uslublarini joriy qilishda ana shu qatlamning nuqtai nazari va sa’y-harakatlari alohida ahamiyat kasb etadi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mamlakatimiz yoshlariga qarata “Sizlarning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni egallab, hayotda o‘z mustahkam o‘rningizni topishingiz, baxtli bo‘lishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”, degan so‘zlari o‘sib kelayotgan avlodga qanot bag‘ishlayotgani bor gap. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan keyingi yillarda bu borada keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Ma’lumki, Prezidentimiz 2017-yilda bo‘lib o‘tgan BMT Bosh Assambleyasi sessiyasidagi chiqishida ham yoshlar huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya ishlab chiqish taklifini ilgari surgan edi. 2018 yilda SHHT sammitida Prezidentimiz taklifiga muvofiq tashkilotga a’zo davlat rahbarlarining Yoshlarga qo‘shma murojaati qabul qilindi.
Bunday yuksak darajadagi e’tibor va g‘amxo‘rlikka javoban mamlakatimizda yangi avlod — vatanparvar, fidoyi, ma’naviyati yuksak yoshlar yetishib chiqmoqda.
Vatanparvar yoshlar — kelajak bunyodkori. Kelajagimizning qanday qurilishi, nimalar o‘zgarishi esa ularga bugun berayotgan e’tiborimizning natijasiga bog‘liq. Ularni fidoyi, vatanparvar, ham intellektual, ham jismonan barkamol etib tarbiyalash asosiy vazifalarimizdan biri hisoblanadi. Shu bois o‘tgan qisqa davrda yoshlar masalasi davlatimiz siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Ta’kidlanganidek, mustaqillik yillarida yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Davlatimiz rahbarining bevosita tashabbusi bilan yurtimizda “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi”ning tashkil etilganligi va 30 iyun sanasi Yoshlar kuni deb e’lon qilinishi ushbu yo‘nalishdagi sa’y-harakatlarning mantiqiy davomi bo‘lganiga alohida e’tibor qaratildi. Prezidentimizning ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qarori bilan tasdiqlangan, yoshlarga doir siyosat borasidagi barcha maqsadlarni o‘zida aks ettirgan Dasturda yoshlarni mas’uliyatli lavozimlar zaxirasiga kiritish, oliy ta’lim muassasalariga imtiyoz bilan qabul qilish, imkoniyati cheklangan yigit-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida “Yoshlar klubi”ni tashkil qilish singari g‘oyat muhim tashkiliy-huquqiy tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.
Shu kabi g‘oyalarni inobatga olib, Qonunchilik palatasida Yoshlar masalalari bo‘yicha kommissiya tuzilgani aytib o‘tildi. Bugungi kunda ushbu komissiya yoshlarning siyosiy faolligini, jamiyatda yoshlar mavqeini yanada oshirish, ular manfaatiga xizmat qiluvchi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqish borasida faol ishtirok etib kelayotganligi tadbir davomida ta’kidlab o‘tildi.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi qonun davlatimizning yoshlarga yuksak e’tibori namunasidir. Ushbu hujjatda yoshlarning huquq va manfaatlari to‘liq, ishonchli asosda mustahkamlanganligi bizni ruhlantirdi.
Bugun yoshlarning jamiyatda o‘z o‘rnini topishi uchun o‘zini mas’ul deb bilgan har bir davlat yoshlar hayotiga yoshlarga oid siyosati bilan ta’sir o‘tkazadi. Mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish zamirida “Yoshlar saylov komissiyasi”dek faoliyatni yo‘lga qo‘yilishi, ularning o‘z huquq hamda manfaatlarini himoya qilishga va davlat boshqaruvida faol ishtirokini ta’minlashga ko‘maklashadi. Muxtasar aytganda, yoshlar jamiyatdagi siyosiy o‘zgarishlarning nafaqat ishtirokchisi, balki tashabbuskori ham bo‘lishi lozim
Yoshlar masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilib, ularni yuksak ma’naviyatli, zukko, bilimdon, yurt taqdirini o‘z zimmasiga olishga qodir avlod sifatida voyaga yetkazish uchun zarur shart-sharoitlar muhayyo qilindi.
Bundan oqilona foydalanayotgan ertamiz egalari o‘z iste’dod va salohiyatini to‘la namoyon etib, hamma sohada yuksak natijalarni qo‘lga kiritishmoqda.
Yoshlar bunyodkorlik salohiyatiga ega bebaho resursdir. Ammo mazkur salmoqli qatlam yurt taqdiri va kelajagini hal qiluvchi katta kuchga aylanishi uchun davlat, dastavval, ularni ijtimoiy, ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi, o‘z huquq hamda majburiyatlarini erkin ro‘yobga chiqarishi, jamiyatda munosib o‘rnini topishiga qulay sharoit yaratishi kerak edi. 1991 yilning boshlaridayoq (E’tibor bering, hali mustaqillik e’lon qilinmasdan!) Prezidentimizning bevosita tashabbusi bilan “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqila boshlandi va u 1991 yil 20 noyabrda qabul qilindi. Mazkur Qonunni O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining milliy konsepsiyasi hamda aynan ertamiz egalari manfaatlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan dastlabki huquqiy hujjat, deyish mumkin. Unda yoshlar bo‘yicha davlat siyosatining maqsad va tamoyillarigina emas, balki bugungi kun nuqtai nazaridan ular bilan bog‘liq o‘ta prinsipial masalalar o‘z aksini topgan. Iqtidorli o‘g‘il-qizlarni rag‘batlantirish, yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun zarur ijtimoiy xizmatlar tizimini yaratish, yosh oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish, voyaga yetmaganlar, shuningdek, yoshlar qatlamining ayrim toifalari (nogironlar, uy bekalari, Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilar, talabalar, harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar)ni ijtimoiy muhofaza qilish ana shular jumlasidandir.
QAROR QILADI.
1.Kun tartibidagi masala yuzasidan ko’rilgan masala ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yoshlar - kelajak bunyodkori ” mavzusida ma’rifat soatini o’tkazish va xujjatlarini rasmiylashtirish tashkilot ma’naviyatchisi zimmasiga yuklatilsin.
3. Ushbu qaror ijrosi nazoratini o’z zimmamda qoldiraman.

Yig’ilish kotibi: G.Sunnatova
Yüklə 157,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə