Global ekologik muammolarning kelib chiqish sabablari va ularni hal qilish chora tadbirlari


II bob. Global ekalogik muammolarning kelib chiqish sabablari



Yüklə 151,38 Kb.
səhifə3/7
tarix21.07.2023
ölçüsü151,38 Kb.
#119790
1   2   3   4   5   6   7
Global ekologik muammolarni tartibga solishning institutsional mexanizmlari

II bob. Global ekalogik muammolarning kelib chiqish sabablari
2.1 Tabiat va jamiyat munosabatlarining keskinlashuvi
Tabiat insonlarning moddiy va ma’naviy talablarini qondiruvchi manbadir. Tabiat - bu butun moddiy borliqdir. Tabiat va jamiyat bir-biri bilan chambarchas bog’langan yaxlit borliqning ikki bo’lagini tashkil etadi.
Tabiat va jamiyatning umumiy belgilari bilan bir qatorda o’ziga xos tomonlari ham bor. Butun ijtimoiy hayot, ishlabchiqarish, inson va uning ongi tabiat qonunlariga bo’ysunadilar. Bu borada jamiyat tabiatning bir qismi. uning sotsial mohiyatini aks cttiradi. Jamiyat va tabiat turli yo’nalishlarda doim muloqotda boMadi. Tabiiy muhitsiz jamiyat yashay olmaydi. Hayot insonni tabiat bilan bog’laydi. Insonning yashashi uchun zarur bo’lgan barcha narsalar - ozuqa. kiyim, qurilish matcriallari va boshqalar tabiatdan olinadi. Jamiyatda foydalaniladigan barcha narsalar ikki element: tabiat mahsuloti va mehnat natijasida hosil bo’ladi.
Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalansh masalasi xalqaro ahamiyatga molik bo’ldi va umumxalq ishiga aylandi. Shuning uchun bu muammo juda ko’p mamlakatlaming qonunlarida o’z aksini topgan. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida yer shari tabiatini qo’riqlash global, olamshumul ahamiyat kasb etmoqda. Tabiat komponentlaridan birontasining buzilishidan boshqa bir qancha komponcntlar muvozanati, tabiiy ekosistemalar o’zgarib ketishiga olib kclmoqda. Tabiatni muhofaza qilish va tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish masalasini xalq ommasi o’rtasida targ’ibot qilish hamda uni o’rta maktablarda. oliy o’quv yurtlarida ham o’rganish vaqti keldi. Binobarin, bu vazifani amalga oshirishda barcha oqituvchilar zimmasiga g’oyat mas’uliyatli vazifa yuklanadi.
Tabiatni muhofaza qilish tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish ulami iloji boricha tiklash davlat ahamiyatiga molik ish bo’lishi bilan birga har bir kishining muqaddas burchidir. Nabotot va hayvonotni ehtiyot qilish har bir gul, novdani yo’lishdan, hayvonga o’q uzishdan oldin shu xatti-harakat haqida bir bor o’ylab ko’rish; o’z hovlisining toza bo’lishini ko’zlab shahar havosini iflos qilib axlat tashlayotgan kishiga befarq qaramaslik - tabiatni muhofaza qilishning tarkibiy qismidir. Tabiatni muhofaza qilish deganda butun insoniyat manfaatini ko’zlab, tabiatdan oqilona foydalanish, uni saqlash, qo’riqlash va tabiiy boyliklami ko’paytirish yo’lida davlatlar, xalqlar amalga oshirayotgan tadbirlarning ilmiy jihatdan asoslangan mujassami tushuniladi.
Inson bilan tabiat har doim bir butunlikni tashkil qilib kelgan, chunki inson tabiatning tarkibiy qismidir. Suv. havo, tuproq. oziq-ovqat bo’lmasa, kishilar yashay olmaydilar. Inson o’zining tabiat bilan bo’lgan bcvosita aloqasi orqali tabiiy muhitga juda katta ta’sir qiladi. Hozirgi kunda yer sharida 6.3 6,5 mlrd. dan ortiq aholi yashaydi, uning tabiiy muhitga qanchalik ta’sir qilishini ham nazarda tutish kerak.
XVIII-XIX asrlarda sanoat taraqqiyoti tufayli ko’plab tabiiy zaxiralar: Yer osti boyliklari, qishloq xo’jaligi ycrlari, baliq zax’iralari, suv va quruqlik hayvonlan, o’simlik dunyosidan kengroq foydalanila boshlandi. Shimoliy va Janubiy Amerika hamda Afrika materiklan atrofidagi orollami mustamlaka qilish tezlashdi. Sharqiy slavyanlar Sibirga kelib joylashdilar va Tinch okean qirg’oqlariga yetib bordilar. Aholi sonining o’sishi, yangi hududlaming egallanishi va ekspluatatsiya qilinishi kuchaydi. O’rmonlar kesildi. landshaftlaming tubdan o’zgarishi va ko’plab ov qilish hayvon zahiralariga salbiy ta’sir ko’rsatdi. Ko’plab qimmatbaho hayvonot-o’simlik turlari yo’q bo’lib ketdi yoki ular soni keskin kamaydi.
Sanoatning rivojlanishi tabiiy zahiralarning kamayib borishidan tashqari, atrof-muhitning ifloslanishi muammosim ham kellirib chiqardi. Suv havzalari, atmosfera, tuproq sanoat chiqindilari bilan kuchli ifloslanib borayotganligi ma’lum bo’lib qoldi. Bular 0’simlik va hayvonot dunyosi, shuningdek odamlar sog’lig’iga ham kuchli xavf bo’lib qoldi. Bu salbiy omil asta-sekin butun yer yuzini o’z ta’siri ostiga olishi XX asr boshlariga qadar sun’iy xarakterga ega bo’Isa. endilikda bu sayyoraning global muammosiga aylanib ketdi. Jumladan. Antarktidaning tabiati ham radioaktiv changlar va DDT pestitsidimng borligi. yoqilg’i mahsulotlari mavjudligi aniqlandi.
XX asming ikkinchi yarmiga kelib, turli tabiiy zaxiralarning hududlar bo’yicha tanqisligi atrof-muhitning dunyo miqyosda ifloslanishi va muvozanatning buzilishi ro’y berdi va tobora keskin tus olib, ekologik sharoitning buzilishi uchun real xavf paydo bo’ldi. bu esa quyidagi sabablarga bog’liq bo’lib, insoniyatning kelajakdagi hayoti va faoliyatini murakkablashtirib yubordi/ Aholi soni. Fan-texnika inqilobi sanoati, qishloq xo’jaligi va meditsinadagi barcha yutuqlar majmuaidan iborat ekanligi sababli «demografik portlashni» vujudga keltirdi. Natijada hozirgi vaqtda aholining yillik o’sish sur’ati 2% dan yoki 90 mln. kishidan ortib ketdi.
1974-yil Yer yuzi aholisi har minutda 150 kishiga yoki sutkasiga 216 ming kishiga ko’paygan. BMT mutaxassislarining so’nggi ma’lumotlarga ko’ra shu vaqtda jahon aholisining soni 6,3-6,5 mlrd. atrofida (28-rasm).
Hozirgi fan-texnika taraqqiyotining tabiatga ta’sir etish yo’llari va shakllari nihoyatda ko’p. Bu ta’sir natijasida tabiatdagi miqdor o’zgarishlarigina emas, balki sifat o’zgarishlari ham sodir bo’lmoqda. Fan-texnika inqilobining tabiatga ta’siridagi eng muhim asosiy tendensiyalari quyidagilardan iborat:
Tabiiy zaxiralarni iste’mol qilish hajmi aholi sonining ortishiga qarab ortib bormoqda. Masalan, 1970-yil tabiiy boyliklami jon boshiga iste’mol qilish 1940-yilga nisbatan 2,5 barobar ortdi. 2000-yilda esa kishi boshiga 35-40 tonnaga yetdi. Hozirgi vaqtda insoniyatning xo’jalik ehtiyojlari uchun yiliga daryolar suvining taxminan 13% idan foydalaniladi.
Fan-texnika rivoji tabiiy zaxiralardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni yaxshilash bo’yicha insoniyat uchun katta imkoniyat tug’dirdi. Lekin bir vaqtning o’zida tabiiy muhitning ancha ifloslanishi va yomonlashuviga ham olib keldi. Tabiatga zararli moddalar va birikmalaming chiqarib tashlanishidan havo, tuproq va suvning fizik, ximik va biologik xususiyatlari o’zgardi. Bu hoi tabiiyki, kelajakda o’simliklar, hayvonlar va odam hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Sanoat. Olimlarning energiyadan foydalanish sur’atlari haqidagi hisobi bo’yicha, inson olovdan foydalangan davrda bir kunda bir kishining energiya iste’mol qilishi 5 kkal ga, o’rta asrlarda jon boshiga energiya iste’mol qilish 12 ming kkal ga teng edi. Yoqilg’i sifatida toshko’mir qo’llangandan keyin esa 26000 kkal ni tashkil etdi.
Hozirgi vaqtda sanoati rivojlangan mamlakatlarda jon boshiga sarflanadigan energiya 200 ming kkal dan oshib ketdi.
Hozirga qadar insoniyat energiyaning asosiy qismini mineral yoqilg’ilardan, ya’ni neft, ko’mir va gazdan oladi. 1960-yil bu yoqilg’ilar hissasiga dunyoda ishlab chiqariladigan energiyaning 81-82% i to’g’ri kelgan. Keyingi yillarda gidroenergiya, atom energiyasi, vodorod energiyasi kabi manbalardan keng foydalanilmoqda.

Yüklə 151,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə