Global tarmoqdagi ishlarni tashkil etish. Tibbiy-biologik axborotlarni mavzular bo`yicha qidirish uchun veb brauzerlardan foydalanish. Internet tarmog’ida foydalanuvchilar registratsiyasi. Elektron pochta bilan ishlash



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə1/12
tarix15.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Global tarmoqdagi ishlarni tashkil etish. Tibbiy-biologik axboro


Global tarmoqdagi ishlarni tashkil etish. Tibbiy-biologik axborotlarni mavzular

bo`yicha qidirish uchun veb brauzerlardan foydalanish.

Internet tarmog’ida foydalanuvchilar registratsiyasi. Elektron pochta bilan ishlash.

Axborotlarni ilovalar bilan jo’natish va qabul qilish usullari.
Internet bu yagona standart asosida faoliyat ko‘rsatuvchi jahon global kompyuter tarmog‘idir. Uning nomi ikki xil talqin qilinadi, ya’ni “International Network” – xalqaro tarmoq va “Interconnected networks” «tarmoqlararo» degan ma’noni anglatadi. U mahalliy (lokal) kompyuter tarmoqlarni birlashtiruvchi axborot tizimi bo‘lib, o‘zining alohida axborot maydoniga ega bo‘lgan virtual to‘plamdan tashkil topadi.
Internet tarmog‘ining asosiy yacheykalari (qismlari) bu shaxsiy kompyuterlar va ularni o‘zaro bog‘lovchi lokal tarmoqlardir. Internet tarmog‘i – bu global tarmoq vakili hisoblanadi.


Internet alohida kompyuterlar o‘rtasida aloqa o‘rnatibgina qolmay, balki kompyuterlar guruhini o‘zaro birlashtirish imkonini ham beradi. Agar bironbir mahalliy tarmoq bevosita internetga ulangan bo‘lsa, u holda mazkur tarmoqning har bir ishchi stansiyasi (kompyuteri) Internet xizmatlaridan foydalanish mumkin. SHuningdek, Internet tarmog‘iga mustaqil ravishda ulangan kompyuterlar ham mavjud bo‘lib, ularni xost kompyuterlar (host – asosiy hisoblash mashinasi) deb atashadi. Tarmoqqa ulangan har bir kompyuter o‘z manziliga ega va u yordamida dunyoning istalgan nuqtasidagi istalgan foydalanuvchi bilan muloqot qila olishi mumkin.



Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə