Glossariy abdug’afforov n ma’naviyat



Yüklə 15,37 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü15,37 Kb.
#144342
GLOSSARIY5



GLOSSARIY
Abdug’afforov N
Ma’naviyat- inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. 
Prezident- bajaradigan funksiyalar davlatlarning boshqaruv shakliga qarab farqlanadi. Parlament respublikalarida ular odatda, davlat boshligʻi boʻlish bilan chegaralanadi va shuning uchun asosan tantanali lavozim hisoblanadi
Jamiyat- (lotincha: socium — „umumiy“) — kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyatlari majmui hisoblanadi. Jamiyatdagi hamma narsa (moddiy va maʼnaviy boyliklar, insonlar hayoti uchun zarur boʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat jarayonida amalga oshadi
Din- (arabcha: دين – „eʼtiqod“, „ishonch“, „itoat“) jamoat tomonidan shifrlangan qadimiy yozuvlar, mifologiya va rituallarga qatʼiy amal qilingan holda bajariluvchi harakatlar toʻplamidir.
Shaxs- alohida individ, mohiyatan yaxlit ijtimoiy-axloqiy olam. U oʻzida inson mohiyatini, uning mavjudot sifatidagi qadriyatini mujassam etadi. Shaxs ijtimoiy-gumanitar fanlarda oʻz yoʻnalishi, tadqiqot obyekti va maqsadi nuqtai nazaridan turlicha talqin etiladi. U oʻta murakkab, ziddiyatli, qarama-qarshi, oʻzini oʻzi inkor etadigan mavjudot sifatida, biologik, fiziologik, ijtimoiy, maʼnaviy, ruhiy, axloqiy va estetik aqlidrok, tafakkur obyekti sifatida, hatto, falsafiy va mantiqiy, yashash huquqi va hayot mantigʻi jihatidan tadqiqot manbaiga aylanishi mumkin.
Siyosat- bu qarorlar qabul qilish va oqilona natijalarga erishish uchun ataylab ishlab chiqilgan koʻrsatmalar tizimidir. Siyosat niyat bayonoti boʻlib, protsedura yoki protokol sifatida amalga oshiriladi. Siyosat, odatda, tashkilot ichidagi boshqaruv organi tomonidan qabul qilinadi. Siyosat sub’ektiv va ob’ektiv qaror qabul qilishda yordam berishi mumkin.
Fan- dunyo xaqidagi bilimlar sistemasi, ijtimoiy ong shakllaridan biri. U yangi bilimlarni egallash bilan bogʻliq faoliyatni ham, bu faoliyatning mahsuli — olamning ilmiy. manzarasi asosini tashkil etuvchi bilimlarni ham oʻz ichiga oladi.
Falsafa- (yunoncha φιλοσοφία — „donishlikni sevish“, yunoncha φιλέω — „sevaman“ va yunoncha σοφία — „donolik“) — eng umumiy fan (nazariya), dunyoqarash shakllaridan biri boʻlib inson faoliyati sohalaridan biri.

Adabiyot- (arabcha — adab soʻzining koʻpligi) — 1. Fan va amaliyotning biror sohasidagi yutuqlarni umumlashtiruvchi asarlar majmui (texnikaviy adabiyot, qishloq xoʻjaligi adabiyoti, siyosiy adabiyot va boshqalar). 2. Sanʼatning bir turi (badiiy adabiyot deb ham ataladi); voqelikni soʻz yordamida obrazlar orqali aks ettiradi.
Yüklə 15,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə