Glossariy mikroiqtisodiyot



Yüklə 45 Kb.
səhifə1/16
tarix13.05.2023
ölçüsü45 Kb.
#110140
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Glossariy mikroiqtisodiyot


Aim.uz

GLOSSARIY


Mikroiqtisodiyot -alohida iqtisodiy subyektlar (iste’molchilar, ishchilar, investorlar, firmalar va boshqa) faoliyatini o‘rganadi. Mikroiqtisodiyot – bozor sharoitida konkret tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va iste’mol hajmi, narhlarning shakllanishi, resurslarning tarmoqlararo qayta taqsimlanishi, iste’molchilarning tovar sotib olishi, ishlab chiqaruvchilarning esa uni ishlab chiqarish, sotish va shu kabi boshqa savollarni o‘rganadi.
Resurslar - inson uchun kerakli bo‘lgan mahsulotlarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan moddiy ne’matlar va xizmatlar yig‘indisidir.
Ehtiyoj - shaxsni xayot faoliyatini ushlab turish uchun shart bo‘lgan obyektiv ehtiyojlar. Ehtiyojlar birlamchi (oziq – ovqat mahsulotlari) va ikkilamchi (tafakkurni kuchaytirish) bo‘lishi mumkin.
Bozor - alohida, mustaqil qaror qabul qiluvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamda sotuvchi va xaridorlar o‘rtasidagi o‘ziga xos shakldagi munosabatlar yig‘indisidir.
Uy xo‘jaliklari - moliyaviy masalalarni birgalikda xal qiluvchi, bir tom ostida yashaydigan shaxslardan iborat xo‘jalik birligidir. Uy xo‘jaliklari iste’molchilar sektoriga tegishlidir.
Firma - ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanadigan, asosiy ishlab chiqarish muammolarini shaxsan o‘zi xal qiladigan iqtisodiy subyektdir. Firma ishlab chiqaruvchi sektoriga tegishlidir.
Mehnat – aqliy va jismoniy qobiliyat orqaliiqtisodiy ne’matlarni yaratish bo‘yicha insonning faoliyati.
Investitsion resurslar -ilgari inson mehnati orqali yaratilgan ne’matlar.
Real kapital – iste’molchilar uchun xizmatlar ko‘rsatishda tovarlar ishlab chiqarish va tashishda foydalaniladigan binolar, stanoklar, mashinalar, asbob – uskunalar, vositalar, inshoatlar va boshqalar.
Moliyaviy kapital – (ular, obligatsiyalar, bank depozitlari va pullari) ishlab chiqarish omillariga kirmaydi, chunki real ishlab chiqarish bilan bog‘liq emas, faqatgina real kapitalga erishishda foydalaniladigan bir vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə