Glossariy mikroiqtisodiyot



Yüklə 45 Kb.
səhifə30/37
tarix20.02.2022
ölçüsü45 Kb.
#83958
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37
Glossariy mikroiqtisodiyot

O‘rtacha daromad - sotilgan bir birlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan daromaddir, ya’ni:

.

Chekli daromad ( ) - bu qo‘shimcha bir birlik ne’matni sotish natijasida umumiy daromadning o‘sgan qismi , ya’ni:

.

Chekli mahsulot qoidasiga ko‘ra firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini chekli daromad bilan chekli xarajatning tengligini ta’minlaydigan darajada ushlab turishga harakat qiladi .

Ishlab chiqarishni to‘xtatish qoidasiga ko‘ra firmaning iqtisodiy foydasi har qanday ishlab chiqarish hajmida noldan kichik bo‘lsa, ya’ni raqobatlashgan bozordagi narx o‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatdan kichik bo‘lsa , firma yopiladi (ushbu bozordan ketadi, faoliyatini tugatadi).

Uzoq muddatli oraliqda ishlab chiqarish hajmini tanlash - uzoq muddatli oraliqda firma foydalanadigan barcha omillarini o‘zgartiradi, shu jumladan ishlab chiqarish quvvatlarini ham. Uzoq muddatli oraliqda firma o‘z kapitali hajmini o‘zgartirishi, ya’ni ishlab chiqarish quvvatini o‘zgartirishi mumkinligi firmaga ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga imkon beradi.

Monopoliya – monopol yuqori narxlarni o‘rnatish hamda monopol yuqori foyda olish maqsadida tarmoqlar, bozorlar va yaxlit makroiqtisodiyot ustidan hukmronlikni amalga oshiruvchi yirik korxonalar (firma, korporatsiyalar)ning birlashmalari.

Sof monopoliya – ma’lum mahsulot turini ishlab chiqarish vasotish bo‘yicha yakkahukmron bo‘lgan bozor tuzilmasidir.


Yüklə 45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   37




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə