Iqtisodiy samaradorlik- firmaning ishlab chiqarish xarajatlari va daromadlari o‘rtasidagi qiymat ko‘rinishidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Texnologik samaradorlik- foydlanilayotgan resurslar va natural ko‘rinishda olinayotgan mahsulot o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish omillarini yiriklashgan uch guruhga bo‘lib qarash mumkin: mehnat, kapital va materiallar.
Buyurtma asosida ishlab chiqarish– individual ravishda ishlab chiqarish bo‘lib, o‘z sohasida yagona bir mahsulotni yuzaga chiqaradi. Bunda nafaqat san’at asari balki, yirik samolyot, bino, elektrostansiyalar ham misol bo‘la oladi. Bunday ishlab chiqarish malakali mutaxassislarni va zamonaviy texnika va texnologiyalarni talab etadi.
Dostları ilə paylaş: |